Qishloq xo‘jaIigida mavjud mulk shakllari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 17.94 Kb.
|
dilnoza tarqatma2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Xususiy mulk
- 3. Aralash mulk.
- Qishloq xo‘jaligida mavjud tadbirkorlik shakllari va ularning paydo boiishi.
Qishloq xo‘jaIigida mavjud mulk shakllari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Barcha sohada bo‘lgani singari, bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo‘jaligida ham tadbirkorlik faoliyatiga e'tibor berish va unga keng imkoniyatlar yaratib berish taqozo etiladi. Qishloq xo'jaligida tadbirkorlik - foyda olish maqsadida tavakkalchilikka asoslangan holda mavjud me'yoriy hujjatlar asosida mulkchilik subyektlarining qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, ulami qayta ishlash va sotish hamda xizmatlar ko‘rsatish sohalarida faoliyat ko‘rsatishidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik qishloq xo‘jaligida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Bu jarayonda ular 0 ‘zbekiston Respublikasining «Mulk to‘g‘risida»gi, «KorxonaIar to‘g‘risida»gi hamda «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunlari talablariga qat’iy rioya etishlari zamr. Ular faoliyatlarini samarali amalga oshirishlari uchun mustahkam iqtisodiy negizga ega boTishlari kerak. Ularning iqtisodiy negizini esa mulk tashkil etadi. 0 ‘zbekiston Respublikasida mavjud me'yoriy hujjatlarga binoan qishloq xo‘jaligida mulkning quyidagi shakllari mavjud: 1. Xususiy mulk. Bu shakldagi mulk egasi o‘z mol-mulkiga xususiy tarzda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarmf etish huquqlariga ega. Xususiy mulk mulkdorning ishlab chiqarish jarayonida o‘z mehnati va yollanma mehnatni qoTlashi orqali shakllanadi. 2. Jamoa mulki. Bu raulk tarkibiga qishloq xo'jaligidagi jamoa korxonalarining, shirkat (kooperativ) xo'jaliklarining, hissadorlik jamiyatlarining, agrofirmalaming va boshqa shu kabilaming mulklari kiradi. 3. Aralash mulk. Bu mulk ikki yoki undan ortiq turdagi mulkchilik shakllarining o'zaro manfaatli uyg'unlashishi natijasida shakllanadi. Jumladan, davlat va jamoa mulkining o'zaro birikishi natijasida aralash mulk tashkil bo‘ladi. 4. Davlat mulki. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi bilan shug'ullanadigan davlat korxonalarining mulki. Bunday mulk shakli ilmiy tadqiqot institutlariga qarashli tajriba xo‘jaliklarida saqlanib qolgan. Bundan tashqari, davlat mulki urug‘chilik va naslchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarda ham saqlanib qolgan. Ushbu sohalar qishloq xo'jaligining rivojlanishi uchun muhim hisoblanganligi sababli ular davlat tasarrufida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Qishloq xo‘jaligida mavjud tadbirkorlik shakllari va ularning paydo boiishi. Respublikamiz qishloq xo‘jaligida 1991-yildan boshlab siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy ahamiyatga ega boigan tub agrar-iqtisodiy islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Davlat bosh islohotchi boigan bu jarayonda tarmoqdagi davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarishga, negizida xususiy mulkchilikni va shunga asoslangan tadbirkorlik shakllarini tashkil etishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Bunda yerga umummilliy boylik sifatidagi davlat umumxalq mulkchiligi saqlab qolinmoqda. Boshqa mulklar esa daviat tasarrufidan bosqichma-bosqich chiqarilib, xususiylashtiriimoqda. 1990-yilda davlat mulkchiligiga asoslangan xo'jaliklar, ya’ni davlat xo‘jaliklari 1038 ta edi. Ular 0 ‘zbekistonda XX asming 30-yillarida tashkil etila boshlangan. Respublikaning Qarshi va Mirzacho‘l, Surxon-Sherobod, Markaziy Farg‘ona hududlarida yangi yerlami o‘zlashtirish natijasida keng miqyosda davlat xo‘jaliklari tashkil etildi. Davlat xo'jaliklarining tashkil etilishida davlat byudjetidan ajratilgan mablag1 evaziga ishlab chiqarishni tashkil etish hamda yuritish uchun zamr bo‘lgan barcha ishlab chiqarish vositalarini davlat tomonidan o‘rnatilgan baholarda sotib olinar edi. Ulardan foydalangan holda faoliyat yuritib, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarini davlat tomonidan belgilangan xarid narxlarida davlatga qarashli tayyorlov tashkilotlariga sotar edilar va olingan daromad davlat moliya organlari tomonidan o‘matilgan tartibda taqsimlanar edi. Bunda asosiy e'tibor davlat manfaatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, davlat xo'jaliklariga iqtisodiy erkinlik berilmagan edi. Shuning uchun ular yuqori tashkilotlar tomonidan belgilangan qonun-qoidalarga bo'ysungan holda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanar edilar. Ular asosan paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan bo‘lib, respublikada yetishtirilayotgan mahsulotlaming sezilarli qismini ishlab chiqarardilar. Bu xo'jaliklaming respublikada yetishtirilgan yalpi qishloq xo'jalik mahsulotidagi ulushi 1990- yilda 37,5 foizni tashkil etgan. Lekin ular iqtisodiy negizi, faoliyat yuritish mazmuni bo'yicha erkin bozor iqtisodiyoti talablariga javob bermas edi. Shuning uchun ham davlat mulkchiligiga asoslangan xo'jaliklar negizida tashkiliy, iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishi zarar bo‘ldi. Islohotlar jarayonida ulaming negizida dastavval jamoa xo'jaliklari, keyinchalik shirkatlar hamda hozirgi vaqtda mustaqil fermer xo'jaliklari tashkil etildi. Download 17.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling