5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-modda. Murojaatlarni ko’rib chiqish


Download 177.47 Kb.
bet29/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45
Bog'liq
5-амалий

67-modda. Murojaatlarni ko’rib chiqish
Komissiya manfaatdor shaxsning murojaatini u kelib tushgan kundan e’tiboran o’n ish kuni ichida ko’rib chiqishi shart.
Komissiya kotibi kelib tushgan murojaatlarni shu kunning o’zida ro’yxatga oladi.
Komissiya kotibi kelib tushgan murojaatlarning to’g’riligini hamda undagi mavjud ma’lumotlarning to’liqligini tekshiradi.
Jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki yuridik shaxsning to’liq nomi hamda joylashgan yeri (pochta manzili) ko’rsatilmagan yoxud ular haqida noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etilgan murojaat, shuningdek shaxsni identifikasiya qilish imkonini bermaydigan elektron murojaat yoki imzolanmagan va anonim yozma murojaat Komissiya tomonidan ko’rib chiqilmaydi.
Murojaat rad etilgan taqdirda, tegishli xulosa tuziladi va u Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya kotibi Komissiya majlisi o’tkaziladigan sanadan kamida uch kun oldin Komissiya a’zolarini xabardor qiladi.
Manfaatdor shaxs Komissiya majlisida hozir bo’lishi mumkin.
Komissiya a’zolari Komissiya majlisida murojaatni ko’rib chiqish natijalariga ko’ra, ko’rib chiqilayotgan murojaatdagi masalaga doir barcha holatlarni e’tiborga olgan holda quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazishni bekor qilish haqida;
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazishni rad etishni bekor qilish va ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish haqida;
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish o’z kuchida qoldirilishi haqida;
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazishni rad etish o’z kuchida qoldirilishi haqida.
68-modda. Komissiyaning qarorini rasmiylashtirish
Komissiyaning qarori Komissiya a’zolarining oddiy ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo’lib qolgan taqdirda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi bo’ladi.
Komissiyaning qarori Komissiya kotibi tomonidan bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi.
Bayonnomada manfaatdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning to’liq nomi, ko’chmas mulk to’g’risidagi tegishli ma’lumotlar va Komissiya tomonidan murojaat bo’yicha qabul qilingan qaror ko’rsatiladi.
Bayonnoma Komissiyaning har bir a’zosi tomonidan imzolanadi va tasdiqlash uchun Komissiya raisiga taqdim etiladi.
Komissiya kotibi Komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnomadan ko’chirmaning nusxalari ro’yxatdan o’tkazuvchiga va manfaatdor shaxsga shu kunning o’zida berilishini ta’minlaydi.
Bayonnoma Komissiya kotibi tomonidan Komissiyaning hujjatlariga qo’shib qo’yiladi.
Komissiya qarori ko’chmas mulkka bo’lgan huquqqa nisbatan yangidan ochilgan holatlar asosida qayta ko’rib chiqilishi mumkin.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling