5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-bob. Nizolarni sudgacha hal etish


Download 177.47 Kb.
bet28/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45
Bog'liq
5-амалий

9-bob. Nizolarni sudgacha hal etish
65-modda. Komissiyani shakllantirish
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan nizolarni sudgacha hal etish uchun ro’yxatdan o’tkazuvchi organ rahbarining buyrug’iga muvofiq besh kishidan kam bo’lmagan tarkibda Komissiya tuziladi. Komissiya a’zolarining soni toq bo’lishi kerak.
Komissiya tarkibi ro’yxatdan o’tkazuvchi organ hududiy boshqarmasining, Qoraqalpog’iston Respublikasi Qurilish vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining mas’ul xodimlari orasidan ularning roziligi asosida shakllantiriladi.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risida qaror qabul qiluvchi shaxs yoxud davlat ro’yxatidan o’tkazishni rad etgan shaxs Komissiya a’zosi bo’lishi mumkin emas.
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organning yoki uning hududiy boshqarmasining rahbari Komissiya raisi bo’ladi.
Komissiya o’z faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi.
Komissiya raisi:
Komissiyaning faoliyatini va uning reglamentga rioya etishini tashkil qiladi;
manfaatdor shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish joyini, sanasini va vaqtini belgilaydi;
Komissiya majlislarini o’tkazadi va ularda raislik qiladi.
Komissiya raisi Komissiya tomonidan ishning o’z vaqtida, to’g’ri va vijdonan bajarilishini tashkil etish uchun javobgar bo’ladi.
Komissiya kotibi manfaatdor shaxslar murojaatlarining va Komissiya ishi bilan bog’liq bo’lgan hujjatlarning saqlanishi uchun javobgar bo’ladi.
66-modda. Komissiyaga murojaat qilish
Manfaatdor shaxs ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish chog’ida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal etish uchun Komissiyaga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Jismoniy shaxsning arizasida uning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, yuridik shaxsning arizasida esa yuridik shaxsning to’liq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Arizada manfaatdor shaxsning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari, shuningdek ko’chmas mulk joylashgan yer (pochta manzili) to’g’risidagi axborot ko’rsatilishi kerak.
Manfaatdor shaxs arizaga ko’chmas mulk bilan bog’liq bo’lgan boshqa ma’lumotlar va hujjatlarni ham ilova qilishga haqli.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling