Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish Nizolarni hal qilishning muqobil usuli
Download 68.98 Kb.
|
L.
Reja: Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish Nizolarni hal qilishning muqobil usuli Kelishuvlar nazariyasi asosida hal etish Xulosa Foydanilgan adabiyiotlar Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish va ularni kelishuvlar nazariyasi asosida hal etish 1. Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish va ularni kelishuvlar nazariyasi asosida hal etish. Tashkilotni amaliy tahlil qilishga kelishuvlar nazariyasi ham o`z ulushini qo`shadi. Uning yordamida tashkilot ichidagi nizolar tabiatini, optimal shartnoma nazariyasi va transaksiya xarajatlari nazariyasining tarafdorlari taklif etganidek, «prinsipal» va «agent» manfaatlarining qarama-qarshi qo`yilishiga yo`yish mumkin emas. Kelishuvlar nazariyasi tashkilot tuzilmasining murakkabligidan kelib chiqadi – u turli xildagi kelishuvlar unsurlarini o`z ichiga oladi. Odatda, har qanday tashkilotning faoliyat ko`rsatishi kamida quyidagi kelishuvlar imperativiga javob berishi lozim: bozor, industrial, an’anaviy, fuqarolik, ijodiy faoliyat va ijtimoiy fikr. Har qanday tashkilot, hatto foyda ko`rmay ishlayotgan korxona ham, o`zining daromadlarini xarajatlarga muvofiqlashtirishi va o`zining moliyaviy majburiyatlarini bajarishi zarur (bozor kelishuvining unsurlari). Har qanday tashkilotni boshqarishda mehnatni ilmiy tashkil qilish va, o`z navbatida, industrial kelishuv unsurlaridan foydalaniladi. Tashkilot ichida o`zining alohida madaniyati, eskilik to`plamining shakllanishi uning faoliyatida an’anaviy kelishuvlar unsurlarining paydo bo`lganligidan dalolat beradi. Tashkilotda «agentlar» birlashgan manfaatlari - kasaba uyushmasi vakilining ishtiroki, shuningdek tashkilot ichki hayotining mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlariga bo`ysunishi fuqarolik kelishuvi impertivini o`zida aks ettiradi. Tashkilotning ishbilarmonlik doiralaridagi obro`si yoki iste’molchilar o`rtasida uning tovar belgisiningmashhurligi bizni ijtimoiy fikr imperativiga amal qilishga undaydi. Va nihoyat, keng ma’nodagi innovatsiyalarga intilish (yangi tovar yoki xizmatlar ishlab chiqarishdan tortib to tashkiliy tuzilmani optimallashtirishgacha) tashkilotning faoliyat ko`rsatishida ijodiy faoliyat imperativini aks ettiradi. Shunday qilib, tashkilot asosida turli imperativlar o`rtasidagi nizolar yotadi. Kelishuvlar nazariyasining ustunligi nafaqat tashkilot faoliyat ko`rsatishi jarayonida yuzaga keladigan nizolarni ozmi yoki ko`pmi muntazam yoritishdan iborat, balki u murosaning turli ko`rinishlarini tahlil qilish asosida nizolarni hal etish variantlarini ham taklif etadi. Masalan, korxona rahbari, ishlab chiqarish jarayonini oqilona tashkil etish hisobidan iste’molchilarga taklif etilayotgan mahsulot narxini pasaytirishni ko`zlagan holda, bosh muhandis (inustrial kelishuv) va sotuv bo`limi (bozor kelishuvi) xizmatlarining manfaatlari o`rtasidagi nizoni hal etish yo`lini qidirishi lozim. «Fordizm» tamoyillaridan biri industrial va bozor kelishuvlari o`rtasidagi murosaning bunday ko`rinishini shunday izohlaydi: ishlab chiqarishni konveyerli tashkil etish asosida ishlab chiqariladigan mashinalar tannarxini pasaytirish, sotuvni rag`batlantirish va hatto iste’molning yangi standartini tashkil etish imkonini beradi: «avtomobil - dahmaza emas, balki harakatlanish vositasi». Fransuz ishlab chiqaruvchisining «Pogrebok Affinua» yangi pishloq navini ishlab chiqarish to`g`risidagi qarori murosaning yanada murakkab ko`rinishiga misol bo`ladi. Ushbu qaror an’anaviy retseptlar, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va pishloqning ushbu xili ko`p sonli sovrinlar bilan taqdirlanadigan nufuzli tanlovlarda ishtirok etishi asosida istemolchining nozik didli talablarini qondirishga urinish ta’siri ostida qabul qilingan edi. Mazkur korxona faoliyat ko`rsatishini belgilab beruvchi bozor, an’anaviy, inustrial kelishuvlar hamda ijtimoiy fikr to`g`risidagi kelishuv murosasi ko`zga tashlanib turibdi. Har qanday korxona uchun yuzaga keladigan muammolarni uning yordamida identifikatsiyalash va ularni hal etish yo`llarini izlash yo`nalishlarini belgilash oson bo`ladigan o`ziga xos kelishuvlar «xaritasini» tuzish mumkin. Kelishuvlar nazariyasi nuqtai nazaridan tashkiliy tuzilmani optimallashtirish tashkilot oldida turgan turli imperativlarni muvofiqlashtirishga yordam beruvchi murosa tamoyillarini qidirib topishdan iborat. Xulosa Faqat transaksiya xarajatlarining miqdorini baholashga nisbatan ordinalist yondashuv yordamida muayyan tashkilotlar tuzilmasini tahlil qilish uchun transaksiya xarajatlari nazariyasini qo`llash mumkin. Mazkur yondashuv turli shartnoma va tashkiliy shakllarda bitim tuzishda yuzaga keladigan transaksiya xarajatlari miqdorini ekspertiza yo`li bilan baholash yordamida taqqoslashdan iborat. Ekspert baholaridan tashqari, tashkilotning buxgalteriya hisoboti ham axborot manbai bo`lib xizmat qilishi mumkin. O`z navbatida, kelishuvlar nazariyasi tashkilotlarni miqdoriy jihatdan emas, balki sifat jihatdan tahlil qilishga o`z ulushini qo`shadi. Uning asosida tashkilot ichida yuzaga keladigan nizolar tabiatini izohlash va uning tuzilishini transaksiya xarajatlari mezoni bo`yicha emas, balki nizolarning keskinligini pasaytirish mezoni bo`yicha optimallashtirish mumkin. 2. Nizolarni hal qilishning muqobil usuli Qadimdan biron-bir oila, urugʻ, mahallada nizo kelib chiqadigan boʻlsa, oʻsha urugʻ yoki mahallaning yoshi ulugʻ, barcha hurmat qiladigan aʼzolari nizolashayotgan taraflarni insofga chaqirib, ularning orasini isloh qilishga, nizoni tinch yoʻl bilan bartaraf etishga harakat qilishgan va bu amaliyot hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan.
Qonunning 3-moddasiga koʻra, quyidagilarga nisbatan mediatsiya tartib-taomillari qoʻllaniladi: -fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga; -tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq kelib chiqadigan nizolarga; -yakka mehnat nizolariga; -oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga. Mediatsiya nizolarni hal qilishning boshqa usullari, xususan nizolarni sud tartibida hal qilishdan oʻzining bir qator afzalliklari bilan ajralib turadi. Birinchidan, nizolarni mediatsiya vositasida hal qilish sud tartibiga nisbatan ancha qisqa muddatlarda amalga oshiriladi. Nizolarni sud tartibida koʻrib chiqish uchun ketadigan muddatning koʻpligi muammosi faqatgina Oʻzbekiston uchun tegishli emas. Misol uchun, Italiyada quyi turuvchi sudlarda ishni koʻrib chiqish uchun oʻrtacha 3 yil kerak boʻladi. Agar sud qarori ustidan shikoyat qilinsa, bu muddat 10 yilga choʻziladi. Buyuk Britaniyada 73% daʼvogarlar Angliya sud tizimining urfdan qolganligi hamda samarasizligidan shikoyat qilishadi. London shahridagi sudlar tomonidan ishni koʻrib chiqish uchun kamida 161 hafta, shahar tashqarisidagi sudlar tomonidan esa 195 hafta talab etiladi. “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunning 23-moddasida mediator va taraflar mediatsiya tartib-taomili oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda tugallanishi uchun barcha mumkin boʻlgan choralarni koʻrishi kerakligi, zarur boʻlgan taqdirda, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddati taraflarning oʻzaro roziligi bilan oʻttiz kungacha uzaytirilishi mumkinligi belgilangan. Ushbu moddada mediatsiyani amalga oshirishning eng uzoq muddatlari belgilangan. Xalqaro tajriba shuni koʻrsatadiki, aksariyat hollarda mediatsiyani amalga oshirish muddati bir ish kunini, baʼzan bir necha soatlarni tashkil etadi. Xususan, 2018-yil 30-noyabrda holatiga koʻra, Singapur mediatsiya markazida tomonlar oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilishi bilan yakunlangan ishlarning 90%dan ortigʻi bir ish kunida hal qilingan. Ikkinchidan, mediatsiya tartib-taomillari qoʻllanilganda ishga taalluqli barcha maʼlumotlar mutlaqo sir tutiladi. Oʻrtadagi nizo va unga oid faktlardan faqatgina taraflar va ularning vakillari hamda mediator xabardor boʻlishi mumkin va ularga qonun bilan bu axborotlarni oshkor qilmaslik majburiyati yuklatiladi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasida mediatsiya ishtirokchilari mediatsiya jarayonida oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni ularni taqdim etgan mediatsiya tarafining, uning huquqiy vorisining yoki vakilining yozma roziligisiz oshkor qilishga haqli emasligi, mediatsiya ishtirokchilari oʻzlariga mediatsiya jarayonida maʼlum boʻlib qolgan holatlar haqida guvoh sifatida soʻroq qilinishi mumkin emasligi, shuningdek ulardan mediatsiyaga taalluqli axborotni talab qilib olish mumkin emasligi, 25-moddasida mediatsiyani qoʻllash chogʻida mediator taraflarning roziligisiz nizoning mohiyati boʻyicha oshkora bayonotlar berishga haqli emasligi, 27-moddasida agar mediator taraflarning biridan mediatsiyaga taalluqli axborotni olgan boʻlsa, u bu axborotni faqat uni taqdim etgan tarafning roziligi bilan boshqa tarafga oshkor qilishi mumkinligi belgilangan. Maxfiylik prinsipi ayniqsa oilaviy nizolar hamda tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarda muhim ahamiyatga ega. Chunki, biron-bir tadbirkorlik subyektining boshqa bir tadbirkorlik subyekti yoxud mijoz bilan nizolashayotganligining oshkor boʻlishi ushbu tadbirkorlik subyektining ishchanlik obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatishi, potensial mijozlar hamda hamkorlarning unga boʻlgan ishonchi yoʻqolishi, u bilan shartnomaviy munosabatga kirishishdan oʻzlarini tiyishiga olib kelishi mumkin. Nizoni mediatsiya usulida hal qilish bunday salbiy oqibatlardan ishonchli himoya boʻlib xizmat qiladi. Uchinchidan, mediatsiya vositasida hal qilinadigan nizolarda har ikkala taraf uchun ham maqbul kelishuvga erishiladi. Sud tartibida koʻriladigan nizolar boʻyicha bir taraf foydasiga chiqarilgan qaror ikkinchi tarafning ziyoniga xizmat qiladi. Natijada bir ishni koʻrish appelyatsiya, kassatsiya, nazorat tartiblari bilan oylab, hatto yillab choʻzilib ketishi mumkin. Mediatsiyani qoʻllashda taraflar ixtiyoriy ravishda mediativ kelishuv tuzish orqali nizoni hal qilish yoʻllari va usullari, kelishuvda belgilangan majburiyatlarni bajarish muddatlari hamda ushbu majburiyatlarni bajarmaslik oqibatlarini ham belgilab qoʻyishlari mumkin. Xususan,“Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijalari boʻyicha taraflar kelib chiqqan nizo yoxud majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari xususida oʻzaro maqbul qarorga erishgan taqdirda, taraflar oʻrtasida yozma shaklda mediativ kelishuv tuzilishi, mediativ kelishuv uni tuzgan taraflar uchun majburiy kuchga ega boʻlib, ushbu kelishuv unda nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilishi, mediativ kelishuv bajarilmagan taqdirda taraflar oʻz huquqlari himoya qilinishini soʻrab sudga murojaat etishga haqliligi, mediativ kelishuv bajarilmasligining oqibatlari taraflar tomonidan ushbu kelishuvning oʻzida belgilab qoʻyilishi mumkinligi belgilangan. Nizolarni hal qilishda mediatsiyani qoʻllashning keng yoyilishi sudlar uchun ham foydadan xoli boʻlmaydi. Ish hajmining noreal darajada koʻpligi barcha davlatlar sudlari uchun umumiy muammo hisoblanadi. Jumladan, Hindistonda har bir sudyaga 2147ta ish toʻgʻri keladi. Koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan ishlarning umumiy soni 31,280,000tani tashkil etadi. Bu ishlarning Hindiston sudlari tomonidan koʻrib chiqilishi 2330-yilga kelib tugallanishi mumkin. Xitoy xalq respublikasida 2012-yilda sudlar ish yurituvida 200 000dan ortiq ish mavjud edi. Janubiy Afrikada 2004-2005-yillar davomida sudlarga 128 000ta daʼvo arizasi kelib tushgan va shulardan 62%i oʻsha davr oraligʻida hal qilingan. Germaniyada esa, 4771 nafar quyi turuvchi sudyalar tomonidan koʻrilgan ishlar bor yoʻgʻi 1416 nafar yuqori turuvchi sudyalar tomonidan appelyatsiya tartibida koʻrib chiqiladi. Nizolarni mediatsiya vositasida hal qilish sudlar ish hajmining sezilarli darajada kamayishiga olib keladi. Buni xalqaro tajriba ham isbotlaydi. Xususan, Dehli va Bangalor mediatsiya markazlari tashkil etilgan paytda ikki oy davomida 39 969ta ishni, Dubay mediatsiya markazi esa, bir oy davomida sudlar ish yurituvida boʻlgan ishlarning 1/3 qismini mediatsiya tartib-taomillarini qoʻllagan xolda koʻrib chiqdi. Bundan koʻrinib turibdiki, mediatsiyani qoʻllash nafaqat nizolashayotgan taraflar, balki sudlar uchun ham ijobiy taʼsirga ega. Oʻzbekiston Respublikasida mediatorning faoliyati professional va noprofessional asosda tashkil etiladi. “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasida professional mediator sifatida birinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maxsus oʻquv kursidan oʻtgan, ikkinchidan, Professional mediatorlar reyestriga kiritilgan shaxs faoliyat koʻrsatishi mumkinligi belgilangan. Noprofessional asosdagi mediator faoliyatini yigirma besh yoshga toʻlgan va mediator vazifalarini bajarishga rozilik bergan shaxs amalga oshirishi mumkin. Qiyoslash uchun Rossiya Federatsiyasida ham mediatorlik faoliyati professional va noprofessional asosda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasidan farqli oʻlaroq, Rossiya qonunchiligida har ikki asosda faoliyatni amalga oshiradigan mediatorlar uchun ham yoshga doir talablar belgilangan. Jumladan, Rossiya Federatsiyasida shaxs professional mediator boʻlishi uchun 25 yoshga, noprofessional mediatorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun 18 yoshga toʻlgan hamda toʻliq muomala layoqatiga ega boʻlishi lozim. Oʻzbekiston Respublikasida Professional mediatorlar reyestri hududiy adliya boshqarmalari tomonidan yuritiladi va reyestr hamma uchun ochiq holatda tegishli adliya organlari hamda Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Shaxsni Professional mediatorlar roʻyxatiga kiritish tartibining soddaligi mediatorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning bir misolidir. Xususan, “Professional mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning (roʻyxat raqami 3092-son, 2018-yil 29-noyabr) 6-bandiga muvofiq maxsus oʻquv kursini tugatgan shaxs doimiy yashash joyidagi adliya organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: -Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Reyestrga kiritish haqidagi ariza; -pasport nusxasi; -Nizomning 2-ilovasiga muvofiq toʻldirilgan soʻrovnoma; -maxsus oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi. Professional mediatorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritish uchun toʻlov undirilmaydi. Xulosa qilib aytganda, nizolarni hal qilishning muqobil usuli sifatida mediatsiya xalqaro tajribada sinovdan oʻtib, oʻzining bir qator afzalliklari bilan dunyo mamlakatlari milliy qonunchiligidan munosib oʻrin egallab kelmoqda. Koʻplab davlatlar mediatsiya toʻgʻrisidagi oʻzlarining qonunlarini qabul qilishdi va mamlakat doirasida hamda xalqaro miqyosdagi mediatsiya markazlarini tashkil etishdi. Bunga Singapur, Buyuk Britaniya, Hindiston kabi davlatlarni misol qilib keltirish mumkin. Bu jarayondan Oʻzbekiston ham chetda qolmadi. Xususan, 2018-yil 12-iyunda “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. 2019-yil 31-yanvarda Adliya vazirining 54-mh-son Buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Mediatorlarni tayyorlash dasturi” doirasida professional mediatorlarni tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Mediatsiya Oʻzbekiston qonunchiligida yangi institutlardan ekanligini hisobga olgan xolda ushbu institutni yana-da rivojlantirish uchun bajarilishi lozim boʻlgan bir qator vazifalar mavjuddir. 3. Kelishuvlar nazariyasi asosida hal etish Mamlakatimiz mehnat munosabatlari jarayonida bir qator zamonaviy tendensiyalarning rivojlanishi mehnat nizolari hal qilishning boshqa (muqobil) usullarini qo'llash, jumladan mediatsiya institutidan samarali foydalanishni taqozo etmoqda. Hozirgi kunga qadar O'zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligiga ko'ra mehnat nizolari mehnat nizolari komissiyasi va sud tartibida hal etib kelingan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2020 yil 17 iyundagi PQ-4754-son qarori bilan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish, nizolarni hal qilishning muqobil imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, sudlarda ish hajmini maqbullashtirishda mediatsiya instituti, hakamlik sudlari va xalqaro arbitrajlarning rolini tubdan oshirish makcadlari belgilab olindi. 2018 yil 3 iyulda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining "Mediatsiya to'g'risida"gi qonuni bilan mamlakatimiz qonunchiligiga nizolarni mediatsiya tartib -taomillari vositasida hal qilish usuli kirib keldi. Qonunning 3-moddasida mediatsiya tartib-tamoillari yakka mehnat nizolariga nisbatdan qo'llanilishi belgilangan. Mediatsiya — kelib chiqqan nizoni taraflar o'zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida meriator ko'magida hal qilish usulidir. Bu nizolarni hal qilishning ixtiyoriy jarayoni bo'lib, unda tomonlar qanday masalalarni ko'rib chiqish va natija qanday bo'lishini o'zlari hal qilishadi - bu jarayonda tomonlar neytral uchinchi tomonni, muzokaralarda ularga yordam berish uchun vositachini taklif qilishadi. Mehnat nizolarini hal etishning boshqa (muqobil) usullari qo'llanila boshlashi bilan huquqimizga yangi tushuncha va atamalar kirib keldi. Bu esa, ularni ilmiy va amaliy ishlar doirasida o'rganishni taqozo etmoqda. Xalqaro mehnat tashkiloti doirasida amalga oshirilgan ilmiy ishlarida mediyasiyaning quyidagi yondoshuvlari taklif etiladi: -kelishuv vositachiligi - vositachi tomonlarni o'z pozitsiyalaridan chekinib, murosaga kelishlari uchun harakat qiladi; -engillashtirilgan vositachilik - asosan manfaatlar, ehtiyojlarni aniqlashga yordam beradigan va o'zaro maqbul kelishuvga erishish uchun tomonlar o'rtasidagi aloqani osonlashtiradi. Bunda to'g'ridan-to'g'ri nizo tomonlariga echimlarni taklif qilmaydi; -baholash vositachiligi - vositachi nafaqat muloqotni osonlashtiradi, balki tomonlarning pozitsiyalarini qonuniy-huquqiy va huquqlariga muvofiq baholashga asoslangan echimlarni taklif qilishi mumkin; -terapevtik vositachilik - vositachi kelajakda tomonlar o'rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun muammoning asosiy sabablarini bartaraf etishga e'tibor qaratishga intiladi. Xulosa qiladigan bo'lsak, mehnat qonunchiligimizda mehnat nizolarini hal qilishning yarashtirish va vositachilik usuli faqat umumiy normalar doirasida belgilanishi, mehnat nizolarini hal qilishning hakamlik usuli joriy etilmaganligi bugungi kunda ko'plab muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shularni inobatga olib, mehnat qonun hujjatlarining mehnat nizolarini ko'rib chiqish va hal etish bilan bog'liq normalarini qayta ko'rib chiqish, rivojlangan davlatlar tajribasini o'rgangan holda mehnat qonunchiligiga mehnat nizolarini hal etishning yarshtirish Download 68.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling