5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-modda. Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlarni qabul qilish


Download 177.47 Kb.
bet19/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45
Bog'liq
5-амалий

42-modda. Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlarni qabul qilish
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun hujjatlar ro’yxatdan o’tkazuvchi organga, shu jumladan vositachilar orqali axborot-kommunikasiya tizimlaridan foydalanilgan holda beriladi.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asl nusxalari ro’yxatdan o’tkazuvchiga vositachilar ularni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaganidan keyin yuboriladi.
Ro’yxatdan o’tkazuvchi davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
ariza vakolati bo’lmagan shaxs tomonidan imzolangan bo’lsa;
hujjatlar vakolatli shaxs tomonidan yoki belgilangan tartibda taqdim etilmagan bo’lsa;
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun asos bo’lgan huquqni belgilovchi hujjatlar mavjud bo’lmasa;
noto’g’ri ma’lumotlar yoki davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiq bo’lmagan ma’lumotlar mavjud bo’lgan hujjatlar taqdim etilgan bo’lsa (bundan texnik xatolar mustasno);
vositachilar tomonidan yuborilgan ma’lumotlar huquqni belgilovchi hujjatlarga muvofiq bo’lmasa;
davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarning mazmuni bir-biriga zid bo’lsa;
arizada ko’rsatilgan ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish qonun bilan taqiqlangan bo’lsa.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilishni ro’yxatdan o’tkazuvchi rad etgan taqdirda, ular rad etish sabablari ko’rsatilgan holda vositachilarga qaytariladi.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar ro’yxatdan o’tkazuvchi tomonidan qabul qilingan taqdirda, ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishga doir keyingi harakatlar ham ushbu ro’yxatdan o’tkazuvchi tomonidan amalga oshiradi.
Ro’yxatdan o’tkazuvchi tomonidan o’z majburiyatlarini bajarish imkoniyati bo’lmagan taqdirda, uni ro’yxatdan o’tkazuvchi organ rahbarining qaroriga ko’ra almashtirishga yo’l qo’yiladi.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling