5 - AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: KIMYOVIY KINETIKA VA MUVOZANAT
Maqsad: Kimyoviy kinetika va muvozanat: kimyoviy reaksiya tezligining moddalar tabiatiga, temperaturaga, konsentratsiyaga, reaksiyaning faollanishi, energiyasiga, katalizatorga bog’liqligini o’rganish. Kimyoviy muvozanat siljishini asoslash, misol va masalalar echish.
Kimyoviy kinetika kimyoviy reaksiyalar tezligi va reaksiya tezligiga ta’sir etadigan turli omillarni o’rganadigan bo’lim.
Ma’lumki har qanday kimyoviy hodisa natijasida bir modda boshqa moddaga aylanadi. Bu ma’lum vaqt mobaynida dastlabki modda miqdorining kamayishi va yangi hosil bo’layotgan modda miqdorining ortib borishi bilan ro’y beradi, ya’ni har bir reaksiya ma’lum tezlik bilan boradi. Bu mulohazadan kelib chiqib kimyoviy reaksiya tezligiga ta’rif beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |