5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-modda. Komissiyaning qarori ustidan berilgan shikoyatlarni ko’rib chiqish


Download 177.47 Kb.
bet30/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45
Bog'liq
5-амалий

69-modda. Komissiyaning qarori ustidan berilgan shikoyatlarni ko’rib chiqish
Apellyasiya komissiyasi maxsus vakolatli davlat organining qaroriga ko’ra shakllantiriladi. Apellyasiya komissiyasi tarkibiga Apellyasiya komissiyasi raisi va maxsus vakolatli davlat organining, O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining mansabdor shaxslari orasidan Komissiya faoliyatida ishtirok etmagan kamida to’rt nafar a’zo kiradi.
Komissiyaning yoki ro’yxatdan o’tkazuvchining xulosasidan norozi bo’lgan manfaatdor shaxs Komissiyaning xulosasi olingan kundan e’tiboran ikki oy muddatda Apellyasiya komissiyasiga murojaat qilishga haqli.
Manfaatdor shaxs, ro’yxatdan o’tkazuvchi organ yoki ro’yxatdan o’tkazuvchi tomonidan berilgan shikoyat Apellyasiya komissiyasi tomonidan o’n ish kuni ichida ko’rib chiqiladi.
Apellyasiya komissiyasi manfaatdor shaxsning, ro’yxatdan o’tkazuvchi organning yoki ro’yxatdan o’tkazuvchining shikoyatini ko’rib chiqish natijalariga ko’ra Komissiya xulosasini bekor qilish yoki uni o’z kuchida qoldirish to’g’risida qaror qabul qiladi.
Apellyasiya komissiyasi tegishli qaror manfaatdor shaxsning, ro’yxatdan o’tkazuvchi organning va ro’yxatdan o’tkazuvchining e’tiboriga yetkazilishini ta’minlaydi.
Ariza beruvchi Komissiyaning va Apellyasiya komissiyasining qarorlaridan norozi bo’lgan taqdirda, nizolar sudda ko’rib chiqiladi.
Sudlarda ko’rib chiqilgan yoki ko’rib chiqilayotgan nizolar Komissiya tomonidan takroran ko’rib chiqilmaydi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
70-modda. Nizolarni hal etish
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
71-modda. Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling