Mavzu: hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar hisobi


Download 17 Kb.
bet1/3
Sana23.03.2023
Hajmi17 Kb.
#1287653
  1   2   3
Bog'liq
SDOC-103789B8684E06D91B03F84482081CAB-03-16-SI


MAVZU: HISOBDOR SHAXSLAR BILAN HISOB-KITOBLAR HISOBI


AMALIY TOPShIRIQ
1. Korxona xodimi 20xx yil 20-yanvarda xizmat safariga joʻnab ketdi. 20xx yil 19-yanvar kuni hisob-kitob schyotidan xizmat safari uchun 1 600 000 soʻm avans olindi va shu kunning oʻzida xodimga berildi. Korxona xodimi 20xx yil 25-yanvarda xizmat safaridan qaytib keldi va avans hisoboti topshirdi. Unda xizmat safari xarajatlarining umumiy summasi 1 500 000 soʻm sifatida koʻrsatilgan boʻlib, barcha meʻyorlarga toʻliq mos keladi. Xizmat safari xarajatlari sotish xarajatlari sifatida toʻliq tan olindi. Hisobdor shaxs tomonidan ishlatilmay qolgan avans summasi kassaga qaytarildi.
Talab qilinadi: Korxonada xizmat safari bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini hisobga oling.

2. Korxona xodimini xizmat safariga yuborish uchun 3 000 000 soʻm miqdorida avans olindi. Hamda olingan avans summasi xizmat safariga yuborilayotgan xodimga berildi. Xodim xizmat safaridan qaytgandan soʻng avans hisoboti topshirdi. Avans hisobotiga koʻra, xodim xizmat safari uchun sarflagan pul mablagʻlari 3 500 000 soʻmni tashkil qiladi. Avans hisobotida koʻrsatilgan barcha xarajatlar korxonada oʻrnatilgan meʻyorlarga toʻliq mos keladi. Xizmat safari xarajatlari sotish xarajatlari sifatida tan olindi.


Talab qilinadi: Korxonada xizmat safari bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini hisobda aks ettiring.

3. Korxona xodimi 5 kunga xizmat safariga yuborildi. Xodimga xizmat safari uchun korxona kassasidan 3 000 000 soʻm miqdorida avans berildi. Korxona xodimi xizmat safaridan qaytgandan soʻng avans hisoboti topshirdi. Avans hisobotida xizmat safari bilan bogʻliq quyidagi xarajatlar koʻrsatilgan:


- yoʻl xarajatlari (borish va kelish uchun) – 500 000 soʻm;
- mehmonxona xarajatlari – 2 500 000 (5 kun x 500 000) soʻm;
- kundalik xarajatlar (ovqatlanish) – 500 000 (5 kun x 100 000) soʻm.
Yuqoridagi barcha koʻrsatilgan xarajatlar boʻyicha korxona xodimi avans hisobotiga tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilgan.
Korxona tomonidan xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash boʻyicha quyidagi meʼyorlar oʻrnatilgan:
- yoʻl xarajatlari tasdiqlovchi hujjatlar asosida toʻliq qoplab beriladi. Biroq, taksidan tashqari hamda “biznes” (havo yoʻllari transporti) va “VIP” (temir yoʻl transporti) tarifi boʻyicha chipta qiymatining 70 foizi miqdorida amalga oshiriladi;
- mehmonxona xarajatlari BHMning 1,5 barobari miqdorida;
- kundalik xarajatlar (ovqatlanish) BHMning 0,25 koeffitsenti miqdorida.

Download 17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling