5 amaliy: Muhandislik tarmoqlarini tahlil qilish. Geomaydonlarni tahlil qilish
Download 271.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq5 amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Geomaydonlarni tahlil qilish
5 amaliy: Muhandislik tarmoqlarini tahlil qilish. Geomaydonlarni tahlil qilish Reja: Muhandislik tarmoqlarini tahlil qilish. Geomaydonlarni tahlil qilish 1. Muhandislik tarmoqlarini tahlil qilish Shunday fazoviy ob’ektlar borki, ularning strukturasi tarmoq sifatida tavsiflanishi mumkin. Bunday ob’ektlar jumlasiga avtomobil yo‘llari va boshqa yo‘llar tarmoqlari, kabel tarmoqlari, issiqlik, suv, gaz, neft quvurlari tarmoqlari va h.k.lar kiradi. Yuqorida ko‘rsatilgan barcha ob’ektlar odatda muhandislik tarmoqlari yoki muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlari deb ataladi. Shuning uchun uni tahlil qiliish uchun graflar nazariyasining uslublari va algoritmlari qo‘llaniladi. Transport tarmoqlari asosida an’anaviy ravishda yechiladigan masalalarni sanab o‘tamiz. 1. Tarmoqning ikki nuqtasi orasidagi eng qisqa masofani qidirish. 2. Punktlarning berilgan naborini aylanib chiqishning eng qisqa marshrutini qidirish (kommivoyajer masalasi). 3. Eng yaqin xizmat ko‘rsatish punktlarini qidirish. 4. Transport ochiqligini hisoblash. 5. Transport oqimlarini hisoblash. Truboprovod transporti (vodo-, gazo- va nefteprovodlar) sohasida quyidagi masalalarni ajratish mumkin: 1. O‘rnatilgan oqim taqsimotini hisoblash (gidravlik hisob-kitob). 2. Qulflash armaturasining o‘zgarishlarini tahlil qilish. 3. Tovar-transport ishlarini hisoblash. 4. Tarmoqning ish rejimini optimallashtirish. 5. Avariya uchastkalarini lokallashtirish (1-rasm). 1-rasm. Avariya uchastkasini lokallashtirish natijasi 2. Geomaydonlarni tahlil qilish Shubha yo‘qki, yuzalarni (geomaydonlarni) to‘laqonli tahlil qilish faqat yuzalarning modellari asosida mumkin. yuzalarning GATlarda qo‘llaniladigan ikkita asosiy modellari: muntazam tarmoq va triangulyatsiya tarmog‘i ko‘rib chiqilgan edi. Geomaydonlarni tahlil qilishning eng keng tarqalgan masalalarini sanab o‘tamiz. Joy relefini tahlil qilish bilan bog‘liq masalalar: • yuzaga oid turli kattaliklarni (masofalar, maydonlar va h.k.larni) hisoblash; • relefning turli ikkilamchi alomatlarini (qiyaliklar, ekspozitsiyalar va h.k.larni) hisoblash; • ixtiyoriy chiziq bo‘ylab ko‘rinarlilikni tahlil qilish; • berilgan nuqtadan yoki nuqtalar guruhidan ko‘rinarlilik zonalarini hisoblash; • ikkita yuza orasidagi hajmni hisoblash va boshq. Joy relefining modellari asosida yechiladigan gidrologik masalalar: • suv bosishi mumkin bo‘lgan zonalarni hisoblash; • oqar suv yo‘nalishilarni hisoblash; • suv to‘planadigan zonalarni hisoblash va boshq. Geomaydonlarni tahlil qilishga oid ba’zi masalalarda, shu jumladan yuqorida sanab o‘tilganlarining bir qatorida, ma’lum bosqichlarda bir neta boshlang‘ich geomaydonlardan funksiya bo‘lmish yangi geomaydonlarni hisoblash ishlari bajarilishi mumkin. Geomaydonlarni tahlil qilish qo‘shimcha ravishda chastotaviy tahlil, korrelyatsion tahlil va geomaydonlarga nisbatan qo‘llaniladigan statistik tahlilning boshqa turlarini nazarda tutadi. Ta’kidlaymizki, geomaydonlar tahliliga oid quyida keltirilgan masalalarning aksariyatini yechish uslublari va algoritmlari geomaydonning raqamli modeli sifatida muntazam tarmoqni qo‘llaydi. Bu shu tufayliki, ma’lumotlarga muntazam tarmoqda ishlov berish algoritmlari triangulyatsiya tarmog‘i ma’lumotlariga ishlov berish algoritmlariga qaraganda soddadir. Geomaydonlarni tahlil qilish uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan algoritmlarni ko‘rib chiqamiz. Ulardan katta qismi joy relefining ikki o‘lchamli geomaydon bo‘lmish raqamli modellarini tahlil qilish uchun ishlatiladi. Download 271.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling