5-amaliy mashg‘ulot mavzu. Multipleksorlar va demultipleksorlarni tadqiq qilish 1-topshiriq
Download 290,86 Kb. Pdf ko'rish
|
5-амалий1
1 5-AMALIY MASHG‘ULOT MAVZU.MULTIPLEKSORLAR VA DEMULTIPLEKSORLARNI TADQIQ QILISH 1-TOPSHIRIQ Topshiriqning maqsadi. Kaskadlash usulida mantiqiy elementlarda multipleksor daraxtini qurish va indikator kalitlari va sо‘z generatori yordamida uning ishlashini tekshirish. Kо‘pincha mikroprotsessor texnologiyasida kо‘p sonli kirishlarga ega bо‘lgan multipleksorlar kerak bо‘ladi. Kо‘p sonli kirishli multipleksorlarni yaratish uchun kо‘p sonli kirishli mantiqiy elementlarni talab qilganligi sababli, ular kaskadlash usuli yordamida yaratiladi. 16x1 multipleksorni yaratish uchun biz 4x1 multipleksorlardan foydalanamiz, biz ularni subbloklarga joylashtiramiz. Buning uchun 4-rasmda keltirilgan 74150 multipleksori mikrosxemasi (4x1 multipleksorli)dan foydalanib, subblok yaratamiz. Uni grafikaviy taxrirlashdan keyingi kengaytirilgan (1-rasmda) va yig‘ilgan (2-rasmda) kо‘rinishi tasvirlangan. 1-rasm. Multipleksorni yaratish. 2 2-rasm. Multipleksor subbloki. Matlab dasturida raqamli uzellarning qо‘shimcha kutubxonasini yaratish uchun maxsus vositalar mavjud. Endi 4x1 multipleksor subblokini qurib chiqamiz. Buning uchun biz sxemamizni shunday tanlaymizki, sxemaning chiqishlari tanlangan chiziqdan tashqarida bо‘ladi. Subblokning konturini kesib о‘tuvchi о‘tkazgichlar keyinchalik uning chiqishlarini tuzadi, shuning uchun ularning soni va joylashuvi qat’iy nazorat qilinishi kerak. Subblokni tanlagandan sо‘ng, uning elementlari faol qizil rangga ega bо‘lsa, Circuit (zanjir) menyusiga kiramiz va Create Subcircuit ni tanlaymiz (subzanjirni yaratish). Kо‘rsatilgan Subcircuit menyusida nom qatoriga nomni yozish, masalan MUX4x1 va Copy from Circuit (zanjirdan nusxa olish) ni tanlaymiz. Ishchi maydonda kengaytirilgan subblok sxemasiga ega qо‘shimcha oyna paydo bо‘ladi. Bundan tashqari, о‘tkazgichni kerakli nuqtadan oynaning ichki sohasi chetigacha tortib, chiqishlarni qо‘shishingiz mumkin. SCHT sini kо‘yib yuborilgandan sо‘ng, qо‘shimcha kontakt maydoni paydo bо‘ladi. Aksincha, agar kontakt maydoni oynadan chiqarilsa, tegishli chiqish о‘chiriladi. Tanlangan subsxemaning tо‘g‘riligini tahrirlash va tekshirishdan sо‘ng, oynani yopish mumkin. 3-rasm. Mantiqiy elementlardagi 16x1 multipleksori. Yopilgan subblokning sxematik tasvirini tanlash uchun komponentalarni tanlash qatoridagi Favorites yorlig‘ini bosish kerak. Natijada, subbloklar tasviri bilan 3 yorliqni olamiz va Choose SUB ni tanlash imkoniyatiga ega bо‘lamiz. Oxirgi oynada Accept ni SCHT si orqali bosish bilan LMB (qabul qilaman), biz subblokning kerakli sxematik tasvirini yiqilgan shaklda olamiz. Siz har doim uning sxematik tasvirini SCHT ni ikki marta bosish orqali subblokning "ichki tarkibi" ga qaytishingiz mumkin.Xuddi shunday 5 ta multipleksorlardan piramidasimon kaskadlashdan foydalanib, 16 1 multipleksorini yaratish mumkin (3-rasm). 4-rasm. 74150 multipleksori mikrosxemasi. Shunga о‘xshash multipleksor TTL 74150 mikrosxema shaklida mavjud (4- rasm). Ushbu multipleksorning ishlashi HELP MS bо‘limida kо‘rsatilgan haqiqat jadvali bilan tavsiflanadi. Bu yerda normal ishlash paytida G' ruhsat etilgan kirishga L past daraja (L– ingliz tilidan Low-past) uzatilishi kerak. Tо‘rt razryadli ikkilik manzilini A…D kirishlarga uzatilganda, chiqishda YE0 – YE15 kirishlarning birida invers shakldagi signal paydo bо‘ladi. Download 290,86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling