5 amaliy: Muhandislik tarmoqlarini tahlil qilish. Geomaydonlarni tahlil qilish


Joy relefining qiyaligi va ekspozitsiyasi tushunchasi


Download 271.5 Kb.
bet2/2
Sana03.10.2023
Hajmi271.5 Kb.
#1691178
1   2
Bog'liq
5 amaliy

Joy relefining qiyaligi va ekspozitsiyasi tushunchasi
Qiyalik deganda yuzaga bo‘lgan normalning 𝑁̅ vektori hamda OZ o‘qiga parallel va yuzaning qiyalik hisoblanishi zarur bo‘lgan A nuqtasi orqali o‘tuvchi 𝑍̅ vektor orasidagi φ burchak tushuniladi. Qiyalikning qiymati [0, 𝜋 ⁄2 ] diapazonda bo‘ladi.

rasm. Qiyalikni aniqlash sxemasi
Ekspozitsiya (nishablik orientatsiyasi) deganda yuzaga bo‘lgan normal vektorining N gorizontal tekislikka proeksiyasi hamda OY o‘qiga parallel va ekspozitsiyani hisoblash zarur bo‘lgan yuzaning A nuqtasidan o‘tadigan Y vektori orasidagi ω burchak tushuniladi.
Shunday qilib, ekspoziuiyaning nol qiymatiga shimol tomonga yo‘nalish muvofiq keladi, sanash esa soat strelkasi bo‘yicha yuritiladi.

-rasm. Ekspozitsiyani aniqlash sxemasi
2. Joy relefining qiyaliklari va ekspozitsiyalarini hisoblash
Ushbu hisoblash algoritmi boshlang‘ich muntazam tarmoq bo‘yicha har bir uzeliga qiyalik yoki ekspozitsiyaning qiymati muvofiq keladigan yangi muntazam tarmoqni shakllantirish imkoniyatini beradi. Qiyalik va ekspozitsiyaning qiymatlarini hisoblash uchun muntazam tarmoqning (i, j) uzelida quyidagi formulalardan foydalaniladi:



bu yerda - geomaydonning indekslari ko‘rsatilgan
uzellardagi qiymati,
φ – qiyalikning graduslardagi qiymati,
ω - ekspozitsiyaning graduslardagi qiymati.
(1) va (2) ifodalardan ko‘rinib turibdiki, qiyaliklar va ekspozitsiyalarni hisoblashda hisoblanadiganga qo‘shni uzellar qo‘llaniladi. Shuning uchun olinadigan qiyaliklarli va ekspozsiyalarli muntazam tarmoq x va u o‘qlar bo‘yicha boshlang‘ich muntazam tarmoqqa nisbatan ikkitaga kam uzellarni o‘z ichiga oladi. Hisoblash algoritmining mohiyati quyidagidan iborat. Muntazam tarmoqning har bir uzeli uchun (1)-(4) formulalar bo‘yicha qiyalik yoki ekspozsiya hisoblab chiqiladi. Hisoblangan qiymat chiqish matritsasiga yozib qo‘yiladi. Qiyaliklar yoki ekspozsiyalar hisoblab chiqilgandan keyin barcha uzellar uchun bunday chiqish matritsasi asosida yangi muntazam tarmoq yaratiladi.
3. Ko‘rinarlilik chizig‘ini hisoblash
Ko‘rinarlilik chizig‘ini hisoblash masalasi yuzada (joy relefida) qandaydir chiziq bo‘ylab kuzatuvchiga ko‘rinarli bo‘lgan nuqtalarni hisoblab chiqishni nazarda tutadi. Bunda kuzatuvchining yuzadan balandligi N A va kuzatiladigan nuqtalarning yuzadan balandligi N V qo‘shimcha ravishda berilishi mumkin. 5.20-rasmda ko‘rinarlilik chizig‘ini aniqlash sxemasi ko‘rsatilgan. Ko‘rinarlilik chizig‘ini hisoblash algoritmi quyidagicha. Birinchi bosqichda boshlang‘ich chiziq bo‘ylab profil shakllantiriladi. Undan keyin profilning har bir nuqtasi uchun AV kesim shakllantiriladi, unda A nuqta kuzatuvchining holatiga muvofiq keladi, V nuqta esa kuzatiladigan nuqtaning holatiga (profilning joriy nuqtasiga) muvofiq keladi. Bunda A nuqta yuzadan N A kattalikka, v nuqta esa N V kattalikka ko‘tarilgan. So‘ngra ushbu kesimning relefning oldinroq tuzilgan profili bilan kesishuaini teshirish bajariladi. Agar kesishishlar yo‘q bo‘lsa, u holda V nuqta A nuqtadan ko‘rinarli, boshqa holda – ko‘rinmaydi. 5.20-rasmda V nuqta A nuqtadan ko‘rinmaydi, zero AV kesim profil chizig‘ini krestlar bilan belgilangan nuqtalarda ikki marta kesib o‘tadi. Qalin chiziq bilan profilning N V =0 bo‘lganda nuqtalari A nuqtadan ko‘rinarli bo‘lgan qismlari ko‘rsatilgan.

-rasm. Ko‘rinarlilik chizig‘ini aniqlash sxemasi
Algoritm ishining natijasi -rasmda tasvirlanganidek kartada ko‘rinarlilik chizig‘ining ko‘rinarlilik uchastkalariga muvofiq keladigan segmentlari ko‘rinishida, yoki ko‘rinarlilik chizig‘ining relefning uch o‘lchamli modeliga qo‘yilgan segmentlari (profildagi qalin chiziqlar) ko‘rinishida ifodalanishi mumkin. Mulohaza. Agar ko‘rinarlilik chizig‘ini hisoblash yetarlicha uzun uchastkada bajarilsa, u holda Yer yuzasining egriligini inobatga olish zarur.
Download 271.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling