5-Amaliy ish Mavzu: Yer osti suvini chiqarish uchun qazilgan burg‘i quduqlarini texnikaviy loyiha tuzilishini o‘rganish Ishning maqsadi


Download 210.26 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi210.26 Kb.
#1466434
Bog'liq
5-amaliy ish


5-Amaliy ish
Mavzu: Yer osti suvini chiqarish uchun qazilgan burg‘i quduqlarini texnikaviy loyiha tuzilishini o‘rganish
Ishning maqsadi:Foydali qazilma konlarini suvsizlantirish tadbirlari to‘g‘risidagi hamda yer osti suvlarining konni qazib olish jarayoniga ta’siri to‘g‘risidagi bilimlarni mustahkamlash.
Foydali qazilma konlarini qazib olish jarayonida ko’pgina hollarda, yer osti suvlari bu jarayonga xalaqit beradi. Konning chuqurligi ortgan sari kon tubiga yer osti suvlarining sizib chiqishi va kon tubini suv bosishi xavfi paydo bo‘ladi. Bu xollarda, suv sathini pasaytirish maqsadida, pastki suvli tog‘ jinsi qatlamlariga burgi quduqlar qaziladi va bu quduqlar orqali yer osti suvlarini nasoslar yordamida yer yuziga tortib chiqarib, kon qazilmalaridan uzoqlashtirib soylarga yoki maxsus tayyorlangan (zovurlarga) tashlanadi. Bunday burg‘u quduqlarini turli geologik tuzilishga va suv qatlamlarini sonini, joylashini inobatga olib tayyorlangan drenaj (suv chiqarish) qudug‘i 33.1-rasmda tasvirlangan. Yer osti suvlarining satxini pasaytirish uchun qazilgan burg’u quduqlarni tayyorlash kon maydonining geologik tuzilishi va gidrogeologik ma’lumotlariga asoslanib amalga oshiriladi. Quduqning texnikaviy loyixasida suvli qatlamga maxsus filtrlar tushirish ko‘zda tutiladi. Qattiq qoyali tog‘ jinslari (oxaktosh, qumtoshva boshqa shunga o‘xshash jinslar bo‘lsa) suv gorizontlarini tashkil qilsa, oddiy po‘lat quvurlardan foydalaniladi. Ulardan filtr tayyorlanib (perforatsiya teshiklarini tayyorlab), shu suvli tog‘ jinsi gorizontiqalinligini hisobga olgan holda loyixa chuqurligiga tushiriladi. Agarda suvli qatlam mayda graviy va qumlardan tashkil topgan bo‘lsa perforatsiya qilingan quvur filtr bilan burg‘u qudug‘i oralig‘iga yirikroq graviy solinishi kerak bo‘ladi.

34.1-rasm. Ochiq kon ishlarida turli drenaj (suv chiqarish) vositalarni qo‘llashning asosiy sxemasi: 1-3- quduqlar (1- suv pasaytiruvchi, 2-yutuvchi, 3 -bo‘shatuvchi); 4 – 6- quduqlardan foydalanish vaqtida er osti suvlarining pasaygan sathi (bosimlar) (4-yutuvchi, 5- bo‘shatuvchi, 6- suv pasaytiruvchi).
Topshiriq: 33.2-rasm bilan tanishib, berilgan yer osti suvini chiqarish uchun qazilgan burg‘u qudugining texnik konstruksiyasini chizmasini chizib, uni yozma ravishda izohlab bering.
Hisobot turi: Amaliy mashg‘ulot so’ngida talaba hisobotni chizma orqali yozma ravishda topshiradi.

34.2-rasm.Burg’u qudug’ining texnik konstruktsiyasi.

Download 210.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling