5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-bob. Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni va ularga oid cheklovlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish


Download 177.47 Kb.
bet18/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
Bog'liq
5-амалий

7-bob. Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni va ularga oid cheklovlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish
40-modda. Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishga doir harakatlar
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishga doir harakatlar quyidagi bosqichlarga muvofiq amalga oshiriladi:
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun taqdim etilgan arizani va huquqni belgilovchi hujjatlarni qabul qilish;
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Qonun talablariga muvofiqligini aniqlash;
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish yoki davlat ro’yxatidan o’tkazishni rad etish;
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligini tasdiqlash.
Chet el yuridik yoki jismoniy shaxslarining mulkida bo’lgan ko’chmas mulk realizasiya qilingan taqdirda, bu ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish ko’chmas mulkni realizasiya qilishdan olingan daromadlardan foyda solig’i yuridik shaxs tomonidan yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i jismoniy shaxs tomonidan to’langanidan keyin amalga oshiriladi, bundan ko’chmas mulk O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tgan yuridik shaxsga realizasiya qilingan hollar mustasno.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan soliqlar to’langanligi haqidagi ma’lumotlar ro’yxatdan o’tkazuvchi organga davlat soliq xizmati organlari tomonidan axborot-kommunikasiya tizimi orqali o’sha kunda taqdim etiladi.
41-modda. Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularga doir umumiy talablar
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ariza;
identifikasiya qilish ma’lumotlarini o’z ichiga olgan hujjatlar, shuningdek vakolatli vakillarning hamda mansabdor shaxslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar va (yoki) bitimning mazmunini ifodalovchi hujjatni imzolagan shaxslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun asos bo’ladigan hujjatlar.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar qirib o’chirilgan yozuvlarni, tasdiqlanmagan tuzatishlarni va hujjatlarning mazmunini bir xil talqin etishga imkon bermaydigan jiddiy shikastlanishlarni o’z ichiga olmasligi kerak.
O’zbekiston Respublikasidan tashqarida chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan hujjatlar, agar O’zbekiston Respublikasining qonunchiligida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, legallashtirilgan yoki apostil qo’yilgan, shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan bo’lishi (tarjimaning aniqligi yoki tarjimon imzosining haqiqiyligi notarial tartibda tasdiqlangan bo’lishi) kerak.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling