5-Amaliy mashg’ulot: Mavzu: Xususiy vaziyatdagi tekisliklar. Ishdan maqsad
Download 241.2 Kb.
|
5-Amaliu mashguloy - Nusxa ko‘chirmoq (4)
Echish:
Tekislik fazoda H, V, W proektsiyalar tekisligiga nisbatan quyidagi vaziyatda bo’lishi mumkin: barcha proektsiyalar tekisligiga og’ma holatda – umumiy vaziyatdagi tekislik, proektsiyalar tekisligining biriga perpendikulyar – proektsiyalovchi tekislik, bir vaqtda ikkita proektsiyalar tekisligiga perpedikulyar, ya’ni uchinchi proektsiyalar tekisligiga parallel – sath (urovnya) tekislik. Proektsiyalovchi tekisliklar: gorizontal proektsiyalovchi tekislik (H ga perpendikulyar), frontal proektsiyalovchi (V ga perpendikulyar), profil proektsiyalovchi (W ga perpendikulyar). Gorizontal proektsiyalovchi tekislikning F2 frontal izi H proektsiyalar tekisligiga va OX o’qiga perpendikulyar joylashgan, gorizontal izi ixtiyoriy burchak ostida joylashishi mumkin. Tekislikning gorizontal izi to’plash xususiyatiga ega, ya’ni F tekislikda yotgan ixtiyoriy nuqta, shakl hamma vaqt F1 gorizontal iziga proektsiyalanadi, F tekislikda yotuvchi A nuqta uchun ham taaluqli bo’ladi (3.15 a, b shaklga qarang). a) b) c)
3.15 shakl 3.15 c shaklda H proektsiyalar tekisligiga nisbatan proektsiyalovchi vaziyatni egallagan ABC uchburchak tasvirlangan. SHu uchburchakda K nuqta yotadi. Uning K2 frontal proektsiyasi K bilan ustma – ust tushadi (K2 ≡ K). K1 gorizontal proektsiyasi uchburchakning A1B1C1 gorizontal proektsiyasiga proektsiyalanadi. X o’qining tekislikning F1 gorizontal iziga nisbatan β burchak hosil qiladi, shuningdek uchburchak A1B1C1 ning gorizontal proektsiyasi va X o’qi orasida ham β burchak hosil bo’ladi, bu burchak F tekislik va uchburchak ABC ning frontal proektsiyalar tekisligi bilan hosil qilgan qiyalik burchakdir. Frontal proektsiyalovchi R tekislik, R2, R1 izlarning yaqqol tasviri va uburchak BCD (B1C1D1 i B2C2D2) lar 3.16 shaklda ko’rsatilgan a) b) c)
3.16 shakl Bu vaziyatda (3.16 a shaklga qarang) P1 gorizontal iz V va X o’qiga perpendikulyar joylashgan. P tekislikda yotgan B nuqta P2 frontal iziga majburiy proektsiyalanadi. V frontal proektsiyalar tekisligiga nisbatan BCD uchburchak proektsiyalovchi vaziyatni egallaydi (3.16 c shakl), shuning uchun uning proektsiyasi to’g’ri chiziqning V2S2D2 kesmasi shaklida proektsiyalanadi. P2 va X o’qi orasidagi hamda B2C2D2 va X o’qi orasidagi α (3.16 b va c shaklga qarang) burchak P va BCD uchburchak tekisliklarining H proektsiyalar tekisligiga nisbatan qiyalik burchagi hisoblanadi. Profil proektsiyalovchi tekislik 3.17 shaklda tasvirlangan. Profil proektsiyalovchi tekislikka tegishli A nuqta va uning proektsiyasi 3.17 a shaklda tasvirlangan. A3 profil proektsiya F3 profil izda yotadi. 3.17 b va c shakllarda tekislikning F (F1, F2, F3) izlari va CDE (C1D1E1; C2D2E2; C3D3E3) uchburchak bilan berilgan profil proektsiyalovchi tekislik tasvirlangan. X o’qi orqali o’tuvchi profil proektsiyalovchi tekislik o’q bo’ylab profil proektsiyalovchi tekislik deb ataladi, H va V proektsiyalar orasidagi burchakni teng ikkiga bo’luvchi profil proektsiyalovchi tekislik bissektor tekisligi deyiladi. Sath tekisligi quyidagi tekisliklardan iborat: gorizontal tekislik – H ga parallel, frontal tekislik – V ga parallel va profil tekislik – W ga parallel. Bu sath tekisliklari bir vaqtda ikkita proektsiyalar tekisliklariga perpendikulyar bo’ladi. Masalan, gorizontal tekislik bir vaqtda frontal va profil tekisliklariga parallel. a) b) c)
3.17 shakl 3.18 a shaklda gorizontal F (F2, F3) tekislikning proektsiyalar H, V va W tekisligi sistemasida yaqqol tasviri ko’rsatilgan, 3.18 b shaklda esa shu tekislikning (F1 i F3) frontal va profil izlari tasvirlangan. SHuningdek F tekislikda yotuvchi A nuqtaning proektsiyalar tekisligiga proektsiyalanishi ko’rsatilgan. a) b) c)
3.18 shakl ABC uchburchak gorizontal tekislik (3.18 c shaklga qarang) A1B1C1, A2B2C2 va A3B3C3 proektsiyalari bilan berilgan. Bu holatda frontal va profil proektsiyalar to’g’ri chiziqning kesmalari bilan tasvirlanadi, gorizontal proektsiyasi esa uburchak, ya’ni ABC tekislikning haqiqiy kattaligiga teng va u fazoda H gorizontal proektsiyalar tekisligiga nisbatan parallel vaziyatni egallagan. 3.19 a va b shakllarda K frontal tekislik tasvirlangan va shu tekislikning K1 gorizontal va K3 profil izlari hamda shu tekislikka tegishli A nuqtaning proektsiyalari ko’rsatilgan. SHu holatda A nuqtaning gorizontal va profil proektsiyalari tekislikning mos izlari bilan ustma – ust tushgan. ABC tekislikning A1B1C1 gorizontal va A3B3C3 profil proektsiyalari to’g’ri chiziq kesmasi, frontal proektsiyasi esa A2B2C2 uchburchak shaklida proektsiyalanadi va frontal proektsiyasi uchburchakning haqiqiy kattaligiga teng bo’ladi, ya’ni A2B2C2 = ABC. a) b) c)
3.19 shakl Download 241.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling