Raqamli texnologialarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Download 37.07 Kb.
bet1/3
Sana02.06.2024
Hajmi37.07 Kb.
#1836560
  1   2   3

RAQAMLI TEXNOLOGIALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


Tizim va signallarni qayta ishlash fanidan


Mustaqil ish

Mavzu: Lokal bazislarda spektral analiz algoritmlar

Bajardi: 210-21-guruh talabasi
Abdurahimov Bahodir
Tekshirdi: Azimova Umida Asrolovna
Toshkent 2023
Mavzu:Lokal bazislarda spektral analiz algoritmlar
Reja
1.Lokal bazis haqida tushuncha.
2. Xaara bazislarida spektral analiz asoslari.
3. Arrasimon o'zgartirish algoritmi va matrisasi.
4. Lokal spektral o'zgartirishlarning algoritmlari va tavsifi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Lokal bazis haqida tushuncha.
Signallarni vaqt sohasi bo‘yicha ifodalashdan tashqari, chastota sohasida ham signallar akslantiriladi, ya’ni signalda mavjud bo‘lgan chastotalar (garmonikalar)to‘plami sifatida. Ushbu ifodalash usuli raqamli signallarni qayta ishlash tizimlarida juda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, nutqni tahlil qilishda tovushlarni alohida fragmentlarini tanib olish uchun chastotali tarkibiy qismlarga ajratiladi. Aloqa kanallari orqali yuborilayotgan nutq signali kanalning chastotaviy xususiyatiga moskelishi uchun signallarning chastotaviy tarkibini bilish kerak bo‘ladi .
Signalni vaqt sohasidan spektral sohasiga o‘tkazish uchun asosiy algoritm -Fure o‘zgartirish hisoblanadi. Matematik jihatdan bu signalning garmonik tashkiletuvchilar yig‘indisidan tashkil topgan Fure qatorlari deb ataladi. Fure qatoridai foydalangan holda har qanday davriy signalni tavsiflash mumkin. Ushbuo‘zgartirishning muhim xususiyati shundaki, signalni vaqt sohasidan spektral sohasiga o‘tkazish, aksincha, signalni spektral sohasidan vaqt sohasiga o‘tkazish protseduralari mavjud. Ushbu protseduralar to‘g‘ri va teskari Fure o‘zgartirishlari deb nomlanadi.
Signallarni diskret Fure o‘zgartirish ko‘rinishida ifodalash. Asosiy algoritmlardan biri bu diskret Fure o‘zgartirishi (DFO‘) DFO‘ algoritmini chiqishida F(k) spektral (og‘irlik) koeffitsiyentlar to‘plami hosil bo‘ladi, bu yerdak - garmonikaning tartib chastotasiga mos keladigan koeffitsiyent tartib raqami.

Teskari diskret Fure o‘zgartirish esa aksincha, signalni spektral sohasidagi ifodalanishidan vaqt sohasiga tegishli miqdordagi nuqtalarga o‘tkazishga imkon beradi.



To‘g‘ri diskret Fure o‘zgartirish kirish signalining cheklangan sonli qiymatlari (2n) bo‘yicha amalga oshiriladi, bu signalni vaqti-vaqti bilan spektral ko‘rinishga o‘tkazishga imkon beradi.
Spektral koyeffitsiyentlar F(k) signalning kirish qiymatlarini Fure funksiyalari - sinuslar va kosinuslar bilan svyortkalash (juftliklar asosida ko‘paytirish) natijasida olinadi.
Sin va Cos asos funksiyalari fazaviy tekisligining 0 va 90 burchak nuqtalarida nolga teng bo‘lganligi sababli, uning yoyilmasida haqiqiy (Cos) va mavhum (Sin)tashkil etuvchilarini o‘z ichiga oladi.


Download 37.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling