Mavzu: hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar hisobi


Download 17 Kb.
bet3/3
Sana23.03.2023
Hajmi17 Kb.
#1287653
1   2   3
Bog'liq
SDOC-103789B8684E06D91B03F84482081CAB-03-16-SI

Talab qilinadi:
1. Sutkalik xarajatlarni hisoblash uchun xizmat safari kunlarini aniqlang.
2. Xizmat safari kunlari uchun jami sutkalik xarajatlarni hisoblang.

7. Korxona xodimi Yaponiyaning Tokio shahriga 3 kunga xizmat safariga yuborildi. Tokio shahridagi xizmat safariga yuborilgan xodimni qabul qiluvchi tashkilot xodimning xizmat safari davri mobaynida ovqatlantirish xarajatlarini oʻz zimmasiga olgan. Yaʻni bepul ovqatlantiradi.


Talab qilinadi:
1. Tokio shahriga xizmat safariga yuborilgan xodimga mazkur holatda sutkalik xarajatlar toʻlanadimi?
2. Agarda xodimga sutkalik xarajatlar toʻlansa, xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan sutkalik xarajatlar miqdorini aniqlang.

8. Xodim xizmat safariga Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahriga 5 kunga yuborildi. Pekin shahrida joylashgan xizmat safariga yuborilgan xodimni qabul qiluvchi tashkilot uning xizmat safarida boʻlish vaqtida bepul ovqatlantirish, shahar boʻylab harakatlanishi uchun xizmat avtomobilini berish, shuningdek, shaxsiy ehtiyojlari uchun 250 AQSh dollari berish majburiyatini olgan. Qabul qiluvchi tashkilot xizmat safariga yuborilgan xodim oldidagi toʻliq majburiyatlarini bajargan.


Talab qilinadi:
1. Pekin shahriga xizmat safariga yuborilgan xodimga mazkur holatda sutkalik xarajatlar toʻlanadimi?
2. Agarda xodimga sutkalik xarajatlar toʻlansa, xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan sutkalik xarajatlar miqdorini aniqlang.

9. Xodim Moskva shahriga xizmat safariga yuborildi. Samoliyot Shermetevo aeroportiga qoʻndi. Bu aeroport shahar tashqarisida joylashgan. Xodim “Aeroekspress” tezkor poezdida Moskvaga yetib oldiyu Bu poezdning “Standart” sinfidagi chipta qiymati – 500 rubl. Xizmat safariga yuborilgan xodim avans hisobotga mazkur chiptani ilova qilib topshirdi.


Talab qilinadi: Xizmat safariga yuborilgan xodim tomonidan taqdim etilgan mazkur chipta qiymati qoplab beriladimi? Fikringizni asoslang.

10. Xodim Moskva shahrida joylashgan tashkilotga 4 kunga xizmat safariga yuborildi. U yashaydigan mehmonxona ham Moskvada joylashgan. U har kuni mehmonxonadan xizmat safariga yuborilgan tashkilotgacha metroda boradi. Moskva metrosining yoʻlkira qiymati 55 rublga teng. U 4 kun ichida har kuni 2-marta metroda qatnaydi. Xizmat safariga yuborilgan xodim metro chiptalarini saqlab quygan holda, xizmat safaridan qaytib kelgandan soʻng avans hisobotiga ilova qilib topshirdi.


Talab qilinadi: Xizmat safariga yuborilgan xodim tomonidan taqdim etilgan mazkur chipta qiymati qoplab beriladimi? Fikringizni asoslang.
Download 17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling