Avtobuslarning qatnov va aylanma qatnov vaqti
Qatnov - bu yo‘nalishda bajarilayotgan tashish jarayonini (transport ishini) tugallangan bitta siklidir.
Yo`lovchi tashishda qatnov - bu boshlang‘ich manzildan oxirgi manzilgacha bo`lgan yo`nalishda yo`lovchilar tashish va oxirgi manzildan yana boshlang‘ich manzilgacha bo`lgan teskari yo`nalishda tashish uchun avtobusni jo`natish jarayonlaridan iborat bo`ladi
Avtobusning yo`nalishda bir qatnovi quyidagicha aniqlanadi:
tq thar nob tob toxb (3)
uchun sarflagan vaqti
bu yerda: thar – avtobusning qatnovdagi harakat vaqti, min; nob – yo‘nalishdagi oraliq bekatlar soni; tob – avtobusning yo‘nalishdagi oraliq bekatda to‘xtash vaqti, min; toxb – avtobusning yo‘nalishning oxirgi bekatida to‘xtash vaqti, min.
Avtobusning bir aylanma qatnov vaqti qatnov vaqtini ikkiga ko`paytirish orqali topiladi:
taq 2tq (4)
Yo`ldan foydalanish koeffisiyenti
Yo`ldan foydalanish koeffisiyenti avtobus tomonidan bosib o‘tilgan yo‘lning qanday qismi yo‘lovchi bilan yurilganligini ko‘rsatadi va u quyidagicha aniqlanadi:
lyo‘lov
lkun
bu yerda: lyo‘lov – avtobusning yo`lovchi bilan yurgan yo`li, km; lkun – avtobusning kunlik yurgan yo`li, km. Odatda β=0,90–0,98 oraliqda o`zgaradi.
Yo`lovchining o`rtacha yurgan (tashish) masofasi
Ma`lmuki, har bir yo`lovchi transportdan turli manzillarga borish uchun foydalanadi. Boshqacha qilib aytganda avtobusga o`tirgan yo`lovchilar har xil masofaga qatnaydilar. Masalan, bir yo`lovchi avtobusga chiqqanidan keyin bir bekat yurib tushib qolsa, boshqa yo`lovchi undan ko`proq, hatto oxirgi bekatgacha ham borishi mumkin. Demak, yo`lovchilarning yurish masofasi har xil bo`lar ekan. Agar har bir yo`lovchining yurgan masofalarini jamlab yo`lovchilar soniga bo`lsak, bitta yo`lovchining o`rtacha yurish yoki tashish masofasi kelib chiqadi.
lo‘rt l1 l2 l3 ...ln (5)
bu yerda: l1, l2, l3, ... ,ln - birinchi, ikkinch, uchinchi, n- yo‘lovchilarning yurish masofalari; N – yo‘lovchilar soni.
Do'stlaringiz bilan baham: |