5-amaliy mashg’ulot. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish asoslari bilan tanishish. Тупроқ бонитировкасини аниқлаш услубиёти билан танишиш


-modda. Ko’chmas mulkni birlashtirish va ushbu ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish


Download 177.47 Kb.
bet25/45
Sana15.06.2023
Hajmi177.47 Kb.
#1483014
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45
Bog'liq
5-амалий

58-modda. Ko’chmas mulkni birlashtirish va ushbu ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish
Ko’chmas mulkni birlashtirish ko’chmas mulk mulkdorining qaroriga, mulkdorlar o’rtasida tuzilgan shartnomaga, davlat ijrochisining yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Ko’chmas mulkni birlashtirish uchun asos bo’lgan hujjatlar birlashtirilayotgan ko’chmas mulkning mavjudligini tugatish va yangi ko’chmas mulkni tashkil etish uchun asos bo’ladi.
Ko’chmas mulkni birlashtirish faqat bir turdagi hamda bir-biri bilan bevosita bog’liq bo’lgan, shuningdek bir xil huquqqa ega ko’chmas mulkka nisbatan amalga oshirilishi mumkin. Agar binolar va inshootlardan qurilish ishlari natijasida bitta bino, inshoot qurilsa, ushbu binolar va inshootlar ham birlashtirilishi mumkin.
Ko’chmas mulkning ikki yoki undan ortiq obyektlarini birlashtirish ko’chmas mulkning bir turdagi bitta obyekti yuzaga kelishiga olib keladi.
Ko’chmas mulk birlashtirilgan taqdirda, birlashtirilayotgan ko’chmas mulklarning mavjudligi bekor qilinadi.
Ko’chmas mulkni birlashtirish chog’ida ko’chmas mulkning ushbu obyektlarini ro’yxatdan o’tkazishga doir ishlar yopiladi, yangidan tashkil etilgan ko’chmas mulkka esa yangi ro’yxatdan o’tkazishga doir ish ochiladi.
Ko’chmas mulkni birlashtirish chog’ida birlashtirilayotgan ko’chmas mulkka bo’lgan dolzarb huquqlar va ularga oid cheklovlar birlashtirilayotgan ko’chmas mulkka o’tadi.
Ko’chmas mulkka bo’lgan amaldagi huquqlarning va ularga oid cheklovlarning boshqa shaxsga o’tishi ularning birlashtirilayotgan ko’chmas mulkka nisbatan bekor qilinishini davlat ro’yxatidan o’tkazish hamda ularning yangidan tashkil etilgan ko’chmas mulkka nisbatan yuzaga kelganligini davlat ro’yxatidan o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
Yuzaga kelgan birgalikdagi mulkka binolarni, inshootlarni, binolarning alohida joylarini, avtomobil joylarini qo’shib yuborish barcha mulkdorlar o’rtasidagi shartnoma bo’yicha amalga oshiriladi.
Ko’p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar birlashtirilmaydi.

Download 177.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling