5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-modda. Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishga doir harakatlarni amalga oshirish muddatlari


Download 177.47 Kb.
bet20/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45
Bog'liq
5-амалий

43-modda. Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishga doir harakatlarni amalga oshirish muddatlari
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishga doir harakatlar tegishli hujjatlar ro’yxatdan o’tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran ikki ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan muddatning hisobi ro’yxatdan o’tkazuvchi organga ariza kelib tushgan kundan e’tiboran boshlanadi, agar talab etiladigan hujjatlar ariza bilan birga taqdim etilmagan bo’lsa, bu muddat talab etiladigan hujjatlar berilgan kundan e’tiboran boshlanadi.
Taqdim etilgan hujjatlarda bartaraf etilishi mumkin bo’lgan yoki qo’shimcha hujjatlarni talab etadigan kamchiliklar mavjud bo’lganda, ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uch ish kuniga to’xtatib turilishi mumkin. Bunday holda ro’yxatdan o’tkazuvchi ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish to’xtatib turilganligi to’g’risida vositachini va (yoki) arizachini bir ish kuni ichida xabardor qiladi.
44-modda. Ro’yxatdan o’tkazuvchining ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni rad etishi
Ro’yxatdan o’tkazuvchi ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni quyidagi hollarda rad etadi:
hujjatlarni qabul qilishni rad etish uchun asoslar mavjud bo’lganda;
ko’chmas mulkning tavsiflarini tekshirish natijalari ko’chmas mulkning kadastr yig’majildidagi mavjud ma’lumotlarga muvofiq emasligi aniqlanganda;
kadastr pasportida ko’rsatilgan ko’chmas mulkning maydoni (hajmi) huquqni belgilovchi hujjatda ko’rsatilgan maydondan (hajmdan) ortiq bo’lsa;
agar ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarning davlat ro’yxatidan o’tkazilishi davlat reyestriga kiritilgan boshqa shaxslarning qonuniy huquqlarini buzsa;
agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, qaysi ko’chmas mulkka nisbatan bitimni yoki huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risida ariza berilgan bo’lsa, o’sha ko’chmas mulkni tasarruf etishga doir taqiq yoki cheklov davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida yozuv mavjud bo’lsa;
agar turli ariza beruvchilardan bir vaqtning o’zida ayni bir ko’chmas mulkni, bitimni, huquqni, huquq cheklanganligini davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risida arizalar kelib tushgan bo’lsa hamda ularni bir vaqtning o’zida davlat ro’yxatidan o’tkazish mumkin bo’lmasa. Bunday asoslarga ko’ra rad etishga faqat rad etish uchun boshqa asoslar mavjud bo’lmagan taqdirda yo’l qo’yiladi;
ro’yxatdan o’tkazuvchi organda mazkur ko’chmas mulkka bo’lgan huquq to’g’risidagi nizolar mavjudligini tasdiqlovchi sud hujjatlari yoki sudning so’rovi mavjud bo’lsa;
ko’chmas mulk sud yoxud boshqa vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan musodara qilingan bo’lsa;
taqdim etilgan hujjatlarda qarama-qarshi yoki buzib ko’rsatilgan ma’lumotlar aniqlanganda;
ko’chmas mulkning kadastr yig’majildi tuzilmagan bo’lsa yoki kadastr pasporti mavjud bo’lmasa;
ro’yxatdan o’tkazuvchi organda ko’chmas mulk qonunchilikda belgilangan tartibda xatlovga olinganligi to’g’risida hujjatlar mavjud bo’lganda;
yer uchastkasiga bo’lgan huquqlar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilingan bo’lsa;
huquqlarning yuzaga kelishini belgilamaydigan hujjatlar taqdim etilganda;
chet el yuridik yoki jismoniy shaxsiga tegishli bo’lgan ko’chmas mulk realizasiya qilinganda ko’chmas mulkni realizasiya qilishdan olingan daromadlar bo’yicha foyda solig’i yuridik shaxs tomonidan yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i jismoniy shaxs tomonidan to’langanligi to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud bo’lmasa, bundan ko’chmas mulk O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tgan yuridik shaxsga realizasiya qilingan hollar mustasno;
ushbu Qonunning 11-moddasida belgilangan ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish ketma-ketligiga rioya etilmagan bo’lsa;
qurilishi tugallanmagan obyektga bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish chog’ida qurilish organi tomonidan tasdiqlangan loyiha hamda loyiha tashkilotining qurilish loyihaga muvofiq boshlanganligi to’g’risidagi xulosasi taqdim etilmagan bo’lsa;
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish ro’yxatdan o’tkazuvchi tomonidan to’xtatib turilgan hollarda, agar taqdim etilgan hujjatlardagi kamchiliklar uch ish kuni ichida bartaraf etilmagan bo’lsa;
agar ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun haq to’lanmagan bo’lsa.
Tuzatilgan hujjatlarni ko’rib chiqish chog’ida ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish rad etilganligi to’g’risidagi xabarnomada ilgari ko’rsatilmagan yangi asoslar bo’yicha rad etishga yo’l qo’yilmaydi, bundan vakolatli organ tomonidan ko’chmas mulkka taqiq qo’yilgan yoki ko’chmas mulk xatlovga olingan hollar mustasno.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni ushbu moddada nazarda tutilganidan boshqa asoslar bo’yicha rad etishga yo’l qo’yilmaydi.
Ro’yxatdan o’tkazuvchi davlat ro’yxatidan o’tkazishga doir harakatlarni amalga oshirish rad etilgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida vositachini rad etish sabablarini hamda ushbu rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini ko’rsatgan holda xabardor qilishi shart.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling