5-amaliy ish. Mavzu: o’zgaruvchilarga qiymat berish va bir turdan boshqa turga o’zgartirish string
Download 41.62 Kb.
|
o\'zgaruvchilar
STRING METODLARI
Pythonda string ustida amalga oshirish mumkin bo'lgan tayyor amallar to'plami mavjud. Bunday amallar to'plami metodlar deb ataladi. Metodlarni qo'llash uchun metod nomi matndan so'ng .metod_nomi() ko'rinishida yoziladi. Keling shunday metodlarning ba'zilari bilan tanishaylik. upper() va lower() metodlari upper() metodi matndagi har bir harfni katta harfga o'zgartiradi. ism = 'Ahad' familiya = 'Qayum' ism_sharif = f"{ism} {familiya}" print(ism_sharif.upper()) Natija: AHAD QAYUM lower() metodi esa aksincha, har bir harfni kichik harfga o'zgartiradi. ism = 'Ahad' familiya = 'Qayum' ism_sharif = f"{ism} {familiya}" print(ism_sharif.lower()) Natija: ahad qayum title() va capitalize() metodlari title() metodi matndagi har bir so'zning birinchi harfini katta harf bilan yozadi. ism_sharif = 'james bond' print(ism_sharif.title()) Natija: James Bond capitalize() esa faqatgina eng birinchi so'zning birinchi harfini katta bilan yozadi. ism_sharif = 'james bond' print(ism_sharif.capitalize()) Natija: James bond Metodlarni faqat o'zgaruvchilarga emas, balki to'g'ridan-to'g'ri matnga ham qo'llash mumkin (aslida o'zgaruvchi ham matnning (yoki boshqa ma'lumotning) manzili xolos) print('james bond'.upper()) Natija: JAMES BOND strip(), rstrip() va lstrip() metodlari Bu metodlar matnning boshi va oxiridagi bo'sh joylarni olib tashlaydi. lstrip() — matn boshidagi bo'shliqni, rstrip() – matn oxiridagi bo'shliqni, strip() — matn boshi va oxiridagi bo'shliqlarni olib tashlaydi meva = " olma " print("Men " + meva.lstrip() + " yaxshi ko'raman") print("Men " + meva.rstrip() + " yaxshi ko'raman") print("Men " + meva.strip() + " yaxshi ko'raman") print("Men " + meva + " yaxshi ko'raman") Men olma yaxshi ko'raman Men olma yaxshi ko'raman Men olma yaxshi ko'raman Men olma yaxshi ko'raman Matnlar bilan ishlaydigan metodlar ko'p. Ularning ba'zilari bilan kelajakda yana tanishamiz, to'liq ro'yhatni esa quyidagi sahifada ko'rishingiz mumkin. Download 41.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling