5-amaliy mashg`ulot o’lchamlarni qo’shimcha sozlash orqali avtomatik tekshirish
-rasm. Avtomatik tekshirish sxemalari
Download 318.78 Kb. Pdf ko'rish
|
5-amaliy mashg\'ulot ABA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Tekshirish-saralash avtomatining sxemasi. 3-rasm. Elektr kontaktli o’zgartgichi bor tekshirish avtomatining sxemasi.
1-rasm. Avtomatik tekshirish sxemalari:
1-detal; 2-o’lchash uchligi; 3-o’zgartkich; 4-schyotChik; 5-signalizasiya; 6- oraliq zveno; 7-ijrochi mexanizm Ishlangan detallarni avtomatik tekshiradigan qurilmalar odatda stanok yaqiniga qo’yiladi. Bu qurilmalar tekshirish opera- siyalarini va qator boshqa ishlarni bajaradi. Operatsiyadan keyingi tekshiruv tekshirish qurilmasiga sovituvchi suyuqlik, titrash, stanokning elastik va temperatura deformatsiyalari ta’sir qilmaydigan sharoitda o’tkaziladi. O’lchanadigan impulsni o’zgartiradigan elektr kontaktli o’zgartkichi bor tekshirish avtomati (2-rasm) quyidagicha ishlaydi. Surgich 14 tekshirilayotgan detal 10 ni bunker 15 novidan birlamchi o’zgartkich 1 ning o’lchash uchligi ostiga keltiradi va to detal tinchib, tekshirilgunga qadar shu holatda tutib turadi. Tekshirish tugashi oldidan uzgich tutashib o’zgartkichni elektron blok 3 ga ulaydi. 2-rasm. Tekshirish-saralash avtomatining sxemasi. 3-rasm. Elektr kontaktli o’zgartgichi bor tekshirish avtomatining sxemasi. Agar detalning o’lchamlari yo’l qo’yilgan kattalikda bo’lsa, u holda birlamchi o’zgartkich 1 ning kontaktli richagi kontaktlar 2 ga tegmasdan o’rta vaziyatni egallaydi. Zaslonkalar 8 va 10 yopila- di. Surgnch 14 detal 13 ni nov 12 ga surib tushiradi va u berk zaslonkalarda dumalab tayyor mahsulotlarga mo’ljallangan ochiq yashik 4 ga tushadi. Agar detalning o’lchami yo’l qo’yilgan eng katta o’lchamdan katta bo’lsa, yuqorigi kontakt ishlab ketadi, shunda elektromagnit 9 ham ishga tushib zaslonka 10 ni ochadi (brak «+»). Agar detalning o’lchami, sxemada ko’rsatilgandek, keragidan kichik bo’lsa, pastki kontakt ishga tushadi, elektromagnit 6 yakorni tushiradi, prujina: 5 zaslonka 8 ni burib brak («-») detal tushadigan yashik 7 ning teshigini ochadi. Aktiv tekshirish usuli eng ilg’or usuldir. Aktiv tekshirish; usullaridan foydalanilganda stanok avtomatik rostlash sistemasiga aylanib, odamni tekshirish ishlaridan ozod qiladi, ishlanayotgan detallar o’lchamlarining zarur aniqlikda chiqishini ta’minlaydi. Detal o’lchamlarining aniqligi bevosita yoki bilvosita analiz qilinishi mumkin. Birinchi holda detalning o’zi tekshiriladi, ikkinchi holda esa asbob yoki stanok ish organlarining holati tekshiriladi. Aktiv tekshirishni detalga ishlov berilmasdan avval, ishlov berayotgan paytda va ishlov berib bo’lgandan keyin o’tkazish mumkin. Detallarni ishlashdan oldin tekshirish qurilmalari himoya-blokirovkalash qurilmalariga kiradi (3-rasm, a). Bu qurilmalar ishlash uchun keltirilayotgan detallar 2 ni tekshirishga imkon» beradi; shunday qilinganda kesuvchi asbob 4 yoki stanok 5 mexanizmlari sinishining oldi olinadi. Bu qurilma birlamchi o’zgartkif 1 ni boshqaruvchi mexanizm 3 yordamida yaroqli zagotovkalar 6 ni stanokka o’tkazib Yuboradi va yaroqsiz zagotovka 7 (brak «+») yoki 8 ni (brak «-») stanokka o’tkazmaydi yoxud uni to’xtatib qo’yadi. Bunday qurilmalar ba’zan o’lchash zaslonkalari deb yuritiladi. Ishlov berish jarayonida avtomatik tekshiruvchi qurilma (8.17-rasm, b) detal o’lchamining o’zgarishini unga ishlov berish jarayonida birlamchi o’zgartkich 4 bilan tekshiradi. Birlamchi o’zgartkich uch kontaktli skoba 5 ga o’rnatilgan. Qo’yim olib tashlangach, o’zgartkich 4 kuchaytirgich 1 orqali stanokning ijrochi qurilmasi 7 ga. ishlov berish rejimini o’zgartirish, ya’ni xomaki jilvirlashdan tozalab jilvirlash, keyin esa o’lchamiga yetkazish rejimiga o’tish haqida komanda beradi. Detal 6 ning o’lchami belgilangan qiymatga yetganda stanok avtomatik tarzda ishdan to’xtaydi. Ishlov berayotganda signal lampalari 3 yongan vaqtda pribor 2 ning ko’rsatgichlariga qarab detal 6 ning o’lchamlarini bilib olish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling