2 Laboratioriya ishi Mashg’ulot: Reaksiya tezligining reaksiyaga kirishuvshi moddalar konsentrasiyasiga bog’likligi. Reaksiya tezligining haroratga bog’liqligi. Mashg’ulotdan maqsad
Download 52.09 Kb.
|
Kimyo lab2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asbob va reaktivlar
№2 - Laboratioriya ishi Mashg’ulot: Reaksiya tezligining reaksiyaga kirishuvshi moddalar konsentrasiyasiga bog’likligi. Reaksiya tezligining haroratga bog’liqligi. Mashg’ulotdan maqsad. Kimyoviy reaktsiya tezligining kontsentratsiya bog’liqligi, hamda reaktsiya kirishayotgan moddalar kontsentratsiyasini kimyoviy muvozanatga ta’sirini tajribada isbotlashdan iboratdir. Asbob va reaktivlar: : Probirkalar, sekundomer, termometr, shisha tayoqcha, 10 ml hajmli silindrlar, spirt lampasi, qisqich, Na2S2O3 ning 0,3 n eritmasi, H2SO4 eritmasi (1: 200), Al metali kukuni, J2 kristallari, H2O2 ning 3% li eritmasi, MnO2, HCl ning 10% li eritmasi, marmar va bo`r kukunlari, FeCl3 ning 0,02n va to`yingan eritmalari, NH4CNS ning 0,02 n va to`yingan eritmalari, kraxmal kleysteri, yodli suv, NH4Cl kristallari. distirlangan suv Kimyoviy kinetika kimyoviy reaktsiyaning tezligi va unga ta’sir etuvchi omillar (temperatura, bosim, kontsentratsiya, katalizator) va reaktsiyaga kirishuvchi moddalar tabiatini tekshiradi.Kimyoviy reaktsiya tezligi vaqt birligi ichida reaktsiyaga kirishayotgan moddalar kontsentratsiyasining o‘zgarishi bilan o‘lchalaniladi. Bunda kontsentratsiya, asosan moddaning 1 l xajmdagi mollar soni bilan ifodalanadi (mol/l). ma’lumki, moddalarning molekulalari bir-biri bilan to‘qnashgandagina, ularning o‘zaro kimyoviy ta’siri yuzaga keladi. SHuning uchun reaktsiyaga kirishayotgan moddalarning kontsentratsiyasi qanchalik katta bo‘lsa, yani xajm birligidagi molekulalar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, reaktsiyaning tezligi shunchalik katta bo‘ladi. Reaktsiya tezligining kontsentratsiyaga va reaktsiyaga kirishayotgan moddaning tabiatiga bog’liqligi massalar ta’siri qonuniga bo‘ysinadi: Kimyoviy reaktsiyaning tezligi reaktsiyaga kirishayotgan moddalarning kontsentratsiyalari ko‘paytmasiga to‘g’ri proportsianaldir. Masalan: aA + vV = sS tenglama bilan ifodalangan reaktsiya tezligi: V = k [A]a •[V]v bo‘ladi. Bunda: [A] va [V] – A va V moddalarning molyar kontsentratsiyasi (mol/l); k – tezlik doimiysi, u o‘zaro ta’sir ettayotgan moddalarning tabiatiga va temperaturasiga bog’liq. Reaktsiyaga qattiq modda ishtirok etayotgan bo‘lsa, reaktsiya tezligini xisoblashda faqat gazsimon va erigan moddalarning kontsentratsiyasini e’tiborga olish zarur. CHunki qattiq moddalarning faqat yuza qatlami reaktsiyaga kirishadi. Masalan: S(q) + O2 = SO2 (g) V = k [O2] Temperaturaning o‘zgarishi reaktsiya tezligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Vant-Goff qoidasi bo‘yicha temperatura har 10oS ga ko‘tarilganda reaktsiya tezligi 2-4 marta ortadi. Bu qoidaning matematik ifodasi: Vt2 = Vt1 • bunda: Vt2 – temperatura S ga ortgandan keyingi reaktsiya tezligi; Vt1 – reaktsiyaning t C dagi boshlang’ich tezligi; ɣ - reaktsiyaning tezlik temperatura koeffitsiyenti, yani tem-peratura 100S ortganda reaktsiya tezligining qanchaga oshganini ko‘rsatuvchi son. Download 52.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling