O’zbekistonda siyosiy islohotlar boshlanishi Hamda demokratik davlat boshqaruvining o’rnatilishi
Download 0.99 Mb.
|
Demokratik islohotlar ppt
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekistonning demokratik rivojlanish yo’llarini tanlash
O’zbekistonda siyosiy islohotlar boshlanishi Hamda demokratik davlat boshqaruvining o’rnatilishi
boshqaruv tizimining yaratilishi Reja: Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O'zbekiston o'z siyosiy mustaqilligini mustahkamlash, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga yo'naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o'tkazish yo'lidan bormoqda. Milliy huquqiy davlat qurilishida quyidagi omillarga tayanildi: • Xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillar inobatga olindi; • Rivojlangan demokratik davlatlar tajribasiga tayanildi; • Ko'p ming yillik o'zbek davlatchiligi tarixi va o'ziga xos ma'naviy-axloqiy qadriyatlariga asoslandi; • Vakillik hokimyatini vujudga keltirishning eng demokratik tizimi - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini barpo etish yo'lidan bordi; • Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi prezidentlik boshqaruv usulini yaratish yo'li tanlandi.
O'zbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishga doir amalga oshirilgan islohotlaming ulkan natijalari Prezident I.A.Karimovning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda bo'lib o'tgan qo'shma majlisidagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kohsepsiyasi» nomli ma’ruzasida chuqur tahlil etib berildi. 2001-2010-yillar ichida mamlakatda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar o'ta muhim bir maqsad-hokimiyatlar bo'linishi konstitutsiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o'rtasida o'zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bo'yicha g'oyat dolzaib chora-tadbiriar ko'rishga qaratildi. O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilingan paytda 1990-yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi - Oliy Kengash faoliyat ko'rsatmoqda edi. O'zbekistonda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo'lidan borilib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994—yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat yuritdi va o'z vakolat muddati davrida 200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar tayyorladi va qabul qildi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling