5-amaliy mashg`ulot o’lchamlarni qo’shimcha sozlash orqali avtomatik tekshirish
-rasm.Aktiv tekshirish qurilmalari
Download 318.78 Kb. Pdf ko'rish
|
5-amaliy mashg\'ulot ABA
3-rasm.Aktiv tekshirish qurilmalari:
a — himoya-blokirovkalash qurilmasi; b — ishlov berish jarayonida tekshirish qurilmasi; v — ishlov berilib bo’lgandan so’ng tekshirish qurilmasi; g — o’zi sozlanadigan qurilma. Detallarga ishlov berilib bo’lgandan so’ng ularning o’lchamlarini avtomatik tekshiruvchi qurilmalar (3-rasm, v) ishlov berilgan har bir detalning o’lchamlarini o’zgartkich 1 vositasida tekshiradi hamda tekshirish natijalari asosida stanokning qo’shimcha sozlash mexanizmlariga ta’sir yetadi yoxud yaroqsiz detal 3 (brak « + ») yoki 4 (brak «—») paydo bo’lganda stanokni to’xtatadi. Yaroqli detallar 2, masalan, yig’ish joyiga keladi. Yuqorida aytib o’tilganidek, bunday qurilmalar qo’shimcha sozlovchi qurilmalar (sozlagichlar) deb yuritiladi. Qo’shimcha sozlagichlar ishlov berilgan detallarnigina emas, balki asbob kesuvchi hirrasining, jilvirtosh kesuvchi sirtining holatini ham tekshirishi mumkin. Qo’shimcha sozlagichlar jilvirlash stanoklaridan tashqari, tokarlik, tish kesish va boshqa stanoklarda ham keng ishlatiladi. Ishlov berish jarayonida ho’shimcha sozlash bilan birga tekshirish ishlarini ham bajaradigan avtomatik yordamchi sozlagichlar (8.17-rasm, g) ahamiyatga molikdir. O’zgartkich 1 ishlov berish jarayonida detallar 2 o’lchamlarini avtomatik ravishda tekshiradi, o’zgartkich 3 esa ishlov berilgan detal 4 ning o’lchamlarini haytadan tekshiradi va shu tarzda birinchi o’zgartkichning ishini tekshiradi va zarur bo’lsa, uni qo’shimcha sozlaydi. Avtomat liniyalarda passiv va aktiv tekshirish qurilmalari ishlatiladi. Hozirgi paytda buyumlarni berilgan dastur bo’yicha tekshirish tobora keng qo’llanilmoqda. Ichi bo’sh silindr, yarimsfera, konus tipidagi detallarni, sirti egri chiziqli detallarni, shuningdek teshiklar, chiqiqlar va o’yiqlar oralig’ini tekshirish uchun koordinat o’lchash mashinalaridan foydalaniladi. Bu mashinalarda har bir koordinata fotoelektrik qurilmalar yordamida o’lchanadi va o’lchash golovkalari berilgan dastur bo’yicha avtomatik ravishda. suriladi. Download 318.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling