5-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Foyda solig‘i hisobi (4 soat) Amaliy mashg’ulot davomida muhokama qilinadigan savollar


Nazorat savollari va 1,2.3- masalalar amaliy mashg’ulotning dasltabki ikki soatiga mo’ljallnagan


Download 51.08 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi51.08 Kb.
#1618300
1   2   3   4
Bog'liq
5 amaliy mashg\'ulot ishlanmasi Professional Buxagalteriya amaliyoti

Nazorat savollari va 1,2.3- masalalar amaliy mashg’ulotning dasltabki ikki soatiga mo’ljallnagan.
Amaliy mashg’ulotning navbatdagi ikki soatida o’rganiladigan masalalar.
4-Masala. Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona ikkinchi yil faoliyat yuritmoqda, uning foyda solig‘i to‘langunga qadar foydasi 105000000 so‘m bo‘lgan. Bundan tashqari korxona bo’yicha quyidagi ma’lumotlar ham berilgan:
1. Hisobot davrida mahalliy davlat hokimiyati organlariga homiylik yordami ko‘rsatilgan - 18000000 so‘m;
2. Nuroniylar oromgohiga yordam ko‘rsatish uchun – 9000000 so‘m ajratilgan.
Talab qilinadi:
1. Hisobot davri uchun korxona to‘lashi lozim bo‘lgan foyda solig‘i necha so‘mga teng?
2. Hisobot davrida korxonining foydasini aniqlang?
3. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.


5-Masala. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i to‘lovchisi bo’lgan ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona 2018 yil hisobot davri uchun quyidagi ko‘rsatkichlarga ega:

  • ichki bozorda mahsulotni sotishdan tushgan tushum – 128000000 so‘m;

  • chet el valyutasiga sotilgan mahsulot miqdori - 14000 AQSH dollari (yuk ortilgan vaqtda 1 AQSH dollari - 3625 so‘mga teng bo’lgan).

  • omborxonalarni ijaraga berishdan olingan sof daromad - 27000000 so‘m;

  • uskunalarni o‘z vaqtida olib kelib o‘rnatilmagani uchun sotuvchi korxonadan tushgan jarima va shartnomada ko‘rsatilgan qo‘shimcha to‘lov – 9980000 so‘m;

  • yordamchi korxonadan olingan dividendlar (dividenddan undirlgan soliq haqidagi ma‘lumotnoma mavjud) – 13390000 so‘m;

  • “KOMPYuTER-XIZMAT” firmasi tomonidan xodimlar bo‘limiga tegishli 17510000 so‘mlik kompyuter dasturi tekinga o‘rnatib berilgan;

  • 2017 yilda qonunchilikka asosan chegirmaga olib borilgan 3050000 so‘mlik sotilgan mahsulotning puli kelib tushgan.

  • sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi – 113750000 so‘m, shu jumladan, ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy vositalarning eskirishi belgilangan me‘yorga nisbatan 2 koeffitsient qo‘llanilgan bo‘lib, 21000000 so‘mni tashkil etgan.

O‘tgan davr uchun quyidagi xarajatlar ham amalga oshirilgan:

  • o‘z mahsulotini reklama qilish uchun – 1250000 so‘m sarflangan;

  • boshqaruv xodimlari uchun ish haqi bo‘yicha xarajat – 44950000 so‘m;

  • xizmat safari xarajatlari, me‘yordagisi – 3920000 so‘m, me‘yordan yuqori – 850000 so‘m;

  • xizmat avtomobilini saqlash uchun xarajatlar – 1450000 so‘m;

  • uyali telefon uchun qilingan xarajatlar – 1345000 so‘m;


Download 51.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling