Mavzu: hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar hisobi


Download 17 Kb.
bet2/3
Sana23.03.2023
Hajmi17 Kb.
#1287653
1   2   3
Bog'liq
SDOC-103789B8684E06D91B03F84482081CAB-03-16-SI

Talab qilinadi: Korxonada xizmat safari bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini hisobda aks ettiring.
4. Korxona tomonidan xodim hisobot davrida 4 kunga xizmat safariga yuborildi. Xodimga xizmat safari uchun 3 000 000 soʻm miqdorida avans berildi. Korxona xodimi xizmat safaridan qaytgandan soʻng avans hisoboti topshirdi. Avans hisobotida xizmat safari bilan bogʻliq quyidagi xarajatlar koʻrsatilgan:
- yoʻl xarajatlari (borish va kelish uchun) – 400 000 soʻm;
- kundalik xarajatlar (ovqatlanish) – 300 000 soʻm.
Yuqoridagi barcha koʻrsatilgan xarajatlar boʻyicha korxona xodimi avans hisobotiga tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilgan. Shuningdek, xodimdan mehmonxona xarajatlari bilan bogʻliq tasdiqlovchi hujjatlar suralganda, u xizmat safari davrida qarindoshining uyida yashaganligi sababli, unda tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi hamda xizmat safari uchun berilgan avans summasini toʻliq sarflab yuborganligi toʻgʻrisida tushuntirish berdi.
Korxona tomonidan xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash boʻyicha meʼyorlar “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari toʻgʻrisidagi NIZOM” talablari asosida oʻrnatilgan.
Talab qilinadi: Korxonada xizmat safari bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini hisobda aks ettiring.

5. Korxona xodimi Qozogʻiston Respublikasining Nur-Sulton shahriga xizmat safariga 5 kunga yuborildi. Xodimga xizmat safari uchun 1000 AQSh dollariga teng avans berildi. Xodim 5 kun xizmat safarida boʻlib, qaytib keldi va avans hisoboti topshirdi.


Talab qilinadi: Xodimning avans hisobotida xizmat safari xarajatlarini hisoblang va hisobga oling.

6. Korxona xodimi xizmat safariga yuborilgan. Korxona xizmat safari uchun aviachiptalar sotib oldi. Xodim quyidagi shaharlarda xizmat safarida boʻldi:


1-fevraldan 5-fevralgacha – Nur-Sulton shahriga;
6-fevraldan 13-fevralgacha – Moskva shahriga.
Xodim Toshkentdan 31-yanvarda soat 23.00da uchib ketgan samolyot Nur-Sultonga 1-fevralda soat 01.00da qoʻngan.
Nur-Sultondan 6-fevralda soat 08.00 da uchib ketgan samolyot Moskvaga 6-fevral soat 11.50 da qoʻngan.
Xodim xizmat safaridan qaytib kelishda Moskvadan 13-fevralda soat 23.30 da uchib ketib, Toshkentda 14-fevralda soat 03.30da qoʻngan.

Download 17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling