5-Amaliy mashgulot
Mavzu: Avtotransportdan chiqadigan gazlardagi zararli moddalar miqdorini hisoblash
1. Atmosferaga chiqarib tashlanayotgan changlarni kontsentratsiyasini hisoblash va uni REK bilan solishtirish
Avtomobillardan chiqadigan gazlarning chegaraviy ruxsat etilgan tashlanmalarini hisoblash
Avtotransport vositalaridan ajralib chiqadigan ishlatilgan gazlar tarkibidagi zaharli bo‘lmagan asosiy komponentlar azot, kislorod, suv bug‘lari va korbanat angdrid (SO2 uglerod ikki oksidi) hisoblanadi.
Ishlatilgan gazlar tarkibida 200 dan ortiq zararli moddalar mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligi atrof-muhit va inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi. Zaharli komponentlar orasiga uglerod oksidi (SO-is gazi), azot oksidlari NxOu, aldegidlar, uglevodorodlar, oltingugurt gazi, qurum, benz(a)piren va boshqalar kiradi.
Barcha zaharli moddalar ro‘yxatidan asosan uchta ingdrient ajratib olinadi, bular: uglerod oksidi-SO, yonishga ulgurmagan uglevodorodlar-SpNt va azot oksidlari NOx
Harakatdagi avtomobil transport vositalaridan ajralib chiqadigan zaharli moddalar miqdorini hisoblash
Biror bir hududda (shahar ichida, shaharlararo avtomagistrallarda, sanoat hududida, karer va shaxtalarda, xalq xo‘jaligi mahsulotlarini bir punktdan ikkinchisiga etkazib berishda) guruh bo‘lib ishlayotgan avtotransport vositalaridan hisobot davrida ajralib chiqadigan ishlatilgan gazlar tarkibidagi zaharli moddalar yalpi miqdori quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Midv = ∑ Njk Ljk av mitjk Ktcjk kg/yil (1.1)
Bu erda Njk K-tipidagi dvigatellar bilan jihozlangan j – guruhdagi avtomobillar soni; av- avtomobillarning ishga chiqish koeffitsientlari; mitjk - K –tipdagi dvigatellarga ega bo‘lgan j – guruhdagi avtomobillardan ajralib chiqadigan i – zaharli moddalarning solishtirma miqdori, g/km; Ljk - K-tipdagi dvigatellarga ega bo‘lgan j – guruhdagi avtomobillarning o‘rtacha yillik yurish masofasi, ming km; Ktcjk – avtomobillarning ekspluatatsiyaviy va texnik holatlarini hisobga oluvchi koeffitsientlar ko‘paytmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |