Akademik intizom vazifalari
Tuproq geografiyasining asosiy metodi-
Download 85.94 Kb.
|
tuproqshunoslik
Tuproq geografiyasining asosiy metodi- qiyosiy-geografik bo’lib, tuproq vujudga kelishi omillari bilan bog’liq holda tuproqning geografik tarqalishini o’rganadi. Dokuchaev tomonidan ishlab chiqilgan qiyosiy-geografik metod tuproqni o’rganishda kompleks yondashuvni talab qiladi. Asosiy ilmy metodologik asosi ham shu hisoblanadi.
1899-yilda V.V.Dokuchaev tomonidan kashf etilgan zonalanish qonuniyati tuproq qatlamining geografik tahliliga asos bo’ldi. Faqatgina har tomonlama qiyosiy -geografik tahlilning o’zigagina asoslanib, qat'iy asosli, tuproq konturlari tasodifiy bo'lmagan holda, ma'lum bir hududga xos bo'lgan tuproqlarning barcha xilma-xilligini va ularning tarqalish qonuniyatlarini ochib bera oladigan tuproq xaritasini yaratish mumkin. 1922-yilda L.I. Prasolov zonaning ichki qismidagi qoratuproqli viloyatlarni ajratib ko’rsatgan va shu tariqa tuproq zonalarini yanada aniqroq ko’rsata olgan. 1933-yilda I.P. Gerasimov fatsionalnost tushunchasini kiritgan,1945-ylda u tuproq geografiyasi qon8unlarining ierxiyasini aniqlagan: zonallik, fatsionallik va yuqori zonallik. 1970-yillarda rus tuproqshunosi V.M. Friland S.S.Neustruev g’oyalari asosida Dunyo tuproq xaritasida qisman aks etgan tuproq qatlami tuzilishi nazariyasini ishlab chiqgan. Tuproq geografiyasi sohasidagi zonallik kontseptsiyasi V.V. Dokuchaev nomidagi tuproqshunoslik instituti, ishlab chiqarish sohalarini o’rganish bo’yicha kengash (1956,1964) hamda Moskva Davlat universiteti (1983,1997) bilan hamkorlikda tuzilgan Rossiyaning g’arbiy qismining tuproq-geografik rayonlashtirish sxemasi asosini tashkil etdi. Tuproq geografiyasining muqobil tushunchalari V.A. Kavda, G.V.Dobrovolskiy va E.V.Lobovoy (1975) tomonidan tuproq qatlamining evolutsiyasi va geoximik parametrlarni hisobga olgan holda tuzilgan Dunyo tuproq xaritasida ifodalangan. Shuningdek,turli mamlakatlar tuproqshunos olimlar guruhi tomonidan tuzilgan, global geografik g’oyalarni emas, balki ma’lum bir tuproqning xususiyatlari asos qilib olingan FAO,YUNESKOning Dunyo tuproq xaritasida (1971-1980) ifodalangan. V.M.Frindland tomonidan tuzilgan Dunyo tuproq xaritasida(1982) rus tuproqshunosi M.A.Glazovsk tomonidan taklif qilingan haqiqiy tuproq-geoximik konseptsiya aks ettirilgan. Ya’ni tuproqlar fizik-kimyoviy xususiyatlariga ko’ra bir nechta oilalarga ajratilsa, turli xil oilalarning fazoviy birlashishi mintaqaviy darajadagi tuproq oblastlari shakllanadi. Zamonaviy rus tuproq geografiyasi geoaxborot tizimini rivojlantirishda taxminiy xaritalarni yaratishni tadbiq etadi, shuningdek, tuproq qatlami tuzilishining mintaqaviy va mahalliy darajadagi qonuniyatlarini bevosita aerokosmik va boshqa zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda aniqlaydi va tuproq qatlamining antropogen o’zgarishi tendensiyalarini ochib beradi. Xorijiy tuproq geografiyasi esa mahalliy darajadagi qonuniyatlarini o’rganish bilan cheklanib, kamdan kam holatda mintaqaviy darajada o’rganadi va tuproq xaritalarini yaratishda qo’llaydi. Tuproq geografiyasining asosiy metodi alohida hududiy birliklarni taqqoslashga asoslangan qiyosiy-geografik metod hisoblanadi. Bu metod turli xil nazariy va amaliy ilmiy tadqiqotlarda (tuproqni o’rganish, agrokimyoviy, monitoring va boshqa kuzatuvlar ob'ektlarini joylashtirishni rejalashtirish) keng qo’llaniladi. Download 85.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling