Reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasining kimyoviy reaksiya tezligiga ta’siri. Kimyoviy reaksiya, avvalo, moddalar molekulalarining bir-biri bilan to`qnashishi natijasida sodir bo`ladi. Shuning uchun hajm birligidagi molekulalar soni qancha ko`p bo`lsa, reaksiya ham shunchalik tez sodir bo`ladi. Massalar ta’siri qonuniga muvofiq, kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyalari ko`paytmasiga to`g`ri proporsional bo`ladi.
Agar kimyoviy reaksiya:
nA + mB = pC + qD
tenglama bilan ifodalansa, u holda reaksiya tezligi:
V = k*[A]n*[B]m bo`ladi.
Bu yerda:
|
k -
|
reaksiyaning tezlik konstantasi bo`lib, reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyalari birga teng bo`lganda, uning qiymati reaksiya tezligiga teng bo`ladi;
|
|
[A], [B] -
|
reaksiyaga kirishuvchi A va V moddalarning konsentratsiyalari.
|
Masalan: 4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O reaksiyasi uchun massalar ta’siri qonunining matematik ifodasi:
V = k*[ NH3]4*[ O2]5 bo`ladi.
Geterogen (gaz+qattiq) sistemada boradigan reaksiyalarda qattiq modda konsentratsiyasi 1 ga teng deb olinadi. Masalan:
C + O2 = CO2
reaksiyasi uchun massalar ta’siri qonunining matematik ifodasi:
V = k*[ O2] bo`ladi.
Reaksiya tezligiga bosimning ta’siri. Gaz holatdagi moddalar ishtirokidagi reaksiyalarda reaksiya tezligiga bosimning ta’sirini kuzatish mumkin.
Gazlar umumiy hajmining kamayishi bilan boradigan reaksiyalarda bosimning ortishi reaksiya tezligining ortishiga, bosimning kamayishi esa reaksiya tezligining pasayishiga olib keladi.
Gazlar umumiy hajmining ortishi bilan boradigan reaksiyalarda bosimning ortishi reaksiya tezligining pasayishiga, bosimning kamayishi esa reaksiya tezligining ortishiga olib keladi.
Masalan: N2 + 3H2 = 2NH3 reaksiyasida 1 hajm N2 va 3 hajm H2 qatnashmokda (jami 4 hajm gaz) va reaksiya natijasida 2 hajm ammiak hosil bo`lmoqda. Demak, reaksiya hajm kamayishi bilan sodir bo`ladi. Bosim oshirilganda yuqoridagi reaksiya tezligi ham ortadi.
Massalar ta’siri qonuniga muvofiq, reaksiya tezligi reaksiyaga kirishuvchi har bir gazning parsial bosimlari ko`paytmasiga to`g`ri proporsionaldir:
Do'stlaringiz bilan baham: |