5-amaliy mashg`ulot. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tabiatshunoslik tasavvur va tushunchalarini shakllantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish


TA’LIM JARAYONIDA VIRTUAL LABORATORIYALARNING AHAMIYATI


Download 22.85 Kb.
bet3/4
Sana30.10.2023
Hajmi22.85 Kb.
#1735379
1   2   3   4
Bog'liq
5-AMALIY

TA’LIM JARAYONIDA VIRTUAL LABORATORIYALARNING AHAMIYATI
Zamonaviy axborotlashgan jamiyatini yaratish va rivojlantirish ta’limda axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan keng miqyosda foydalanishni talab qiladi. Yangi axborot texnologiyalari - maxsus texnik axborot vositalari (EHM, kompyuter, audio, kino, video, Internet, kompyuter dasturlari) dan foydalanivchi texnologiyadir.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, hayotimizning barcha jabhalari-da bo‘lganidek, ta’lim tizimida ham islohotlar yo‘lga qo‘yildiki, bunda ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini olib kirish, ta’limni kompyuterlashtirish muammolarini hal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning bir ko‘rinishi bu “Virtual laboratoriya”lar bo‘lib, “virtual laboratoriya” tushunchasining mohiyati tarkibiy qism bo‘lgan virtual asbob ya’ni kompyuterda ishlash imkoniyatini beradigan, unga qo‘shimcha qilingan apparatli va dasturli vositalar to‘plamini ifodalashdan iboratdir.
Virtual asbob va virtual laboratoriyaning muhim qismi - foydalanuvchining samarali grafik interfeysi (ya’ni, foydalanuvchining kompyuter bilan o‘zaro aloqalarining qulay, interfaol rejimini ta’minlovchi), odatiy predmetli sohada ko‘rgazmali grafik namunalar ko‘rinishida grafik menyu tizimi bilan dasturli asbob hisoblanadi.
O‘quv virtual laboratoriya - bu yakunlangan dasturli mahsulot bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyati avtomatlashtirilgan hamda loyihalashtirish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan katta dasturli tizimlarni loyihalashtirishning zamonaviy konsepsiyalaridan foydalanish hisoblanadi. Virtual o‘quv laboratoriyadagi amaliy jarayon asosini amaliy dasturlar o‘quv paketi yoki ularning sanoat analoglari tashkil etadi.
Axborot texnologiyalaridan foydalanib ma’ruza, amaliyot va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil qilishda imitasion model bilan ko‘rsatish yaxshi samara beradi. Shu bois laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishda virtual laboratoriyalar juda qo‘l keladi va ularni yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan bo‘lib kelmoqda.
Axborot texnologiyalari asosida laboratoriya mashg‘ulotlarini kompyuter imitasion modeli yordamida tashkil qilish o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga olib keladi. Virtual laboratoriyalarning yaratilishi natijasida laboratoriya sharoitida o‘tkazilishi mumkin bo‘lmagan (zaharli moddalar, kamyob moddalar, ko‘zga ko‘rinmaydigan obyektlar ustida olib borilayotgan tajribalar) ishlarni bajarib ko‘rsatish va ular yordamida o‘tkazilayotgan ishlarni ekologik toza muhitda bajarish imkoniyati yaratiladi.
Laboratoriya ishlarini virtual laboratoriyalar ko‘rinishida kompyuter imitasion modelini yaratish quyidagi:
– laboratoriya mashg‘ulotlarida ro‘y beradigan jarayonlarni kompyuter imitasion modeli orqali obyektning ichki va tashqi xossalarini kuzatish va namoyish qilinishi;
– laboratoriya sharoitida o‘tkazish mumkin bo‘lmagan jarayonlarni virtual namoyish qilish;
– masofadan o‘qitish ta’lim turi va mustaqil o‘qitish soatlari uchun o‘quv materiallari bazasi sifatida foydalanish;
– o‘quvchilarning o‘quv materiallariga xohlagan vaqtda murojaat qilishi;
– kitoblar, jurnallar va nashrlardan axborot izlashda vaqt va mablag‘ning tejalishi;
- laboratoriya ishlarida ko‘zda tutilgan parametrlarni o‘zgartirib borish kabi imkoniyatlarni beradi.
O‘qitishning ko‘rgazmaliligini ta’minlash talablari, ta’lim oluvchilar tomonidan o‘rganilayotgan obyektlar, ularning maketlari yoki modellarini sezgili qabul qilish va shaxsan kuzatishini hisobga olish zaruriyatini bildiradi.
Ta’lim jarayonlariga axborot texnologiyalarini tadbiq etishda asosiy vazifalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
Yangi axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tadbiq etishning zaruriy moddiy texnika bazasini yaratish;
professor-o‘qituvchilarning multimedia imkoniyatlarini yaxshi biladigan dasturchilar bilan birgalikda ishlashini tashkil etish:
 ta’lim jarayoni uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini loyihalash va qo‘llash.



Download 22.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling