5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


Download 177.47 Kb.
bet37/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45
Bog'liq
5-амалий

Oldingi tahrirga qarang.
Agar joylardagi davlat hokimiyati organining 2021 yil 1 avgustga qadar o’z vakolati doirasida qabul qilgan qarorida huquq turi ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda yuridik va jismoniy shaxs uchun quyidagi huquqlar tan olinadi hamda ro’yxatdan o’tkazilishi lozim;
yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo’jaligi hamda jamoa bog’dorchiligi va uzumchilik xo’jaligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga bo’lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi (agar, davlat hokimiyati organlarining qarorlarida boshqa huquq turi ko’rsatilgan bo’lsa ham);
binolar va inshootlar qurish uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;
qishloq va o’rmon xo’jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqi.
27. Binolar va inshootlarga bo’lgan mulk huquqining hamda boshqa ashyoviy huquqlarning boshqa shaxsga o’tishini davlat ro’yxatidan o’tkazishda ko’rsatilgan obyektlar bilan egallangan va ulardan foydalanish uchun zarur bo’lgan yer uchastkasiga egalik qilish huquqi yangi huquq egasining nomiga oldingi huquq egasidagidek shaklda rasmiylashtiriladi.
Turar joy binosiga, bog’ uychasiga bo’lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o’tgan taqdirda, jismoniy shaxslarga ushbu imoratlarga bo’lgan mulk huquqi bilan birga belgilangan tartibda berilgan va unda ushbu imoratlar joylashgan butun yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ham o’tadi.
Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasida yakka tartibdagi turar joy noturar joy toifasiga o’tkazilgan taqdirda, yer uchastkasi doimiy foydalanish huquqida davlat ro’yxatidan o’tkaziladi.
Doimiy egalik yoki doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yer uchastkasidagi noturar joy yakka tartibdagi turar joy toifasiga o’tkazilganda, yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida davlat ro’yxatidan o’tkaziladi.
Yer uchastkasiga bo’lgan huquqlar uylarni notariuslar tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan boshqa shaxsga o’tkazish shartnomalari va boshqa hujjatlar asosida ro’yxatdan o’tkaziladi.
Yuridik va jismoniy shaxs boshqa shaxsga o’tkaziladigan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkasining mulkdori bo’lgan hollarda, yangi huquq egasi nomiga butun yer uchastkasiga yoki uning ko’chmas mulk obyekti egallagan hamda undan foydalanish uchun zarur bo’lgan qismiga bo’lgan mulk huquqi, agar boshqa shaxsga o’tkazish shartnomasi bilan boshqasi nazarda tutilmagan bo’lsa, qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Yer uchastkasida joylashgan barcha binolar va inshootlarga bo’lgan huquqning boshqa shaxsga o’tishi munosabati bilan yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan doimiy foydalanish huquqining o’tishi:
oldi-sotdi va boshqa shaxsga o’tishning boshqa turlariga oid shartnoma;
mulkdorlarning yoki ular tomonidan vakolatlangan shaxslarning qarorlari;
sud qarori yoxud davlat ijrochisining qarori;
qarz undiruvchi hamda qarzdor o’rtasida bino va inshootlarni topshirish to’g’risidagi davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma;
bino va inshootlarga bo’lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar undan boshqaga o’tadigan shaxsning yer uchastkasiga oid huquq belgilovchi hujjatlari asosida ro’yxatdan o’tkaziladi.
Ayrim binolar va inshootlarga yoki ularning bir qismiga bo’lgan huquqning boshqa shaxsga o’tishi munosabati bilan vujudga kelgan yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan doimiy foydalanish huquqining boshqa shaxsga o’tishi davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ tomonidan tuzilgan, tuman (shahar) qurilish bo’limi va huquq egasi bilan kelishilgan yer uchastkasini bo’lish hamda uning yangi chegaralarini belgilash haqidagi dalolatnoma asosida ro’yxatdan o’tkaziladi. Nizo mavjud bo’lgan taqdirda, yer uchastkasi O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan tartibda bo’linadi va Reyestrdan tegishli ko’chirma beriladi.
Bunda yer uchastkasiga bo’lgan huquq yangi huquq egasiga imorat va inshootlarga bo’lgan huquqning oldingi egasida bo’lgan shaklda o’tadi.
Bo’lingan yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi va shaharsozlik faoliyati qoidalariga rioya etilishi uchun javobgarlik huquq egalariga yuklatiladi.
28. Yer uchastkasining umumiy maydoni va chegaralari, unga bo’lgan ilgari ro’yxatdan o’tkazilgan huquq turi o’zgargan taqdirda, axborot-dasturiy kompleks orqali axborot beradigan organlar davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organga yer uchastkasiga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi hujjatlarga o’zgartirishlar kiritish haqida ma’lumotlarni yuboradi.
Yer uchastkasiga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi hujjatlarga o’zgartirishlar kiritish jarayonida quyidagi ishlar bajariladi:
axborot bergan organ tomonidan yuborilgan hujjatlar tekshiriladi;
huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organda saqlanadigan mavjud reja-kartografik materiallardan foydalanib, yer uchastkasining yangi kadastr rejasi chiziladi;
Reyestrga, shuningdek, kadastr yig’majildiga tegishli o’zgartirishlar kiritiladi.
Ishlar natijalariga ko’ra, yuridik va jismoniy shaxsga Reyestrdan ko’chirma beriladi.
29. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilangan cheklovlar davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim.
Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni cheklash mazkur huquqlarni garovga qo’yishda, yer uchastkasiga ijro hujjatlari bo’yicha undiruv qaratilganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda amalga oshiriladi.
Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarning cheklanishi Reyestrga huquqlarning cheklanishi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini ko’rsatgan holda tegishli yozuv kiritish orqali davlat ro’yxatidan o’tkaziladi.
Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni garovga (ipotekaga) qo’yishda cheklovlar mazkur Nizomning 6-bobida tutilgan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkaziladi.
30. Yer uchastkasiga bo’lgan servitut davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim.
Servitutni davlat ro’yxatidan o’tkazish servitut belgilanishidan manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxsning arizasi asosida, servitut belgilanishidan manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxs va yerlarida servitut belgilanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs o’rtasida tuzilgan yozma kelishuv asosida yoki sud qarori bo’yicha amalga oshiriladi.
Servitutni davlat ro’yxatidan o’tkazish Reyestrga servitut belgilanishi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini ko’rsatgan holda tegishli yozuv kiritish va Reyestrdan ko’chirma berish orqali amalga oshiriladi.
Yer uchastkasiga bo’lgan huquq boshqa shaxsga o’tgan taqdirda servitut saqlanib qolinadi va belgilash uchun asoslar bekor bo’lgan hollarda bekor qilinishi mumkin.
31. Yer uchastkasiga bo’lgan huquqlarning qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda bekor qilinishi davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim.
Yer uchastkasiga bo’lgan huquqlarning bekor qilinishi uchun quyidagilar asos bo’ladi:
davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yoki yer qonunchiligining buzilishi munosabati bilan olib qo’yilishi yoxud yer uchastkasiga bo’lgan huquqni unda joylashgan bino va inshootlar boshqa shaxsga o’tishi munosabati bilan qayta rasmiylashtirish to’g’risidagi qarori;
vakolatli organning yuridik shaxs Korxonalar va tashkilotlar yagona reyestridan chiqarilganligi to’g’risidagi axboroti;
uy-joylarining boshqa shaxsga o’tganligi munosabati bilan yer uchastkasiga bo’lgan huquqlar ham o’zga shaxsga o’tishi bo’yicha hujjatlar;
yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarning bekor qilinishi bo’yicha qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar.
Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarning bekor qilinishi Reyestrga huquqning bekor qilinganligi haqidagi hujjatning nomini hamda uning rekvizitlarini ko’rsatgan holda tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
Yer uchastkasiga bo’lgan huquqlarning bekor qilinishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkasiga bo’lgan huquqning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida ilgari berilgan hujjatlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organga qaytarishga majbur va ushbu hujjatlar o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblanadi.
Ushbu band mulk huquqida bo’lgan yer uchastkalariga tatbiq etilmaydi.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling