Akademik intizom vazifalari
Download 85.94 Kb.
|
tuproqshunoslik
So’z boshi Tuproq geografiyasi tuproqshunoslikning maxsus bo’limlariga tegishli bo’lib, ixtisoslashuvidan qat'iy nazar har bir tuproqshunos uchun juda muhim bo’lgan batafsil bilimlar to’plami. Tuproq geografiyasini o’rganishga muhim ahamiyat bergan tuproqshunoslik asoschisi V.V.Dokuchaevning so’zlaridan ko’rinib turibtiki, tuproq geografiyasi bilan chuqur tanishib chiqgandan so’nggina, muammo yechimini hamda kelib chiqishini aniqlash mumkin, bu bilan bog’liq holda esa ularning xususiyatlari, unumdorligi va boshqalar haqida ma’lumotga ega bo’lish mumkin. Tuproq geografiyasining qonun va tamoyillarini bilish, tuproq qatlamining mintaqaviy va zonaviy xususiyatlari, yer resurslaridan ratsional foydalanish, muhofaza qilish hamda tuproq unumdorligini oshirish uchun zarur. Tuproqlarning geografik xilma xilligini hisobga olmasdan bevosita yer zahirasidan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan qishloq, o’rmon va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarini to’g’ri joylashtirish va ixtisoslashtirish mumkin emas. Akdemik intizomni o’rganishdan maqsad- tuproq kelib chiqishi shart va jarayoni, tarkibi, xususiyati, turli xil tuproqlardan foydalanish haqidagi chuqur va har tamonlama bilimni egallash. Akademik intizom vazifalari: -yer sharida tuproqlarning geografik tarqalishi qonuniyatlarini o’rganish; -tuproq hosil bo’lish jarayoni, genesis, tasnifi, tuzilishi, tarkibi,xususiyatlari, turli xil tuproq-iqlim zonalaridagi tuproqlarning qishloq xo’jaliklarida foydalanishning o’ziga xos jihatlarini o’rganish; Mazkur akademik intizom umumiy professional va maxsus intizom doirasiga kiradi. “Tuproq geografiyasi’ ilmiy fanini o’zlashtirish, ilgari o’rganilgan “Geologiya”, “Fizika”, “Kimyo”, “Oliy matematika asoslari”, “Qishloq xo’jaligi” kabi ilmiy fanlarga asoslanadi. “Tuproq geografiyasi” o’z navbatida, keyinchalik o’rganiladigan “Agrokimyo”, “O’simlik dunyosi”, “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti” kabi ilmiy fanlarni o’zlashtirishda foydalaniladi. Tuproq geografiyasini o’rganish natijasida talaba: -bilishi zarur: u yoki bu turdagi tuproqning paydo bo'lish sharoitlariga qarab genezisining xususiyatlarini; zonal tuproqlarining genetik tasnifini; tuproqlarning morfologik tuzilishi, yalpi kimyoviy va boshqa tarkibli tuproqlarning unumdorligi haqidagi ma’lumotlarni qo’llash usullarini; qishloq xo’jaligida foydalaniladigan tuproq unumdorligini oshirish va saqlash usullarini; -qila olishi zarur: ma’lum bir hudud tuproq qatlamining holatini o’zi mustaqil tahlil qila olishi; zarur bo’lgan hududiy tuproq ilmiy tadqiqotlarini o’tkaza olishi hamda natijalarini tahlil qila olishi; iqtisodiy va ekologik nuqtayi nazardan tuproqdan unumli foydalanish haqidagi tavsiyalarni bera olishi; -ega bo’lishi zarur: zamonaviy klassifikatsiyasiga mos ravishda tuproqlarning nomlarini aniqlash ko’nikmasiga; ma’lum bir hudud tuproq qatlamini o’rganishda tavsiya qilingan kerakli ilmiy tadqiqot metodlariga. Kirish
Download 85.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling