5-amaliy ish. Mavzu: o’zgaruvchilarga qiymat berish va bir turdan boshqa turga o’zgartirish string
Download 41,62 Kb.
|
o\'zgaruvchilar
- Bu sahifa navigatsiya:
- STRING USTIDA AMALLAR Matnlarni qoshish operatori (+)
- Mahsus belgilar
5-amaliy ish. Mavzu: o’zgaruvchilarga qiymat berish va bir turdan boshqa turga o’zgartirish STRING (matn) —Pythondagi eng mashxur ma'lumot turlaridan biri. Avvalgi darsda ko'rganimizdek, o'zgaruvchiga matn yuklash uchun matn qo'shtirnoq (" ") yoki birtirnoq (' ') ichida yozilishi kerak. shahar = "Қўқон" viloyat = 'Фарғона' Pythonda matnlar Unicode jadvalidagi istalgan belgilaridan iborat bo'lishi mumkin (jumladan o'zbek, arab, hind, xitoy alifbosidagi harflar yoki turli emoji-smayliklar). matn = "Men yangi 📱 oldim" print(matn) Natija: Men yangi 📱 oldim UNICODE jadvalidagi harf va belgilarga misol STRING USTIDA AMALLAR Matnlarni qo'shish operatori (+) Matnlarni qo'shish uchun + operatoridan foydalanmiz: ism = 'Ahmad' print("Mening ismim " + ism) Natija: Mening ismim Ahmad ism = 'Ahad' familiya = 'Qayum' print(ism + familiya) Natija: AhadQayum Yuqoridagi kodda ism va familiya orasiga bo'shliq belgisini qo'shmaganimiz uchun ikki matn qo'shilib yozildi. Buni to'g'rilash uchun, 3-qatorni quyidagicha yozamiz: ism = 'Ahad' familiya = 'Qayum' print(ism + ' ' + familiya) # ikki o'zgaruvchi orasiga bo'sh joy qo'shamiz Natija: Ahad Qayum f-string Ikki (va undan ko'p) matn ko'rinishidagi o'zgaruvchilarni birlashtirish uchun f-string usulidan f"{matn1} {matn2}" ham foydalansak bo'ladi: ism = "Ahad" familiya = 'Qayum' ism_sharif = f"{ism} {familiya}" print(ism_sharif) Bu usul yordamida uzun matnlarni ham yasash mumkin: ism = "James" familiya = 'Bond' print(f"Salom, mening ismim {familiya}. {ism} {familiya}!") Natija: Salom, mening ismim Bond. James Bond! Mahsus belgilar Matnga bo'shliq qo'shish uchun \t belgisidan, yangi qatordan boshlash uchun \n belgisidan foydalanamiz: print('Hello World!') print('Hello \tWorld!') print('Hello \nWorld!') Natija: Hello World! Hello World! Hello World! Download 41,62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling