5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


Download 177.47 Kb.
bet33/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45
Bog'liq
5-амалий

yer uchastkasi — yer yuzasining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda boshqa xususiyatlarga ega bo’lgan qismi;
ipoteka — mulkni garov kreditoriga egalik qilish uchun topshirmasdan, majburiyatni ta’minlash sharti bilan ko’chmas mulk obyektini (yer uchastkasini, bino va inshootni) yoki unga bo’lgan huquqni garovga qo’yish;
kadastr yig’majildi — obyektning ko’chmas mulk obyektiga bo’lgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun zarur bo’lgan kadastr suratiga olish, texnik xatlovdan o’tkazish va pasportlashtirish, maxsus tekshirish va tadqiqotlarning, sifat va qiymat jihatdan baholashning hujjatlari, materiallari va ma’lumotlari elektron jamlanmasi;
kadastr raqamiyer uchastkasi, bino, inshoot va ko’p yillik dov-daraxtlarning o’ziga xos, O’zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan alohida raqami hisoblanadi va ushbu raqam ko’chmas mulkni shakllantirishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq beriladi va ro’yxatdan o’tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo’lishi davrida saqlab qolinadi;
kadastr pasporti — huquq egasiga beriladigan hamda ko’chmas mulk obyekti va obyektning kadastr raqami haqida umumiy ma’lumotlarni o’z ichiga olgan plastik shaklda yoki qog’oz shaklda beriladigan elektron hujjat;
ko’p yillik dov-daraxtlar — bog’lar, tokzorlar, tutzorlar va boshqa o’rmon daraxtlari;
ko’chmas mulk obyektlari — yer uchastkalari, binolar va inshootlar (shu jumladan yer osti inshootlari) va ko’p yillik dov-daraxtlar;
qurilishi tugallanmagan obyektlar — qurilishi belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq boshlangan, lekin belgilangan kunida tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, ammo qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanish uchun ruxsatnomasi asosida foydalanishga qabul qilinmagan bino va inshootlar;
ko’chmas mulk obyektiga bo’lgan huquqlarning cheklanishi (yuklanishi) — bitimlar, qonun hujjatlari yoki vakolatli organ tomonidan o’rnatiladigan, mazkur ko’chmas mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish imkonini cheklaydigan shartlar;

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling