5-amaliy mashg`ulot. Mitoz va meyoz fazalarini doimiy prеparatlarda o`rganish Mavzuning masqadi


Download 0.78 Mb.
bet4/14
Sana05.01.2022
Hajmi0.78 Mb.
#221698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
d8uXD6PAbSo9aSqxg5MFbskRooKt2IXR (2)

16.1-rasm. Mеyoz bo`linish fazalari

Kеyingi faza – metafazada yadro po`sti uo`qolib, bivalent hujayraning ekvatorial qismida joylashadi va bo`linishning axromatik duki hosil bo`ladi. Juft xromosomalar tarqaladi.




16.2-rasm. Mеyoz bo`linish.

Anafazada gomologik xromosomalarning o`zaro bog`liqligi buzilib, ular hujayralarning qutblariga tarqaladi. Bunda har bir xromosoma ikkita xromatindan tuzilgan bo`ladi. Mitozda esa qutbdagi bitta xromatidli xromosomalar tarqaladi.

Telofaza esa juda qisqa bo`lib, bu fazada birinchi bo`linish jarayoni tugaydi va ikkinchi bo`linish metafazasi boshlanadi. Bunda har bir xromosoma yana qaytadan ikkita va yakka xromatidga bo`linadi, ular yana qaytadan qutblarga tarqaladi. Ikkinchi telofazada yadro po`sti va yadrochasi bo`lgan to`rtta yangi yadro vujudga keladi. Xullas, meuozda bitta ona hujayradan to`rtta qiz hujayra hosil bo`ladi.

YAdro bo`linganda hosil bo`ladigan xromosomalar soni o`simlikning har qaysi turida doimiy bo`ladi. Masalan, qattiq bug`douda xromosomalar 28 ta, g`o`zada 26 ta, makkajo`xorida 20 ta, no`xatda 14 ta bo`ladi. Hujayra bo`linayotganda hosil bo`ladigan bu xromosomalar soni diploid son deyiladi va 2n bilan ifodalanadi.

Xromosomalar soni ikki marta kamayadigan reduksion bo`linishdan kеyin yadro gaploid bo`ladi, ya`ni xromosomalar to`plami ikki marta kam bo`ladi va n bilan ifodalanadi. Reduksion bo`linishning biologik ma`nosi ham ana shundan iborat, chunki bunday bo`linishsiz xromosomalar soni diploid bo`lgan jinsiy hujayralar qo`shilganda to`rtta, kеyingi bo`linishda sakkizta xromosomalar to`plami hosil bo`lar edi.

Reduksion bo`linish har xil o`simliklarda ular hayotining turli davrlarida sodir bo`ladi. Gulli o`simliklarda bu jarayon ular urug`lanishidan bir oz ilgari, jinsiy hujayralar shakllanayotganda kuzatiladi. Qirqquloq va qirqbo`g`imlarda esa reduksion bo`linish bilan urug`lanish orasida uzoq vaqt o`tadi va o`simlik hayotida xuddi ikki davr bordek tuyuladi: biri reduksion bo`linishdan urug`lanishgacha, ikkinchisi urug`lanishdan yangi reduksion bo`linishigacha bo`lgan davr. Kеyingi holda o`simlik hayotida ikkita bir xil bo`g`in: biri jinsiy, ya`ni gametofit, ikkinchisi jinssiz, ya`ni sporofit paydo bo`ladi va ular doim bir-biri bilan to`g`rialmashib turadi.

Gametofit hujayralar doim gaploid bo`ladi, ular hosil qiladigan jinsiy hujayralar ham gaploid. Jinsiy jarayonda ikkita jinsiy hujayraning qo`shilishidan zigota deb ataladigan diploid hujayra hosil bo`ladi. Zigota ko`p marta bo`linishi natijasida jinssiz bo`g`in, ya`ni sporofit rivojlanadi. Sporofit hayotining oxirida reduksion bo`linish sodir bo`lib, spora deb ataladigan gaploid hujayralar hosil bo`ladi. Sporalar ona hujayralardan ajralgan alohida hujayralardir: ulardan kеyingi jinsiy bo`g`in, ya`ni gametofit rivojlaiadi.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling