Akademik intizom vazifalari


Tuproq qatlamining geografik bo’linishi


Download 85.94 Kb.
bet14/18
Sana08.03.2023
Hajmi85.94 Kb.
#1253602
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
tuproqshunoslik

2.2. Tuproq qatlamining geografik bo’linishi
Tuproq-geografik rayonlashtirish- struktura jihatidan bir xil tuproq qatlamli, tuproq hosil bo'lishdagi omillarning uyg'unlashuvi va qishloq xo'jalik sohasida foydalanish xususiyati bo'yicha hududlarni tuproq geografik rayonlarga ajratish. Uning asosi yer qatlami yuzasida tuproqlarning geografik tarqalishi tabiiy sharoitlari hisoblanadi. Uning maqsadi tuproqni qishloq xo’jalik sohasida foydalanish imkoniyati va aloqalarini aniqlashdir.
Hozirgi vaqtda tuproq-geografik rayonlashtirishda taksonom birliklarning quyidagi sistemasi qabul qilingan:

  1. tuproq-bioiqlim mintaqasi,

  2. tuproq-bioiqli oblasti,

Tekislik hududlari uchun

  1. tuproq zonasi,

  2. tuрroq provinsiyasi,

  3. tuproq okrugi

  4. tuproq rayoni

Tog’ hudulari uchun

  1. To’g’ tuproq provinsiyasi (tuproq zonalarining vertical strukturasi)

  2. Vertikal tuproq zonasi

  3. Tog’ tuproq okrugi

  4. To’g tuproq rayoni

Tuproq-bioiqlim mintaqasi taxminan termik mintaqalarga to'g'ri keladigan katta hududni o'z ichiga olib, tuproq paydo bo'lish jarayonlari уа o'simliklar rivojlanish termoenergetik rejimlarining o'xshashligi bilan xarakterlanadi. Bunday mintaqalar miqdori beshta: polyar, boreal, subboreal, subtropik, tropik. Ularni ajratib olish uchun asos bo’lib vegetatsiya davri uchun 10 C dan baland o’rtacha kunlik harorat qiymati xizmat qiladi.
Tuproq-bioiqlimiy viloyat- tuproq zona va vertikal tuproq strukturasining umumiyligi, nam sharoitlarda, kontinentallik, tuproq hosil bo'lish, nurash va o'simlik dunyosining rivojlanishining o'xshashliklari mintaqah doirasida birlashishi. Visotskoy-Ivanova namlik koeffisienti bo'yicha viloyatlar farqalanadi. Ularning soni oltita: juda nam, o'rtacha nam, nam, o'rtacha quruq, quruq va juda quruq. Bu viloyatning tuproq qatlami poyasga nisbatan bir xil, lekin tarkibida intrazonallik xususiyati yaqqol ajralib turadi.
Tuproq zonasi tekislik tuproq-geografik rayonlashtirishda asosiy birlik hisoblanadi.
Tuproq zonasi muaууan tuproq tiplarini, bа'zan intrazonal tuproqlarni o'z ichiga oladigan tuproq-bioiqlim oblastlari maydonining bir qismidir.
Tuproq quyi zonasi- tuproq zonasining bir qismi bo'lib, zonal tuproqlar
orasida ma'lum tuproq podtiplari ifodalangan bo'ladi.
Tuproq fatsiyasi - tuproqlari o'zining harorat rejimi уа mavsumi, namlanishi bilan farq qiladigan tuproq zonasining bir qismi hisoblanadi. Tuproqlarning fatsiyalar bo'yicha tarqalishi avtomorf tuproqlar zonasida yaxshi o'rganilgan.
Tuproq provinsiyalari. Tekisliklardagi tuproq provinsiyalari deb mahalliy tuproq hosil bo'lish xususiyatlari bilan farqlanadigan tuproq zonasi yoki quyi zonasining bir qismiga aytiladi.
Тuрroq okrugi - tuproq provinsiyasining bir qismi bo'lib, tuproq paydo bo'lishiga ta'sir etuvchi omillar: joyning relyefi, iqlimi, o'simliklar tarkibi, gidrogeologik singari sharoitlaming o'ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
Тuрroq rауоni - tuproq okrugining bir qismi bo'lib, tuproq qatlamlarining bir xilligi bilan ajralib turadi, hamda tuproqning samarali unumdorligini oshirishga qaratilgan deyarli bir xildagi tadbirlarni olib borishini talab etadi.
Tog'li o'lkalardagi yirik taksonomik birlik sifatida, tuproq provinsiyalari vertikal tuproq zonalarining yirik strukturasini o'z ichiga oladi. Tuproq qatlamining provinsial xususiyatlari dehqonchilikning mahalliy zonal sistemasini ishlab chiqishini talab etadi.



Download 85.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling