Tayyorladi: Gulmetov sh. Tekshirdi: Fayziyeva G. Toshkent-2023` Reja


Download 4.7 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi4.7 Kb.
#1490062
Bog'liq
Gulmetov SHox


Toshkent arxitektura qurilish instituti
Qurulishni boshqarish fakulteti
Mustaqil ishi
Mavzu: Baxolash tamoillari
Tayyorladi:Gulmetov SH.
Tekshirdi: Fayziyeva G.
Toshkent-2023`
Reja: Bozor muhiti bilan bog‘liq tamoyillar Mulkdorning tasavvurlariga asoslangan tamoyillar
Mulkni ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq tamoyillar
Baholash faoliyati iqtisodiyotni isloh qilish va huquqiy davlat qurishning ajralmas qismiga aylandi. Mulk qiymatini baholashning maqsad va vazifalarini, usullarini mulk turlarini baholashning o‘ziga xos xususiyatlarini batafsil o‘rganish baholash faoliyatini nafaqat bozor infratuzilmasining amaliy tarmog‘i sifatida, balki amaliy iqtisod fanining ilmiy-uslubiy yo‘nalishi sifatida tushunish imkonini beradi.
Mulkni baholash – bu ma’lum bir qiymatga ega bo‘lgan va vaqtinchalik qiymatga ega bo‘lmagan obyektni (bino, inshoot, asbob-uskunalar, qisqa va uzoq muddatli vositalar) haqiqiy bahosini belgilash va qayta belgilab berishni ta’minlash.
Mulkni baholash – ko‘char va ko‘chmas mulkning bozor narxdagi ifodasini aks ettirish. Mulkni baholashda bir qator ko‘rsatkichlarga ahamiyat berilishi kerak, uni baholayotgan paytda mulkning tasnifiga, daromadliligi va xarajatliligiga qarab va eng asosiysi, mulkning haqiqatdagi qiymatining narxdagi ifodasining aks ettirib berilishida baholovchi muassasalar asosiy o‘rin tutadi.
Baholash tamoyillari – foydalanuvchilarning, mulkchilik komponentlarining o‘zaro munosabatlarini, ko‘chmas mulk bozorini va mulkdan eng yaxshi va samarali foydalanish nuqtayi nazarlarini aks ettiradi. Baholash jarayonining nazariy asosi bo‘lib, baholash tamoyillarining tizimi hisoblanadi. Jahon amaliyotida baholash tamoyillarining to‘rtta guruhi ajratiladi
– mulkdorning tasavvurlariga asoslangan tamoyillar;
– mulkni ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq tamoyillar;
– bozor muhitining harakati bilan shartlangan tamoyillar;
– mulkdan eng yaxshi va eng samarali foydalanish bilan bog‘liq tamoyillar.
Har qanday iqtisodiy faoliyatning daromadliligi ishlab chiqarishning to‘rtta omili bilan belgilanadi: yer, ishchi kuchi, sarmoya va boshqaruv. Mulkning daromadliligi – bu barcha to‘rt omil harakatining natijasidir, shuning uchun tizim sifatida mulkning qiymati daromadni baholash asosida aniqlanadi. Mulkni baholash uchun har bir omilning undan olinadigan daromadning shakllanishiga qo‘shgan hissasini bilish zarur.
Bu sekinlik qiymatning o‘sishi qo‘shilgan resurslarning xarajatlaridan kamroq bo‘lmagunga qadar davom etadi. Mazkur tamoyil eng yuqori daromad nazariyasiga asoslanadi va yuqori unumdorlik tamoyili deb nomlanadi. Demak, mulkiy majmuaning qiymatini baholashda muvozanatlashganlik (mutanosiblik) tamoyilini hisobga olish zarur, unga ko‘ra ko‘chmas mulkdan eng yuqori daromadni ishlab chiqarish omillarining optimal nisbatlariga rioya qilish orqali olish mumkin.

ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

  • ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

Download 4.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling