5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-modda. Rentani davlat ro’yxatidan o’tkazish


Download 177.47 Kb.
bet24/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45
Bog'liq
5-амалий

54-modda. Rentani davlat ro’yxatidan o’tkazish
Rentani davlat ro’yxatidan o’tkazish chog’ida davlat reyestriga rentani oluvchi, rentani to’lovchi hamda rentaning miqdori yoki uni aniqlash tartibi va shartlari to’g’risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
55-modda. Ko’chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqini davlat ro’yxatidan o’tkazish
Ko’chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqini davlat ro’yxatidan o’tkazish chog’ida davlat reyestriga ishonchli boshqarishga berilgan ko’chmas mulk, ishonchli boshqaruv muddati, mulkdorning, ishonchli boshqaruvchining nomi va boshqa shartlar, ishonchli boshqaruvchining ko’chmas mulkni boshqarishga doir vakolatlari to’g’risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Ko’chmas mulkni ishonchli boshqaruvchiga topshirish ko’chmas mulkka bo’lgan mulk huquqining ishonchli boshqaruvchiga o’tishiga olib kelmaydi.
56-modda. Ko’chmas mulkka qo’yilgan taqiqni davlat ro’yxatidan o’tkazish
Qonunga binoan ko’chmas mulkka taqiq qo’yish yoki taqiqni olib tashlash vakolatiga ega bo’lgan mansabdor shaxslar tomonidan yuborilayotgan ko’chmas mulkka taqiq qo’yish yoki taqiqni olib tashlash to’g’risidagi hujjat ro’yxatdan o’tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida ro’yxatdan o’tkazilishi kerak.
Ko’chmas mulkka qo’yilgan taqiq uni qo’ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.
57-modda. Ko’chmas mulkni bo’lish va bo’linayotgan ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish
Ko’chmas mulkni bo’lish uning mulkdorining arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Umumiy mulk bo’lgan ko’chmas mulk uning mulkdorlarining (ishtirokchilarining) o’zaro kelishuviga ko’ra bo’linadi.
Bo’lish natijasida ko’chmas mulkka bo’lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi. Ko’chmas mulkni bo’lish uchun bo’linayotgan ko’chmas mulkka ko’chmas mulkning kadastr yig’majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.
Ko’chmas mulkni bo’lish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Ko’chmas mulkning muayyan turdagi obyektini bo’lish xuddi shu turdagi ikki yoki undan ortiq obyektning tashkil etilishiga olib keladi.
Ko’chmas mulk bo’linganidan keyin mazkur ko’chmas mulkni ro’yxatdan o’tkazishga doir ish yopiladi, yangidan tashkil etilgan ko’chmas mulkka esa yangi ro’yxatdan o’tkazishga doir ish ochiladi.
Ko’chmas mulkni bo’lish chog’ida bu ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko’chmas mulkka o’tadi.
Ko’chmas mulkni bo’lish chog’ida huquqlarning va ularga oid cheklovlarning boshqa shaxsga o’tishi bo’linayotgan ko’chmas mulkka nisbatan ushbu huquqlar va cheklovlarning bekor bo’lishini hamda ularning yangidan vujudga kelgan ko’chmas mulkka nisbatan yuzaga kelishini davlat ro’yxatidan o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
Umumiy birgalikdagi mulkni bo’lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o’rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Ko’p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo’linmaydi.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling