5-amaliy mashg’ulot


Download 286.5 Kb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi286.5 Kb.
#1016702
1   2   3   4
Bog'liq
5-Amaliy mashg\'ulot 2022 qisqa

Создание menyusi - Таблицы uskunalar guruhi, bu uskunalar guruhidagi 1 buyrug‘i orqali jadval rejimida jadval yaratiladi. 2 buyrug‘i orqali konstruktor rejimida jadval yaratiladi. 3 buyrug‘i orqali tayyor shablon jadvallar ro‘yxatidan foydalanishingiz mumkin (5.5-rasm).
MS Access dasturining asosiy ob’ekti bo‘lgan jadval yaratish jarayonini ko‘ramiz. Dasturda jadval yaratishning ikkita yo‘li mavjud:

    1. Создание->Таблицы->Таблица

    2. Создание->Таблицы->Konstruktor tablits

Biz bilamizki, odatda jadvallar satrlar va ustunlardan tashkil topadi, berilganlar bazasida esa jadval ustuni maydon (polya), satri esa yozuv (zapis) deb nomlanadi. Shunday ekan, har bir jadval bir necha maydon va bir necha yozuvlardan tashkil topadi. O‘z navbatida maydonlar quyidagi turdagi berilganlarni o‘zida saqlashi mumkin:

    1. Qisqa matn (Короткий текст1) – bu turdagi maydonga 1 tadan 255 tagacha belgi kiritadigan qilib sozlash mumkin.

    2. Uzun matn (Длинный текст) – bu turdagi maydonga 1 Gb gacha berilganlarni saqlashimiz mumkin.

    3. Sonli (Числовой) – bu turdagi maydonga butun yoki haqiqiy, ishorali yoki ishorasiz sonlarni saqlashamiz mumkin. Maydon o‘lchamini 1, 2, 4, 8, 12 baytli qilib sozlashimiz mumkin.

    4. Sana va vaqt (Дата и время) – bu turdagi maydonning har bir elementi xotiradan 8 bayt joy egallaydi va sana yoki vaqt ko‘rinishidagi berilganlarni saqlashga mo‘ljallangan.

    5. Pul qiymatli (Денежный) – bu turdagi maydonga pul qiymatli berilganlarni (so‘m yoki boshqa turdagi valyutalarni) saqlashamiz mumkin, maydonning har bir elementi xotiradan 8 bayt joy egallaydi.

    6. Sanagich (Счётчик) – bu turdagi maydonning har bir elementi xotiradan 4 bayt joy egallaydi, odatda kalitli maydonlarda ushbu turdan foydalaniladi, yani takrorlanmaydigan qiymatlarni kiritishga xizmat qiladi.

    7. Mantiqiy (Логический) – bu turdagi maydonning har bir elementi xotiradan 1 bit (0,125 bayt) joy egallaydi va mantiqiy qiymatlarni saqlashda ishlatiladi: 0 yoki 1, Da/Net (Ha/Yo‘q), Istina/Loj (Rost/Yolg‘on), Vkl/Vыkl (Yoniq).

  1. OLE ob’ekt maydoni (Поле обекта OLE) – bu turdagi maydonga ixtiyoriy formatdagi, hajmi 1 Gbdan katta bo‘lmagan 1 ta faylni joylashtirish yoki bita faylni bog‘liqli qilib (связанную) qo‘yish mumkin va xohlagan paytda ushbu faylni o‘zgartirish uchun yoki o‘qish uchun ochish mumkin.

  2. Gipermurojaat (Гиперссылка) – bu turdagi maydonga 255 tagacha ixtiyoriy belgilar ketma-ketligidan iborat berilganni yozishimiz mumkin va bu yozuvga hajmi 2 Gbdan oshmagan veb sahifa, fayl yoki papkalarni ochib beruvchi gipermurojaat biriktirishimiz mumkin.

  3. Birikmali (Вложения) – bu turdagi maydonga har birining hajmi 250 Mbdan oshmagan va umumiy hajmi 2 Gbdan oshmagan bir nechta (5000 tagacha yoki undan ham ortiq) har xil formatdagi berilganlarni biriktirishimiz mumkin.

Yodda tuting! Jadvalga yoki berilganlar bazasi boshqa ob’ektlarini nomlashda ajratuvchilar (bo‘sh joy, nuqta, vergul va h.k.) ishlatmagan maqsadga muvofiq.
Turli tashkilotlarning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi uchun ulardan avtomatik ravishda ma’lumotlarni yig‘uvchi, qayta ishlovchi va boshqaruvchi rivojlangan axborot tizimlar bo‘lishi talab qilinadi. Oddiy axborot tizimi misolida MB (ma’lumotlar bazasi)larida Access dasturini ishlash imkoniyatini ko‘rib chiqamiz. Olingan nazariy ma’lumotlar axborot tizimini MBBT (ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi) yordamida yaratish va ishlab chiqishda amaliy ishlarini bajarganda mustahkamlanadi. Talabalar bu bosqichni o‘qish va o‘rganish bilan birga axborot tizimi to‘g‘risida asosiy bilimni olishadi, MB har xil turlari uchun kerakli asosiy tajribani egallashadi.

II. Topshiriqlar



Download 286.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling