Akademik intizom vazifalari
Tuproqning morfologik xususiyatlari
Download 85.94 Kb.
|
tuproqshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq tuzilishi
1.3. Tuproqning morfologik xususiyatlari
Har qanday tuproq ma’lum bir tuzilishga ega va o’zida vertikal bo’yicha bir birini o’zaro almashadigan genetik gorizontlarning tuzilmasini taqdim etadi. Tuproq profili tuzilishi bo’yicha genetik gorizontda oddiy va murakkab, differensiyalangan va differensiyalanmagan bo’lishi mumkin. Gorizontlar tarkibi bo’yicha gumusli, orgonagenli, karbonatli, va boshqalar; xususiyatlariga ko’ra- kislotali, neytral, ishqoriy, to’yingan, to’yinmagan, yuvilma va boshqalar. Tuproqning tashqi asosiy morfologik belgilariga: tuproq profilining tuzilishi, tuproq уа uning alohida gorizontlarining qalinligi, rangi (tusi); mexanik tarkibi; strukturasi; qovushmasi; yangi yaralma qo'shilmasi singarilar kiradi. Bu belgilar tuproq profiling umumiy tashqi ko’rinishi va genetik gorizontlar orasidagi o’zaro farqlarni aniqlaydi. Tuproq tuzilishi- genetik gorizontlarning joylashish xarakteri va ketma ketligi. U har bir tuproq uchun maxsus va asosiy diagnostik xarakteristika hisoblanadi. Har bir gorizont o’zining nomi va harfli belgilariga (indeks) ega: A₀ chim o’rmon to’shamasi; A-chimli; A-gumusli-akkumulyativ; A₁-gumusli-elyuvial; A₂-elyuvial B-illiyuvial; G-gley (berch); C-ona jins; D-ostki g’ovak tog’ jinslari. O’rmon to’shamasi (A₀ yoki Och) o’zaro bir nechtaga ajraladi: AL- yangi opad; AF- anatomik tuzilishini saqlaydigan chirigan o'simlik qoldiqlari ustunlik qiladigan parchalanish qatlami AH- tuproqning mineral qismi bilan aralashib ketgan qisman gumusli; Chimli (Ad)- o'simlik ildizlarining tuproq yuqori qismiga chuqur kirib ketgan; Haydaladigan gorizont (An)- davriy qayta ishlov natijasida qayta shakllangan, yuzasi gumusli gorizont; Gumus-akkumlyutiv gorizont(A)- gumus va ozuda elementlarining to'planishi natijasida profilning yuqori qismida shakllanadi. Gumus-elyuvial gorizont (A1) gumusning to'planishi bilan bir qatorda minerallarning buzilishi va organik va mineral moddalarning qisman kamayishi kuzatiladi. Elyuvial gorizont (A2) tuproq mineral qismining intensive parchalanishi va bu mahsulotlarning pastki qatlamlarga yuvilib ketilishi jarayonlari natijasida paydo bo'ladi. U ochroq tusli. Illyuvial yoki o'tuvchi (oraliq) gorizont (В) elyuvial yoki gumus (chirindi) li gorizont ostida hosil bo'lib, оnа jinslariga o'tuvchi qatlam hisoblanadi. Metamorf gorizont (Bm) gorizont A ostida gillashish natijasida shakllanadi. Gley (berch) gorizonti (G) – gidromorf tuproqlarda hosil bo'ladi. Doimiy yoki uzoq muddat suv bosib turadigan o'ta nam va erkin kislorod yetishmaydigan sharoitda, tuproqda anaerob-qaytarilish jarayonlari boradi. Natijada temlir, marganesning va alyuminiy harakatchan shaklining to'liq oksidlanmagan (zakis) birikmalari yuzaga keladi hamda o'ziga xos qiyofa, ya'ni ko'kimtir, kulrang-zangori yoki xira yashil tus beradi. Agar gleylanish boshqa gorizontlarda ham ifodalangan bo'lsa, ularning harfli indekslari yoniga "g" deb yozib qo’yiladi. Masalan, Аg, Вg va hokazo. Gidro-akkumulyativ gorizont (S) aeratsiya zonasi bilan kapillyar to'yingan gorizont zonasi chegarasida uncha chuqur bo'lmagan yer osti suvlarining yuzaga kelishi natijasida shakllangan. Tarkibi bo'yicha karbonatli (Sk) va temirli (St) turlarga ajratiladi. Ona jins (С) tuproq paydo bo'lish jarayonlari kam ta'sir etgan g'ovak jinslardan iborat. Uning yuqori qismida tuzlar yuvilib ketishi mumkin bo'lib, yuqori qismida tuzlar yuvilib ketishi mumkin. Ularning ishtiroki quyidagi qo'shimcha harflar bilan ko'rsatiladi: Ck-karbonatli, Cg- gips, Cs- sulfat Tuproq osti tub jinslari (D) muayyan jinslarda paydo bo'lib, uning ostida esa boshqa xossalarga еgа jinslar mavjud bo'lganda ajratiladi. Наr bir tuproq tipi uchun o'ziga xos gorizontlar xarakterli bo'lib, ba'zan bu gorizontlar ayrim tuproqlar profilida bo'lmasligi mumkin. O'tuvchi gorizontlarga ikkilamchi ta'riflar qo'llaniladi: A2B- podzol (A2) va illyuvial (B) belgilari mavjud gorizont; A1A2-podzollik belgilariga ega, gumus bilan bo'yalgan gorizont; Torfli tuproqlar uchun quyidagi indeks tizimi qo'llaniladi: T- torfli gorizont, joylashuv darajasi va botanik tarkibi bo'yicha T1, T2, T3 va b. bo'linadi; Tn- qayta ishlov jarayonida o'zgargan haydaladigan torfli gorizont; TAn-torf-chirindili gorizont, chang-donador yoki g'ovakli strukturali kuchli chirigan o'simlik qoldiqlaridan tashkil etgan; TCn-torfli-mineral gorizont, kukunsimon yoki chang-kukunsimon strukturaga ega. Quruqlashgan torflar uchun xos; TDn- tuproq osti tub jinslari bilan to'qnashuv natijasida aralashgan torfli haydaladigan gorizont; Tt- loylashgan, zich, juda to'q rangli gorizont; Download 85.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling