Majidxon Bahodirov hayoti va ijodi Bahodir Majidxon


Download 1.53 Mb.
Sana23.01.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1110943
Bog'liq
Majidxon Bahodirov hayoti va ijodi


Majidxon Bahodirov hayoti va ijodi
Bahodir Majidxon – (1903 – 1977) Toshkentda zamonasining koʻzga koʻringan olimlaridan Imom Muhammadxon oʻgʻli Bahodirxon maxdum oilasida tugʻilgan. 
Oʻrta Osiyo paxtachilik institutining 1934-yil bitiruvchis Tuproqshunos, arabshunos, arab kafedrasining dastlabki mudiri, mohir pedagog, qishloq xoʻjalik fanlari nomzodi, professor. 1919–1921 oʻqituvchilar tayyorlash kursida oʻqib, Toshkentdagi 19-son maktabda oʻqituvchi, 45-son maktabning asoschisi, mudiri, ham oʻqituvchisi lavozimida ishlagan.
1925-1927-yillar savodsizlar va chalasavodlilar kurslarida, 1928-1930 yillarda maktab va pedagogika bilim yurtilarida oʻqituvchilik qilgan. M.Bahodirov 1930-1934-yillar Oʻrta Osiyo paxtachilik institutiga oʻqib turib ham pedagoglik faoliyatini davom ettiravergan.
1935-yilda M. Bahodirov SAXI (hozirgi Toshkent davlat agrar universiteti)ning tuproqshunoslik kafedrasiga taklif etilgan (va shu bilim dargohida umrining oxiriga qadar (1977) samarali mehnat qilgan). 1945-yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti), Sharq fakultetida arab filologiyasi kafedrasini tashkil etish uchun ishga jalb etilgan va bu kafedrada mudir lavozimida ishlagan hamda rus guruhlariga arab tilidan dars berish bilan mashgʻul boʻlgan (1945-1948).
U paytlar, tegishli darslik va oʻquv qoʻllanmalari boʻlmagani bois, M.Bahodirov (ichki foydalanish uchun) “Arab filologiyasiga kirish” va “Arabcha xrestomatiya” hamda boshqa qator oʻquv qoʻllanmalarini tuzgan, shuningdek universitetning filologiya fakulteti talabalari va Fanlar akademiyasi institutlarining aspirantlariga, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi kurslarida arab tilidan maxsus kurslar oʻqigan, ham arab tilidan dars bergan
M.Bahodirov qator orden, medal va Faxriy yorliqlar bilan mukofotlangan, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Toshkent davlat agrar universitetida tuproqshunoslik kafedrasi talabalari uchun Majidxon Bahodirov nomida stependiya taʼsis etilgan.
Ilmiy yoʻnalishiTahrirlash
– tuproqshunoslik, arabshunoslik, arab tili va adabiyoti, fan tarixi, manbashunoslik. M.Bahodirov 40 ga yaqin ilmiy asarlar yaratdi. Oʻzbekiston ensiklopediyasi uchun tuproqshunoslikka doir soʻzlik tuzib chiqdi hamda respublika gazeta va jurnallariga koʻplab maqolalar yozib berdi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling