5-Amaliy mashg’ulot mavzusi: O’z – o’ziga va o’zaro yordam berish. O’tkir zaharlanishda shoshilinch yordam


Download 35.16 Kb.
bet1/6
Sana05.01.2022
Hajmi35.16 Kb.
#213237
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’z – o’ziga va o’zaro yordam berish O’tkir zaharlanishda shoshilinch




  • 5-Amaliy mashg’ulot mavzusi:

  • O’z – o’ziga va o’zaro yordam berish. O’tkir zaharlanishda shoshilinch yordam.

REJA:

1. Bemorlarga o’z-o’ziga va o’zaro yordam berishni o’rgatish.

2. O’tkir zaharlanishga olib keluvchi sabablar.

3. Zaharlanishlarda nomoyon bo’ladigan belgilar.

4. Zaharlanishlarda shoshilinch yordam ko’rsatish .

Bemorlarni davolash va parvarish qilish ishlarini amalga oshirish jarayonida asosiy masalalardan biri muloqot – kommunikatsiya bo’lib, ba’zi hollarda psixoterapevtik ta’sir ko’rsatish aksari davo choralaridan ham yaxshiroq samara beradi. Tibbiy xodim verbal va noverbal muloqot ko’nikmalaridan foydalangan holda bemor va uning oila a’zolari bilan muloqotga kirishadi. Bemor bilan muloqot qilish mobaynida, uning salomatligi haqida baho berish mumkin. Verbal yoki og’zaki muloqot ko’nikmalari faol tinglash, savol berish va ta’sirlanishdan iborat. Noverbal yoki so’zsiz muloqot esa yuz ifodasi, gavda holati va harakati, qo’l harakatlari, teginib qo’yish, ovoz toni va boshqa bir qator omillarga bog’liq bo’lib, aksariyat hollarda og’zaki muloqot mazmuniga hamohang bo’lishi talab etiladi.

Bemorni o’z kasalligiga nisbatan ruhan ya’ni psixologik tayyorlashi kerak.

Oilani qo’llab-quvvatlash (psixologik qo’llab-quvvatlash, psixologik o’qitish)da qatnashish. Bemorning oila a’zolari bilan tibbiy xodim yaxshi muomulada bo’lishi kerak. Shifokor ko’rsatmalarini bajarsa sog’ayib ketishiga ishontira olishi lozim. Ularga ruhiy dalda berib, har tomonlama qo’llab-quvvatlab, shifokor ko’rsatmalarini birma-bir tushuntirib, o’rgatish kerak.

Bemor uchun kerakli bo’lgan parvarishlarni hamshhira bemor va uning yaqinlariga o’rgatadi. Hamshira har bir muolajani bajarishdan oldin bemorni va uning yaqinlarini bu muolajaga ruhan tayyorlashi kerak bo’ladi.

Buning uchun bemorga va yaqinlariga muolajani o’tkazish zarurligini, uning foydasi haqida tushincha berib o’tadi. Bemor bu muolaja uning sog’ayishiga yordam berishini bilgach, u bunga ruhan tayyor bo’ladi.



Hamshira har bir muolajani bajarishdan oldin bemorni va uning yaqinlarini bu muolajaga ruhan tayyorlashi kerak bo’ladi. Buning uchun bemorga va yaqinlariga muolajani o’tkazish zarurligini, uning foydasi haqida tushincha berib o’tadi. Bemor bu muolaja uning sog’ayishiga yordam berishini bilgach, u bunga ruhan tayyor bo’ladi.

Zaharlanish – o‘tkir kasallik kabi boshlanib, organizmga kimyoviy moddaning toksik ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Zaharlanishning quyidagi turlari bir-biridan farq qiladi:
a) maishiy (alkogolli, tasodifiy, qasddan);
b) ishlab chiqarishdagi;
v) bolalardagi;
g) tibbiy;
d) biologik;
e) ovqatdan.
Organizmga zaharning tushish yo‘llari to‘rt xil bo‘ladi:
1) ingalyatsion (tutun holida);
2) teri orqali;
3) ichak orqali;
4) parenteral (ko‘pincha tibbiy).
Oziq-ovqat moddalari bilan zaharlanganda oshqozonni zond orqali 18–20ºC haroratdagi 12–15 l suv bilan (har bir porsiyasi 300–500 ml bo‘lishi kerak) yuvish lozim.
Ilon chaqqanda, teri ostiga yoki muskul orasiga toksik modda t ushganda 6–8 soatga o‘sha joyga sovuq qo‘yiladi, 0,3 mg 0,1 % li adrenalin eritmasi, ilon chaqqan joyning yuqorisiga esa novokain blokadas i qilinadi.
Ingalyatsion zaharlanishda zaharlangan kishini toza havoga olib chiqib, nafas olish yo‘lini kislorod bilan ingalatsiya qilish lozim.
Teriga toksik modda tushganda terini oqar suvda yuvib tashlash kerak.
Toksik modda to‘g‘ri ichakka, qinga, siydik pufagiga yuborilganda ularni klizma, sprinsirovka va kateterizatsiya qilish lozim.
Toksik moddani qon aylanish sistemasidan chiqarish uchun siydik haydovchi vositalar qo‘llab, diurezni forsirlashdan foydalaniladi.

Download 35.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling