5 amaliy mashg’ulot
MAVZUGA OID MISOL VA MASALALAR
Download 87.5 Kb.
|
5-Amaliy mashgulot
MAVZUGA OID MISOL VA MASALALAR:
1-misol. Azot (II)-oksidi bilan kislorod orasidagi reaksiyada azot (II)- oksidning konsentratsiyasi 3 marta oshirilsa, reaksiyaning tezligi necha marta ortadi? Echish: Reaksiya quyidagi tenglama bo’yicha boradi: 2NO + O2 = 2NO2 Kimyoviy kinetikaning asosiy qonuniga muvofiq reaksiyaning boshlang’ich tezligi kuyidagiga teng: v1= K[NO]2 x [O2] Azot (II)-oksidning konsentratsiyasi 3 marta oshirilgandan keyingi quyidagiga teng bo’ladi: v2 = K·3[NO]2·[O2]=9K[NO]2[o2]·v2ni v1ga nisbatini olib, reaksiyaning teziligi necha marta oshganligini ifodalaymiz. v=9 . 2-misol. 400C temperaturada reaksiya 1min. 200C da tugaydi. Agar reaksiya tezligining temperatura koeffitsienti 2 ga teng bo’lsa, 800C da bu reaksiya qancha vaqtda tugaydi? Echish. Temperatura 400C dan 800C gacha kupayganda reaksiyaning tezligi Vant-Goff qoidasiga muvofiq ortadi. v=2(80-40)/10=24=16 marta ortadi. Ma’lumki, reaksiya tezligi vaqtga teskari proporsionaldir. Demak, temperatura oralig’idagi reaksiya vaqti. t(t1) =1 min 20s=80s Temperatura oralig’ida reaksiya tezligi 16 marta oshganda, reaksiya vaqti 16 marta kamayadi. Binobarin, t(t2)=80/16 =5 sek. Demak, 80 0S da reaksiya 5 sek. da tugaydi.
Download 87.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling