Metall kukunlari haqida qisqacha ma'lumot


Download 267.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana13.04.2023
Hajmi267.46 Kb.
#1354426
  1   2
Bog'liq
METALL KUKUNLARI HAQIDA QISQACHA MA



METALL KUKUNLARI HAQIDA QISQACHA MA'LUMOT 
Metall kukunlari o'lchamlari 10 dan 500 mikrongacha, ba'zan 1 mm gacha bo'lgan kichik kristalli 
donalar (fraktsiyalar). donalar igna shaklida, sharsimon, ichi bo'sh sferik tarozi shaklida bo'lishi 
mumkin. Metall kukunlarining fizik-kimyoviy va texno - mantiqiy xususiyatlari ularning kimyoviy 
tarkibi, piknometrik zichligi, tuzilishi, aralashmalar, gazlar, metall va boshqa chang ifloslantiruvchi 
moddalarning massa ulushi bilan belgilanadi. Metall kukunlari karbid materiallarini ishlab chiqarish 
uchun asosdir. Ular sof metallardan (xrom, nikel, kobalt, molibden, vanadiy va boshqalar) va metall 
karbidlardan (volfram, titan, tantal karbidlari) ishlab chiqariladi. 
Zagotovkalarni metall kukunlaridan ham tayyorlash mumkin. Buning uchun turli kukunlar aralashtirilib, 
presslanadi va asosiy materialning erish darajasidan pastroq haroratgacha qizdiriladi. Shunda kukun 
zarralari erib, birbiriga yopishib ketadi, zagotovka mustahkamligi ortadi. Kukunlarni tayyorlashda 
material xomashyosi zo‘ldirli yoki girdobli tegirmonda maydalanadi, erigan metall esa puflanib 0,02—
0,10 mm kattalikdagi tomchilarga parchalanadi. Kukunlardan zagotovka yasash 100—600MPa (1000—
6000 kg/sm2) bosim beradigan gidravlik va tirsakli presslarda, maxsus qolip (pressforma)lar yordamida 
bajariladi. Hosil bo‘lgan zagotovka tarkibidagi materiallarning xossalariga qarab maxsus himoya 
muhitida qizdiriladi. 


2 - r a s m. Qayta-qayta presslab detal yasash texnologik sxemasi. 


Kukunli metallurgiyaning afzalligi shundaki, boshqa usullar bilan yasashning imkoni bo‘lmagan 
detallarni tayyorlash mumkin. Masalan, eriydigan metallar va qotishmalardan, erish harorati har xil 
bo‘lgan aralashmalardan tayyorlanadigan detallarni aytish mumkin. Kukunlardan tayyorlanadigan 
zagotovkalar o‘lchamlarining aniqligi 12—13 kvalitetga mos keladi, sirtining g‘adir-budurligi esa 
ko‘pincha berilgan darajada bo‘lib, kesib ishlov berishga hojat qolmaydi, mustahkamligi esa 300—320 
Mpa (30—32 kg/mm2) oralig‘ida bo‘ladi. Kukunli metallurgiya metalni iqtisod qiladi. Bir tonna kukunli 
zagotovka yasash taxminan 2 tonna prokatni tejaydi. Kukunli metallurgiya usuli bilan katta kuchlar 
ta’sirida ishlaydigan detallar (differensial satellitlari, yarim o‘qning tishli g‘ildiragi kabilar) yasalganda 
qizdirib, jipslangan zagotovka qaytadan presslanadi. Natijada ishqalanishga chidamlilik, boshqa 
yuzalarga tekkanda mustahkamlik va charchash jarayoniga qarshilik qilish borasidagi talablar bajariladi. 
2.6-rasmda qaytadan presslashning texnologik sxemasi keltirilgan. Yuqori darajada toza va legirlangan 
kukunlardan tayyorlangan, zarralari berilgan kattalik va ma’lum fizik-mexanik xususiyatlarga ega 
bo‘lgan aralashma (shixta-1) presslanadi (2), hosil bo‘lgan zagotovka qizdiriladi (3), so‘ngra hajmli 
shtamplanadi (4). Zagotovkaning zichligi 50% oshib, mexanik mustahkamligi yuqori bo‘ladi. 


Shundan so‘ng zagotovka kimyoviy va qizdirib ishlov berish (5)dan o‘tib, mustahkamlanadi va tayyor 
detal (6) hosil bo‘ladi. Uning sirti, agar kata talablar qo‘yilsa, silliqlanadi (jilvirlanadi yoki xoningovka 
qilinadi). 
2.3-jadvalda 
prokat 
va 
kukunli 
metallurgiya 
usullari 
bilan 
tayyorlangan 


zagotovkalarning 3 ta ko‘rsatkichi — detal massasi, material sarfi me’yori va ishlov berishda metall 
chiqindisi taqqoslangan. Kukunli metallurgiya usuli bilan zagotovka yasashda metall sarfi 2,5—3,0 
marta kam bo‘ladi. Presslab tayyorlangan zagotovkani qizdirishda ish unumi soatiga oddiy zagotovkalar 
uchun 3 ming, murakkablari uchun 200—800 dona. Qizdirib yopishtirish vaqti 3—5 daqiqa. 
Qo‘shimcha presslash maxsus gorizontal mexanik pressda bitta yurishda bajariladi. Bunda zagotovka 
zichligi 25%, material sarfi — 5% (kesib ishlaganda 40—50%) ga oshadi. Zagotovkalar tishiga 
qo‘shimcha ishlov berish talab qilinmaydi, ularning aniqligi cho‘zib ortish usuli bilan ishlangan tishli 
g‘ildiraklarga yaqin bo‘ladi. Issiq holda presslashdan so‘ng detalda hosil bo‘lgan g‘udurlar maxsus 
shtampda kesib chiqiladi. Shundan so‘ng g‘ildirak teshigiga kerakli ishlov beriladi, g‘ildirakning o‘zi 
toblanadi. Material sifatida alyumin, bronza, po‘latning konstruksionli, legirlangan, zanglashga 
chidamli, tez kesuvchi turlari, qattiq qotishmalar kukunlari ishlatiladi. 


 Legirlovchi moddalari bor metall kukunlaridan katta mustahkamlikka ega bo‘ladigan detallar, masalan, 
to‘g‘ri tishli konussimon va silindrik g‘ildiraklar yasaladi. Ularning massasi 1,27 kg dan, diametri 144 

Download 267.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling