5-AMALIY MASHG’ULOT: Yurak faoliyatining nerv orqali boshqarilishi.
Danini-Ashner tajribasini o’rganish
Danini-Ashner tajribasi.
Bu tajribani talabalar ikkitadan bo’lib bajaradilar. Ular oldin o'zlarida 1 daqiqalik
pulslarini 2—3 marta sanashadi. Keyin o'rtacha arifmetik qiymatini topadilar. So‘ngra
tekshiruvchi odam bir qonini ko‘rsatkich
va nomsiz barmoqlari bilan
tekshiriluvchining ko‘z olmasini 5—8 soniyagacha sekin
bosib turadi va pulsini
sanaydi. Bunda yurak urishi me’yordagidan 8— 10 martagacha kamayishini ko‘ramiz.
Bu tajribaning refleks yoyi quyidagicha: ko ‘zga berilgan ta’sirot ko‘z
olmasini
harakatlantiruvchi asabning sezuvchi: tolalari
orqali uzunchoq miyaga keladi,
undan
keyin esa qo‘zg‘alish adashgan asabga borib, yurak urishini sekinlashtiradi.
3 - ish. I.M.Sechenov tajribasi. Baqaning
bosh miyasi uzunchoq miya
chegarasidailj
kesiladi, ko‘krak
qafasi ochiladi, yurak urishi sanaladi.
Miyaning
kesilgan joyiga osh tuzi parchasi qo‘yiladi| va yurak faoliyati kuzatiladi. Yurak urishi
sekinlashadB keyinchalik to‘xtaydi. Yurakning to‘xtashi uchun ketgan vaqt (latent
davr) aniqlanadi. Tuzni Ringer eritmasi bilan yuvib tashlab, yurak faoliyatining asta-
sekin qayta tiklanish taqqoslanib, xulosalanadi