5-amaliy mashg`ulot. Mitoz va meyoz fazalarini doimiy prеparatlarda o`rganish Mavzuning masqadi


Nеkroz va apoptoz hodisasini kuzatish


Download 0.78 Mb.
bet8/14
Sana05.01.2022
Hajmi0.78 Mb.
#221698
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
d8uXD6PAbSo9aSqxg5MFbskRooKt2IXR (2)

Nеkroz va apoptoz hodisasini kuzatish.

Nekroz

Jihozlar: O`simlik to`qimasi, skalpel, buyum oynasi, preparoval nina, kolxisin moddasi.

Hujayra o`limining bu ko`rinishi hujayra membranasining o`tkazuvchanlik xossasining buzilishi natijasida ichki gomeostazning buzilishi bilan bog`liq bo`lib, hujayra ichidagi ionlar konsentrasiyasi buzilib, mitoxondriyalar tiklanmas o`zgarishlarga va hamma hayotiy jarayonlarning to`xtashiga olib keladi. Nekroz plazmatik membrananing shikastlanishiga, ko`pgina zaharli moddalar ta`sirida membrananing shimish kuchining pasauishiga, energetik jarayonlarning buzilishiga olib keladi. Bunda plazmatik membrananing o`tkazuvchanlik xossasining ortishi natijasida hujayra ichiga suv kirib, u shishadi, sitoplazmada Na+ va Ca2+ ionlari konsentrasiyasi oshadi, vakuolyar tizim komponentlari membranalari uzilib sitozolda oqsil sintezi to`xtaydi, lizosoma gidrolazalari sitoplazmaga chiqib hujayra lizislanadi. Sitoplazmadagi bu o`zgarishlar bilan bir vaqtda yadroda ham o`zgarishlar kechadi. Nekrozning o`ziga xos tomoni shundaki unga katta guruh hujayralar uchraydi. Nekrozga uchragan hujayralar lеykositlar hujumiga uchrashi natijasida to`qimaning shu qismida shamollash jarayonlari rivojlanadi.
Apoptoz

Organizmlarning rivojlanishi jarayonida bir qism hujayralar hech qanday fizikaviy yoki kimyoviy o`zgarishlarsiz nobud bo`lib turadi. YA`ni ularning “sababsiz” o`limi sodir bo`ladi. hujayralar o`limini ontogenezning deyarli hamma bosqichlarida kuzatish mumkin. Masalan, neuroblast va gonadositlarning nobud bo`lishi, hasharotlar va amfibiyalar metamorfozidagi hujayralarning nobud bo`lishi (itbaliqning dumi va tritonning jabralari rezorbsiyasi). Voyaga еtgan organizmda ham domiy ravishda hujayralarning to`satdan o`limi sodir bo`lib turadi. Qon hujayralari-neytrofillar, teri epidermisi hujayralari, ingichka ichak hujayralari – enterositlar millionlab nobud bo`ladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki hujayra o`limi hujayralararo aloqa mexanizmlari oraqali boshqariladi. Ko`p hujayrali organizmlarning hujayralari tirik qolish uchun tashqaridan “signal” olishlari kerak. Bunday signallarning bo`lmasligi hujayrada o`z-o`zini nobud qilish mexanizmi ishga tushishiga olib keladi. Masalan neyron hujayralarini o`stiruvchi omil (NGF) bo`lmasa ular nobud bo`ladilar.

Jigar hujayralaridagi apoptozda quyidagi jarayonlar kuzatiladi. Jarayonning boshida hujayralarning qo`shni hujayralar bilan aloqasi uziladi, ular bujmayib, yadrolarda xromatin kondensasiyalanib, yadro va undan kеyin hujayraning o`zi ham mayda bo`laklarga parchalanib, har bir bo`lak plazmatik membrana bilan o`raladi. Bu hosil bo`lgan bo`laklar apoptoz tanachalar deb ataladi. Apoptoz hujayraning erib ketishi, lizisiga emas maydalanishi yoki parchalanishiga olib keluvchi jarayon. Plazmatik membrana bilan o`ralgan apoptoz tanachalar o`ziga makrofaglarni jalb qiladi. Makrofaglar tarkibidagi lizosomalar yordamida apoptoz tanachalarni hazm qiladi. Qizig`i shundaki, makrofaglar qo`shni sog` hujayralarga tegmasdan faqat apoptoz hujayralarini tanib oladi. Bunga sabab apoptoz natijasija plazmatik membrananing assimetrikligi buzilib, uning yuzasiga salbiy zaryadlangan fosfolipid - fosfatidilserin chiqib qoladi. Bu hol esa makrofaglar uchun signal bo`lib xizmat qiladi. SHunday qilib, tanlab olinadigan fagositoz orqali to`qimalar nobud bo`lgan hujayralardan tozalanadilar.

Demak, apoptoz hujayraning genetik programmalashtirilgan o`limi bo`lib, bunda hech qanday patologik jarayonlar rivojlanmaydi. Apoptozga turli tashqi omillar- nurlanish, toksinlar sabab bo`lishi mumkin. DNKda ro`y beradigan qaytmas salbiy o`zgarishlar, mitoxondriyalarda energetik jarayonlarning buzilishi, endoplazmatik to`rda oqsil sintezining to`xtashi ham apoptozni keltirib chiqarishi mumkin



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling