2 Laboratioriya ishi Mashg’ulot: Reaksiya tezligining reaksiyaga kirishuvshi moddalar konsentrasiyasiga bog’likligi. Reaksiya tezligining haroratga bog’liqligi. Mashg’ulotdan maqsad


Reaksiya tezligining xaroratga bog’likligi


Download 52.09 Kb.
bet5/8
Sana15.02.2023
Hajmi52.09 Kb.
#1202826
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kimyo lab2

Reaksiya tezligining xaroratga bog’likligi
Mashg’ulotdan maqsad. Kimyoviy reaktsiya tezligining xaroratga bog’liqligi, hamda reaktsiya kirishayotgan moddalar kontsentratsiyasini kimyoviy muvozanatga ta’sirini tajribada isbotlashdan iboratdir.
Asbob va reaktivlar: : Probirkalar, sekundomer, termometr, shisha tayoqcha, 10 ml hajmli silindrlar, spirt lampasi, qisqich, Na2S2O3 ning 0,3 n eritmasi, H2SO4 eritmasi (1: 200), Al metali kukuni, J2 kristallari, H2O2 ning 3% li eritmasi, MnO2, HCl ning 10% li eritmasi, marmar va bo`r kukunlari, FeCl3 ning 0,02n va to`yingan eritmalari, NH4CNS ning 0,02 n va to`yingan eritmalari, kraxmal kleysteri, yodli suv, NH4Cl kristallari. distirlangan suv
Kimyoviy jarayonlar tezliklari to`g`risidagi ma’lumotlar kimyoviy kinetika deyiladi.
Ma’lumki, kimyoviy reaksiyalar turli xil tezliklarda sodir bo`ladi. Shunday reaksiyalar borki, ular juda qisqa vaqt ichida tugaydi. Ko`pgina asos, kislota va tuzlarning suvdagi eritmalari orasidagi reaksiyalar, portlash va yonish bilan sodir bo`ladigan reaksiyalar ana shunday reaksiyalarga misol bo`ladi. Ayrim reaksiyalar esa soatlab, kunlab, oylab va xatto yillab davom etishi mumkin.
Kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyasining vaqt birligi ichida o`zgarishi bilan aniqlanadi va mol/l hisobida o`lchanadi:

bu yerda: C1 - moddaning boshlang`ich konsentratsiyasi;
C2 - moddaning  vaqt o`tgandan so`nggi konsentratsiyasi.
Sanoatda mahsulot olish uchun o`tkaziladigan reaksiyaning qanday tezlikda borishi uning iqtisodiy samarasi bilan aniqlanadi. Mazkur reaksiyaning tezligini oshirish va halal beruvchi hamda chiqindi hosil qiluvchi reaksiyalar tezliklarini kamaytirish ishlab chiqarish unumini oshirishga, xom ashyodan samaraliroq foydalanish va kam vaqt ichida ko`p miqdordagi mahsulot ishlab chiqarishga imkon beradi.
Umuman olganda, kimyoviy reaksiyalar tezliklari haqidagi tushuncha moddalarning o`zgarishi va ularni sanoat miqyosida olishning iqtisodiy samaradorligi haqidagi tasavvurlar bilan bog`liqdir. Kimyoviy jarayonlarni boshqaruvchi eng muhim omillar (moddalar tabiati va erituvchilardan tashqari): reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasi, harorat, bosim va katalizator hisoblanadi.

Download 52.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling