5-amaliy ish. Mavzu: o’zgaruvchilarga qiymat berish va bir turdan boshqa turga o’zgartirish string


Download 41.62 Kb.
bet2/3
Sana25.10.2023
Hajmi41.62 Kb.
#1720464
1   2   3
Bog'liq
o\'zgaruvchilar

STRING METODLARI
Pythonda string ustida amalga oshirish mumkin bo'lgan tayyor amallar to'plami mavjud. Bunday amallar to'plami metodlar deb ataladi.
Metodlarni qo'llash uchun metod nomi matndan so'ng .metod_nomi() ko'rinishida yoziladi. Keling shunday metodlarning ba'zilari bilan tanishaylik.
upper() va lower() metodlari
upper() metodi matndagi har bir harfni katta harfga o'zgartiradi.
ism = 'Ahad'
familiya = 'Qayum'
ism_sharif = f"{ism} {familiya}"
print(ism_sharif.upper())
Natija: AHAD QAYUM
lower() metodi esa aksincha, har bir harfni kichik harfga o'zgartiradi.
ism = 'Ahad'
familiya = 'Qayum'
ism_sharif = f"{ism} {familiya}"
print(ism_sharif.lower())
Natija: ahad qayum
title() va capitalize() metodlari
title() metodi matndagi har bir so'zning birinchi harfini katta harf bilan yozadi.
ism_sharif = 'james bond'
print(ism_sharif.title())
Natija: James Bond
capitalize() esa faqatgina eng birinchi so'zning birinchi harfini katta bilan yozadi.
ism_sharif = 'james bond'
print(ism_sharif.capitalize())
Natija: James bond
Metodlarni faqat o'zgaruvchilarga emas, balki to'g'ridan-to'g'ri matnga ham qo'llash mumkin (aslida o'zgaruvchi ham matnning (yoki boshqa ma'lumotning) manzili xolos)
print('james bond'.upper())
Natija: JAMES BOND
strip(), rstrip() va lstrip() metodlari
Bu metodlar matnning boshi va oxiridagi bo'sh joylarni olib tashlaydi.

  • lstrip() — matn boshidagi bo'shliqni,

  • rstrip() – matn oxiridagi bo'shliqni,

  • strip() — matn boshi va oxiridagi bo'shliqlarni olib tashlaydi

meva = " olma "
print("Men " + meva.lstrip() + " yaxshi ko'raman")
print("Men " + meva.rstrip() + " yaxshi ko'raman")
print("Men " + meva.strip() + " yaxshi ko'raman")
print("Men " + meva + " yaxshi ko'raman")
Men olma yaxshi ko'raman
Men olma yaxshi ko'raman
Men olma yaxshi ko'raman
Men olma yaxshi ko'raman
Matnlar bilan ishlaydigan metodlar ko'p. Ularning ba'zilari bilan kelajakda yana tanishamiz, to'liq ro'yhatni esa quyidagi sahifada ko'rishingiz mumkin.

Download 41.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling