5-amaliy mashg`ulot. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tabiatshunoslik tasavvur va tushunchalarini shakllantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish


TABIIY FANLARNI O‘QITIShDA AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI ASOSIDA INTEGRALLAShTIRILGAN DARSLARNI TAShKIL ETISh


Download 22.85 Kb.
bet4/4
Sana30.10.2023
Hajmi22.85 Kb.
#1735379
1   2   3   4
Bog'liq
5-AMALIY

TABIIY FANLARNI O‘QITIShDA AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI ASOSIDA INTEGRALLAShTIRILGAN DARSLARNI TAShKIL ETISh
Bugungi kunda zamonaviy komp`yuter va axborot texnologiyalarining iqtisodiyot, fan va ta’limning barcha sohalariga keng joriy etish, xalqaro axborot tizimlariga kirib borishni kengaytirish, yoshlarni bilimli va qobiliyatli qilib tarbiyalash va tayyorlash darajasini oshirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Ilg‘or innovasion texnologiyalarning jadal sur`atlar bilan rivojlanishi va jamiyatni axborotlashtirish jarayonining tezkor davom etayotgan davrda ta’lim tizimida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va tasavvurlash doirasi, bilim va malakaga bo‘lgan ehtiyoji keskin o‘zgarmoqda. Shuning uchun ta’lim va tarbiya jarayonida axborot va komp`yuter texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda zamonaviy texnologiyalar asosida integrallashgan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishga alohida e’tibor berilgan. Bu esa o‘z navbatida darslarni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish uchun mukammal izlanishlar olib borishni, mustaqil izlanishni, zamonaviy metodlar va texnologiyalarni o‘zlashtirishni va ularni o‘qitish jarayoniga tatbiq etishni, axborot va telekommunikasion texnologiyalari vositalaridan foydalanish bilim va malakalarini egallashni taqazo etadi.
Uzluksiz ta’lim tizimida axborot va komp`yuter texnologiyalari asosida tabiiy fanlarni o‘qitishning integrallash usuli olib borilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarining mazmuniga, mohiyatiga va an`anaviy o‘qitish uslubiyatiga ijobiy ta’sir etadi.
O‘quvchilarning o‘quv jarayonida komp`yuterlardan foydalanishni o‘rgatishda quyidagilarga e’tibor qaratilishi ta’kidlanadi: barcha texnik va dasturiy vositalar bilan ishlash ko‘nikmalarini mavjudligi, modellashtirishga oid jarayonlarni o‘rganishda virtual muhitlarni tashkil etish hamda ularga ijodiy yondashish malakalarini egallaganligi, dasturlash tillarini o‘zlashtirganligi va hokazo.
Ta’lim jarayonida axborot va komp`yuter texnologiyalari asosida integrallashgan darslarni tashkil etish va amalga oshirish natijasida o‘qitish uslubiyatining ba’zi bir muammolari o‘z yechimlarini topadi.
Tabiiy fanlarni axborot va komp`yuter texnologiyalari asosida integrallash usulda o‘qitishda mavzuga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni tanlash, to‘plash hamda ularni o‘z o‘rnida foydalanishga alohida e’tibor qilish kerak bo‘ladi. Chunki mashg‘ulot davrida tanlanayotgan ma’lumotlar komp`yuter orqali bayon qilishda bilim beruvchi o‘qituvchi hamda bilim qabul qiluvchi o‘quvchi uchun ma’lum bir qulayliklarni yaratishi kerak bo‘ladi. Bu esa o‘rganilayogan fan bilan komp`yuter texnologiyalarining integratsiyasi tashkil etadi.
Dars jarayonida o‘quvchilarning komp`yuterning barcha imkoniyat-laridan yetarli darajada foydalanishlari uchun kerakli qulayliklarni yaratish zaruriyati paydo bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarni komp`yuterda ishlash jarayonida mustaqil qaror qabul qilish, fikrlash hamda o‘zining har bir harakati uchun javobgarlikni his etish ko‘nikmalarini shakllanishiga imkon yaratadi.
Tabiiy fanlarni o‘qitish uchun axborot va komp`yuter texnologiyalari asosida integrallashgan darslarni tashkil etishning samaradorlik darajasini aniqlashda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
o‘quvchilarning o‘quv jarayonida komp`yuterlardan foydalanishda mustaqil qarorlar qabul qilish va har bir harakatga ijodiy yondashish yo‘llari;
integrallashgan dars jarayonida komp`yuter texnologiyalari vositalari yordamida namoyish etilayotgan o‘quv ma’lumotlarni o‘quvchilar tomonidan qabul qilinish darajasi va ularni mustaqil ish va ijodiy faoliyatlarda tadbiq etish qobiliyatlari;
ma’lumotlarni bayon qilish, tekshirish va modellashtirishda virtual muhitlardan foydalanish imkoniyati va zaruriyati;
integrallashgan darslarda ma’lumotlarning yetarliligi, ishonchliligi va ko‘rgazmaliligi;
tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida integrallashgan usullarni qo‘llash uchun uslubiy ko‘rsatmalar, qo‘llanmalar va tavsiyanomalar yaratish.
Ta’lim jarayonida tabiiy fanlarni komp`yuter texnologiyalari asosida integrallash usulda o‘qitish o‘quv rejasi va dasturiga muvofiq holda amalga oshiriladi.
Kompyuter texnologiyalari asosida integrallash usulda o‘qitish jarayonida quyidagi masalalar ma’lum bir darajada o‘z yechimini topadi:
o‘quvchilar tomonidan o‘qitishning maxsus texnologiyalaridan foyda-lanish va ularni o‘quv jarayonida qo‘llanish usullari o‘rganiladi;
o‘quvchilarning komp`yuterda ishlash bilim va malakalari shakllanadi;
ma’lumotlarni namoyish qilish hamda namoyish etiladigan ma’lumot-larni qabul qilish ko‘nikmalari hosil bo‘ladi;
o‘quv jarayonlarda bilimlarni integratsiyalash bo‘yicha mavjud bo‘lgan yangiliklar va tabiiy fanlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlar ortadi;
o‘quv jarayonida multimedia vositalari va komp`yuter texnologiyala-ridan foydalanish bo‘yicha ilmiy izlanishlar o‘tkazish;
tabiiy fanlarini zamonaviy innovasion texnologiyalar asosida o‘qitish uslubiyatini ishlab chiqish.
Shunday qilib, ta’lim jarayonida tabiiy fanlarni komp`yuter texnologiyalari asosida integrallash usulda o‘qitish natijasida o‘quvchilarning o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari sezilarli darajada o‘zgaradi, ko‘plab yangi o‘quv ma’lumotlari ilmiy asoslangan holda axborot va komp`yuter texnologiyalari asosida o‘quvchilarga yetkaziladi, har bir darsni qiziqarli va o‘zaro faollik hamda hamkorlikda tashkil etish sezilarli darajada oshadi.
Download 22.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling