Akademik intizom vazifalari


Download 85.94 Kb.
bet9/18
Sana08.03.2023
Hajmi85.94 Kb.
#1253602
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
tuproqshunoslik

Granulometrik tarkib. Tuproqning glanulometrik tarkibi- turli kattalikdagi agregirlashmagan qismlarni o’z ichiga olgan nisbiy tarkib: toshlar, shag’al, qum, chang va loy. Granulometrik tarkibni to’g’ri aniqlash uchun tuproq laboratoriya tahlildan o’tkaziladi. Dala sharoitlarida melkozemaning granulometrik tarkibini organoleptik teginish orqali aniqlash mumkin. Bu usul tuproqning granulometrik tarkibi bo’yicha xilma xilligi turli xil plastiklikka egaligiga asoslangan bo’lib, mexanik ta’sir natijasida tuproq massasining shaklini mikro yoriqlarni yuzaga keltirmasdan o’zgartirish qobilyatiga ega. Tuproq namunasi xamirsimon ko’rinishga kelguncha namlantiriladi va to’p yoki 2-3 sm diametrli tasma ko’rinishiga keltiriladi. Karbonat tuproqlarning granulometrik tarkibini aniqlashda suv o’rniga agregatlarni yo’q qilish maqsadida 10 % tuzli kislotani qo’llaniladii. Tayyorlangan tuproqdan kaftda kichik to’pchalar yasaladi va ularni tasma ko’rinishiga keltiriladi.
Granulometrik tarkibga ko’ra bu usulning samaradorligi turli xil bo’ladi.
Qum- plastiklikka ega bo’lmagan, mayda to’pchalar yoki tasma yasash muvaffaqiyatsiz kechadi.
Shag’al- juda ham kuchsiz plastiklikka ega, mustahkam bo’lmagan to’pchalar yasaladi, ammo tasma yasab bo’lmaydi.
Yengil loy- kuchsiz plastiklikka ega, alohida qisqa tasmachalar yasaladi.
O’rtacha loy- o’rtacha plastiklikka ega, 2-3 mm qalinlikdagi tasmalar yasaladi, ammo uzuk ko’rinishiga keltirish jarayonida buklansa sinib ketadi.
Og’ir loy- juda ham yuqori plastiklikkka ega, 2 mm dan kichik qalinlikda tasma yasaladi, ammo uzuk ko’rinishiga keltirilganda biroz yoriqlar hosil bo’ladi.
Loy- yuqori plastikli, yupqa tasma va hech qanday yoriqlarsiz uzuk yasaladi.
Qumli va shag’alli tuproqlar yengil, yengil va o’rtacha loyli tuproqlar – o’rtacha, og’ir loyli va loyli-og’ir tuproqlar turiga kiradi. Qanchalik tuproq og’ir bo’lsa, mexanik mustaxkamligi uning agregatlari xarakterlanadi.
Tuproq qovushmasi ularning granumetrik tarkibi va tuzilishiga bog’liq. Juda zich qovushma, zich qovushma, g’ovak qovushma va sochilma qovushmalarga ajratiladi. Qovushma tuproqni agronomik jihatdan muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. Chunki unga tuproqning suvli, havoli, umumiy fizik va fizik-mexanik xususiyatlari o’zaro bog’liq.

Download 85.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling